Xusanbaev Xasanjon Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘r parda regmatogen ko‘chishi jarrohlik davolash usulini optimallashtirish» 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2722.
Ilmiy rahbar: Yusupov Azamat Farxadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Ioyleva Elena Eduardovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Ufa ko‘z kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: vitreal bo‘shliqda havo to‘ldirilgan sharoitda periferik vitrektomiya va to‘r parda periferiyasini 360o periferik endolazer retinopeksiyasi kombinatsiyasi orqali regmatogen to‘r parda ko‘chishini jarrohlik davolash texnologiyasini optimallashtirish va uning klinik va funksional samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vitreal bo‘shliqda havo to‘ldirilgan sharoitda periferik vitrektomiya xamda to‘r parda periferiyasini 360o periferik endolazer retinopeksiya kombinatsiyasi orqali regmatogen to‘r parda ko‘chishini davolash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
to‘r parda regmatogen ko‘chishini jarrohlik davolashning yangi optimallashtirilgan texnologiyasi yuqori anatomik natija, to‘r parda kayta ko‘chishini past foizi (2%) va klinik jihatdan etiborli asoratlarni kam uchrashi bilan ajralib turishi aniqlangan;
to‘r parda regmatogen ko‘chishida yangi optimallashtirilgan texnologiya qullangandan so‘ng OCT-dan foydalangan holda markaziy vitreoretinal interfeysni baholashda, qalinligi (223,06 mkm) va profilni tiklashda ifodalangan makulani buzilgan tuzilishini tiklanishi aniqlangan.
to‘r parda regmatogen ko‘chishida yangi optimallashtirilgan texnologiya qullanganda bemorlarda ERG ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va ularni maksimal korreksiya bilan ko‘rish o‘tkirligini korrelyasiya kilganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ekspert kengashining 2023 yil 19 sentyabrdagi ek-x/1-sonli xulosasi asosida (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2022 yil 17 oktyabrdagi 151-sonli xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilikning mohiyati: Vitreal bo‘shliqda havo to‘ldirilgan sharoitda to‘r parda periferiyasini 360o periferik endolazer retinopeksiyasi kombinatsiyasi orqali regmatogen to‘r parda ko‘chishini jarrohlik davolash texnologiyasini optimallashtirilgan holda ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Regmatogen to‘r parda ko‘chishini yangi optimallashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etish, ushbu kasallik tufayli nogironlik oqibatlari yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKMIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03.15.2023 yildagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliy bajarish bo‘yicha xulosasi № n-3), RIKMIATM Nukus filiali 5.12.2022 yildagi, “Vizart” xususiy klinikasi 12.12.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Regmatogen to‘r parda ko‘chishida optimallashtirilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarda ko‘rishning qaytarilmas yo‘qolishi holatlarini o‘z vaqtida davolashga imkon beradi, bu ularning mehnat qobiliyatini va hayot sifatini saqlab qoladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Regmatogen to‘r parda ko‘chishida optimallashtirilgan usulni qo‘llash orqali, qayta to‘r parda ko‘chishini oldi olinadi va ixtisoslashtirilgan muassasalarda ushbu kasallikni davolashga sarflanadigan mablag‘larni sezilarli darajada kamaytiradi. Xulosa: Vitreal bo‘shliqda havo to‘ldirilgan sharoitda to‘r parda periferiyasini 360o periferik endolazer retinopeksiyasi kombinatsiyasi orqali regmatogen to‘r parda ko‘chishini jarrohlik davolash texnologiyasini optimallashtirilgan va uning samararadorligi ko‘rsatib berilgan;
ikkinchi ilmiy yangilikning mohiyati: klinik amaliyotda yangi optimallashtirilgan texnologiya klinik jihatdan samarali va xavfsiz davolash usuli ekanligi ko‘rsatilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: Regmatogen to‘r parda ko‘chishini yangi optimallashtirilgan usul bilan davolash klinik jihatdan samarali va xavfsizligi, ushbu usulni ommabop qo‘llash mumkinligidan dalolat beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKMIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03.15.2023 yildagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliy bajarish bo‘yicha xulosasi № n-3), RIKMIATM Nukus filiali 5.12.2022 yildagi №22, “Vizart” xususiy klinikasi 12.12.2022 yildagi №7 joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Regmatogen to‘r parda ko‘chishini klinik jihatdan samarali va xavfsizligi, ushbu usul bilan davolanoyotgan bemorlarni ko‘rish o‘tkirligini tiklashga va ularni oddiy hayotga qatarishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Regmatogen to‘r parda ko‘chishini optimallashtirilgan texnologiya bilan davolashning klinik jihatdan samarali va xavfsizligi kelajakda bu usulni barcha oftamologiya shifoxonalarida qo‘llash imkonini beradi. Bu esa bemorlarni tezroq ko‘rish o‘tkirligini tiklashga olib keladi, natijada davlatga ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: Klinik amaliyotda yangi optimallashtirilgan texnologiya klinik jihatdan samarali va xavfsiz davolash usuli ekanligi ko‘plab misollarda v aniq statistik ma’lomotlarga tayanib ko‘rsatildi;
uchinchi ilmiy yangilikning mohiyati: optimallashtirilgan texnologiya va umumiy qabul qilingan usullardan foydalangan holda regmatogen to‘r parda ko‘chishini davolashning klinik va funksional natijalarini qiyosiy tahlil qilish amalga oshirilgan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: qiyosiy tahlil natijasida, regmatogen to‘r parda ko‘chishini davolashda qaysi hollarda optimallashgan va qaysi hollarda umumiy qabul qilingan texnologiyani qo‘llash rejasi ishlab chiqildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKMIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03.15.2023 yildagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliy bajarish bo‘yicha xulosasi № n-3), RIKMIATM Nukus filiali 5.12.2022 yildagi, “Vizart” xususiy klinikasi 12.12.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: regmatogen to‘r parda ko‘chishini davolashda, ushbu qiyosiy natijalarga tayangan holda to‘g‘ri davolash taktikasini tanlash bemorlarda ko‘rishning qaytarilmas yo‘qolishi holatlarini o‘z vaqtida oldini olishga imkon beradi, bu ularning mehnat qobiliyatini va hayot sifatini saqlab qoladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: regmatogen to‘r parda ko‘chishini davolashda, ushbu qiyosiy natijalarga tayangan holda to‘g‘ri davolash taktikasini tanlash bemorlarda ko‘rishning qaytarilmas yo‘qolishi holatlarini o‘z vaqtida oldini oladi va keyinchalik davlatga ushbu kasallik bilan og‘rigan bemorlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va nogironlik holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: qiyosiy tahlil natijasida, regmatogen to‘r parda ko‘chishini davolashda qaysi hollarda optimallashgan va qaysi hollarda umumiy qabul qilingan texnologiyani qo‘llash aniq rejasi ishlab chiqilgan, hamda klinik va funksional natijalar orqali ko‘rsatib berilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilikning mohiyati: yangi usulning afzalligi operatsiyadan 12 oy o‘tgach, to‘r parda ko‘chishinining kamroq qaytalanishi va ko‘rish o‘tkirligining sezilarli darajada yaxshilanishini ko‘rsatgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: regmatogen to‘r parda ko‘chishini davolash natijasining asosiy ko‘rsatkichlari bu qayta ko‘chish chastotasi va funksional natijalardir. Optimallashtirilgan usul qo‘llanilgan bemorlarda ko‘rish o‘tkirligi ko‘proq va to‘r preda qayta ko‘chishi kamroq kuzatildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIKMIATM muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 03.15.2023 yildagi ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliy bajarish bo‘yicha xulosasi № n-3), RIKMIATM Nukus filiali 5.12.2022 yildagi, “Vizart” xususiy klinikasi 12.12.2022 yildagi joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ushbu optimallashtirilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarda qayta to‘r parda ko‘chish extimoli kamaytiriladi va natijada funksional natijalar ham yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Ushbu optimallashtirilgan usulni qo‘llash orqali bemorlarda qayta to‘r parda ko‘chish extimolini kamaytirish va natijada funksional natijalarni yaxshilash, kelajakda davlatga to‘r parda ko‘chishi bilan og‘rigan bemorlarni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirish va nogironlik holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: regmatogen to‘r parda ko‘chishini yangi optimallashtirilgan usul bilan davolash natijasida to‘r parda qayta ko‘chishi kamaytirildi va funksional natijalar yaxshilandi.