Mamajanova O‘ktamxon Xasanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «So‘x daryosi yoyilmasi sug‘oriladigan tuproqlarining genetik-meliorativ xususiyatlari va unumdorligi», 03.00.13 - Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/B182.
Ilmiy rahbar: Ismonov Abduvahob Jo‘raevich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti, DSc.25/30.12.2019.Qx/B.43.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirova Dilrabo Abdukarimovna, biologiya fanlari doktori, dotsent; Yuldashev G‘ulom qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: So‘x yoyilmasi sug‘oriladigan avtomorf va gidromorf tuproqlarining genetik-meliorativ xususiyatlarini antropogen omil ta’sirida tuproq unumdorligi o‘zgarishini e’tiborga olgan holda ulardan samarali foydalanishga doir echim ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
So‘x daryosi yoyilmasida  shakllangan kolmatajlangan, o‘tloqi saz hamda o‘tloqi allyuvial tuproqlarda hozirda kechayotgan o‘ziga xos morfogenetik o‘zgarishlari (agroirrigatsion qatlamni shakllanishi, mexanik tarkiblari boyicha o‘rta qumoqlar miqdorlarini quyiga tomon ortib borishi) aniqlangan;
eskidan sug‘oriladigan yoyilma tuproqlarida avtomorfdan gidromorflar tomon mexanik tarkibida yirik chang zarrachalari miqdori (0,05-0,01mm) (yoyilma yuqori qismidan quyiga gidromorf tuproqlar tomon o‘rtacha 21,2% -36,0%) oshib borayotganligi isbotlangan;
hudud sug‘oriladigan avtomorf tuproqlaridan gidromorf tuproqlar tomon yalpi azot (0,056% - 0,095%) va almashinuvchi kaliy miqdori (118 - 374 mg/kg gacha) ortib borishi asoslangan;
sug‘oriladigan tuproqlarda sulfat ionining ortishi, er osti sizot suvlariga ham ta’sir etib, sulfatli minerallashishiga olib kelgan va yoyilmada shakllangan kolmatajlangan sug‘oriladigan tuproqlarda umumiy tuzlar zahirasi vertikal zonallik qonuniyatiga bo‘ysinishi aniqlangan;
So‘x daryosi yoyilmasida shakllangan sug‘oriladigan tuproqlarning 1 metrli qatlamida umumiy tuzlarning zahirasi yuqori zonadan quyi tekislik tomon (kolmatajda o‘rtacha 17,08-17,92 t/ga, o‘tloqi sazda 39,34-190,8 t/ga, o‘tloqi allyuvial 54,2-167,1 t/ga) ortib borishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
So‘x yoyilmasida shakllangan tuproqlarni genetik-meliorativ xususiyatlari va unumdorligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
So‘x daryosi yoyilmasining 1:50000 masshtabli tuproq xaritasi Farg‘ona viloyatini janubiy-g‘arbiy qismida joylashgan So‘x yoyilmaning 88884,7 gektar maydonida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 04/30-04/8673-son ma’lumotnomasi). Natijada, er resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlarini, meliorativ tadbirlarni maqbul me’yor, muddat va sonlarini belgilash hamda tuproqlar unumdorligini saqlash, qayta tiklash va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish imkonini bergan;
A.Bozorboshi nomli massivni 1312 gektar sug‘oriladigan erlarining 1:10000 masshtabli tuproq kartasi O‘zbekiston tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amliyotda foydalanish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 04/30-04/8673-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolmatajlangan tuproqlarni meliorativ holatini yaxshilash, ekinlarni joylashtirish, shudgor qilish va qishloq xo‘jaligi ekinlariga vegetatsiya davrida ishlov berish tadbirlarini belgilash imkonini bergan;
«Sohibkor» massivini 2778 gektar sug‘oriladigan erlarining 1:10000 masshtabli sho‘rlanish xaritogrammasi O‘zbekiston tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limida amliyotda foydalanish uchun joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 noyabrdagi 04/30-04/8673-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘tloqi allyuvial tuproqlarning unumdorligini saqlash, oshirish va meliorativ holatini yaxshilash imkoniyati yaratilgan hamda sho‘r yuvishning maqbul me’yor, muddat va sonlarini belgilash imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish