Rajabova Dilafro‘z Bozorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parodontitning yurak-qon tomir kasalliklari bilan uyg‘unlikda kechishida kompleks davolash va profilaktika samaradorligini oshirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2138.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Olimov Siddiq Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Xabilov Nig‘mon Luqmonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomidagi Rossiya tibbiy tadqiqot milliy universiteti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda kechayotgan parodontitni kompleks davolash va profilaktika samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda OHI-S, PI va PBI indekslari qoniqarsiz ko‘rsatkichlari hamda RMA ko‘rsatkichining ortishi bilan kechuvchi parodont to‘qimasi mikrotsirkulyator buzilishlariga bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
yurak-qon tomir kasalligi mavjud bemorlarda parodontitning kuzatuv guruhida og‘ir parodontitning tarqalishi taqqoslash guruhiga qaraganda 30% ga yuqoriligi va bunday kasallarda tishlar approksimal yuzalarini monotutamli tish chyotkalari bilan tozalash samaradorligi aniqlangan;
surunkali parodontit mavjud shu kategoriyaga mansub bemorlarda mikrotsirkulyasiya buzilishi, dori vositalari ta’sirida shakllangan kserostomiya hamda og‘iz bo‘shlig‘i yomon gigienasi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi o‘zgarishlari gemostaz tizimida tomir trombotsitar bo‘g‘inlar buzilishlari bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
yurak-qon tomir kasalliklari mavjud parodontit bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda Bepanten dori vositasi qo‘llashdagi ijobiy stomatologik va bakteriologik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 26 iyun` №23-z/040 son xulosasiga ko‘ra:
yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda OHI-S, PI va PBI indekslari qoniqarsiz ko‘rsatkichlari hamda RMA ko‘rsatkichining ortishi bilan kechuvchi parodont to‘qimasi mikrotsirkulyator buzilishlariga bevosita bog‘liqligi aniqlangan.
Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (12.01.2021 y.; № 24/7) bilan hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.02.2021 y.; № 26/6) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak-qon tomir tizimi kasalliklari mavjud bemorlarni parodont to‘qimalar holatini baholashda taklif etilgan parodontal indekslar va diagnostik mezonlardan foydalanish, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari negizida shakllangan surunkali tarqoq parodontitni erta tashxislash va samarali davolash imkonini beradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bir bemorning murakkab klinik diagnostikasi narxi 148 000 so‘m, bizni taklifimizda bir bemorga klinik tashxis qo‘yish uchun sarf qilinadigan sarf (kimyoviy reagentlar) turlari bo‘yicha miqdori 375 so‘m, bir bemorga klinik tashxis qo‘yish uchun sarflanadigan sarf materiallari (kimyoviy reaktivlar) turiga ko‘ra xarajatlar 650 so‘m, Diagnostika natijalarini qayta ishlashda vaqt birligi uchun shifokorning va hamshiralarning ish haqi uchun 41 000 so‘mni tashkil qildi. Bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni tashhislash orqali sarflanadigan xarajatlarini 105 975 so‘mga kamaytirishga erishildi.
Xulosa: yurak-qon tomir tizimi kasalliklari mavjud bemorlarning parodont to‘qimalari holatini baholashda OHI-S, PI va PBI indekslari hamda RMA ko‘rsatkichlarini qiyosiy o‘rganish orqali erta tashxis va samarali davolash usullarini tavsiya etish orqali, 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 105 975 so‘mga va budjetdan tashqari mablag‘larni 148 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
yurak-qon tomir kasalligi mavjud bemorlarda parodontitning kuzatuv guruhida og‘ir parodontitning tarqalishi taqqoslash guruhiga qaraganda 30% ga yuqoriligi va bunday kasallarda tishlar approksimal yuzalarini monotutamli tish chyotkalari bilan tozalash samaradorligi aniqlangan;
Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (12.01.2021 y.; № 24/7) bilan hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (26.02.2021 y.; № 26/6) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak-qon tomir tizimi kasalliklari mavjud bemorlarda kechayotgan surunkali tarqoq parodontitda mahalliy to‘qimalardagi tizimli yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davo-profilaktika natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishi, tavsiya etilayotgan monotutamli approksimal chyotkalarining amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davo-profilaktika usulini tanlashga maqsadli yondashuv va samarali davolash imkoniyatini bergan.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarning klinik-prognostik ehtimolini inobatga olgan holda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holatini yaxshilashda tavsiya etilgan davo-profilaktika usullari: sog‘ayish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra stomatolog ko‘rigi 1 bemor uchun 41000 so‘mni tashkil qiladi); stomatolog qabulida bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 30 000 so‘m dori vositalari sarflanadi), malakali gigiyenani ta’minlash 110 000 so‘m; an’anaviy davo muddati 10 kun.
Xulosa: yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarni tashxislash va davolash usullarining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
surunkali parodontit mavjud shu kategoriyaga mansub bemorlarda mikrotsirkulyasiya buzilishi, dori vositalari ta’sirida shakllangan kserostomiya hamda og‘iz bo‘shlig‘i yomon gigiyenasi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi o‘zgarishlari gemostaz tizimida tomir trombotsitar bo‘g‘inlar buzilishlari bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan.
Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.09.2021 y.; № 28/5) bilan hamda ) Peshku tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.04.2021 y.; № 26/4) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda surunkali tarqoq parodontitda parodont to‘qimalarida mikrotsirkulyasiya buzilishi, dori vositalari ta’sirida shakllangan kserostomiya hamda yomon gigiyenasi natijasida og‘iz bo‘shlig‘i mikrobiotsenozi o‘zgarishlari gemostaz tizimida tomir trombotsitar bo‘g‘inlar buzilishlari holatini aniqlash o‘z vaqtida tashxislash va davolash imkonini berdi, bu esa bemorlarda residivlarning kamayishi va rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashning ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilaydi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarning klinik-prognostik ehtimolini inobatga olgan holda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenik holatini yaxshilashda tavsiya etilgan davo-profilaktika usullari: sog‘ayish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra stomatolog ko‘rigi 1 bemor uchun 41000 so‘mni tashkil qiladi); stomatolog qabulida bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 30 000 so‘m dori vositalari sarflanadi), malakali gigiyenani ta’minlash 110 000 so‘m; an’anaviy davo muddati 10 kun.
Xulosa: yurak-qon tomir kasalliklari mavjud bemorlarda og‘ir darajali parodontitlarni tashxislash va davolash usullarining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
yurak-qon tomir kasalliklari mavjud parodontit bilan kasallangan bemorlarni kompleks davolashda Bepanten dori vositasi qo‘llashdagi ijobiy stomatologik va bakteriologik samaradorlik ko‘rsatib berilgan.
Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (22.09.2021 y.; № 28/5) bilan hamda ) Peshku tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.04.2021 y.; № 26/4) bilan amaliyotga joriy etildi.
Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak qon-tomir tizimi kasalliklari mavjud bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni Bepanten malhami yordamida kompleks davolashni takomillashtirish uchun tavsiya etilgan tavsiyalardan foydalanishga imkon bergan va mazkur kasallikga chalingan bemorlarning kompleks davolanish samaradorligini oshirilishi va parodont to‘qimalarining tiklanish muddatlarini tezlashtiradi.
Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yurak qon-tomir tizimi kasalliklari mavjud bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni tavsiya etilgan kompleks davolash usulining amaliyotda qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga budjet mablag‘larini 632 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi.
Xulosa: yurak qon-tomir tizimi kasalliklari mavjud bemorlarda surunkali tarqoq parodontitni tavsiya etilgan kompleks davolash usuli 1 nafar bemor uchun 632 000 so‘m iqtisod qilish va kompleks davolash samaradorligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 120 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 124 317 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 48 477 000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi.
Rajabova Dilafro‘z Bozorovnaning «Parodontitning yurak-qon tomir kasalliklari bilan uyg‘unlikda kechishida kompleks davolash va profilaktika samaradorligini oshirish» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 11 maydagi 04/1922-son xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida 120 nafar bemor hisobiga davlat byudjetidan 124 317 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 48 477 000 so‘m iqtisod qilingan.