Hojiev Xurshid Hamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zamonaviy fizioterapiya usullaridan foydalangan holda surunkali apikal periodontitni endodontik davolashni takomillashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tib2288.
Ilmiy rahbar: Xabibova Nazira Nasulloevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori; Boymurodov Shuhrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Sankt-Peterburg davlat Universiteti”  (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali apikal periodontitni flyuktuorizatsiya usuli bilan apeks-forezdan alohida va uyg‘unlikda foydalanib endodontik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali apikal periodontitni granulematoz va granulyasiyalovchi shakllarini kumush-mis o‘tkazgichidan foydalanib apeks-forez hamda flyuktuorizatsiya usullarini uyg‘unlikda qo‘llab kompleks endodontik davolashning maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
surunkali apikal periodontitning granulematoz va granulyasiyalovchi shakllarida an’anaviy davolashga nisbatan keltirilgan davo ketma-ketligini qo‘llanishning yuqori antibakterial va yallig‘lanishga qarshi samaradorligi aniqlangan;
kumush-mis o‘tkazgichidan foydalanib apeks-forez usuli hamda flyuktuorizatsiya usulini qo‘llab surunkali apikal periodontitning granulematoz va granulatsiyalovchi shakllarini kompleks endodontik  davolashning maqsadga muvofiqligi isbotlangan;
apeks-forez va flyuktuorizatsiya usuli uyg‘unlikda qo‘llanganida umumiy amaliyot ambulator stomatolog qabuli sharoitida SAP ning granulematoz va granulyasiyalovchi shakllarini konservativ endodontik davolash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 21 oktyabr №23-Z/071 son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: olib borilgan tadqiqotlar natijasida tishlar ildiz kanaliga o‘tish qiyin bo‘lgan, surunkali apikal periodontitning granulematoz va granulyasiyalovchi shakllari bo‘lgan bemorlarda periodont to‘qimalarining mikroblar bilan urug‘lanish hamda klinik-rentgenologik holatiga kumush-mis o‘tkazgichidan foydalanib apeks-forezning ham alohida, ham flyuktuorizatsiya usuli bilan uyg‘unlikdagi ta’siri haqida yangi ma’lumotlar olinganligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.10.2021 y.; № 22/7) hamda, Peshku tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.10.2021 y.; № 27/6)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali apikal periodontitni fizioterapevtik usullardan foydalanib endodontik davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun surunkali apikal  periodontitni tashxislash va davolash, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib kelgan: surunkali apikal periodontit kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash uchun xarajatlar miqdori 40 000 so‘m; bir kunlik davolash harajati 110 000 so‘mni tashkil qilgan. Kompleks davolashda davo muddati 5 kunga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilangan. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari  mablag‘larni 550 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: apeks-forez flyuoktorizatsiya usuli uyg‘unlikda qo‘llanganida surunkali apikal periodontitning granulematoz va granulyasiyalovchi shakllarini kompleks endodontik davolashning unikal sxemasi ishlab chiqilgan va shifokor taktikasi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.09.2021 y.; № 27/7) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.09.2021 y.; № 24/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali apikal periodontitni fizioterapevtik usullardan foydalanib endodontik davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun surunkali apikal periodontit kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash va davolash ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib kelgan: surunkali apikal periodontit kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash  uchun xarajatlar miqdori – 40 000 so‘m; bir kunlik davolash harajati 110 000 so‘m. Kompleks davolashda davo muddati 5 kunga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilangan. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari  mablag‘larni 550 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali apikal periodontitning granulematoz va granulatsiyalovchi shakllarini davolashning takomillashtirilgan usuli davolash sifati va samaradorligini oshirish, tish kanalini plombalashdan so‘ng yaqin vaqt ichida asoratlar sonini kamaytirish hamda uzoq muddatlarda ijobiy klinik-rentgenologik natijalar olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Jondor tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (05.10.2021 y.; № 22/7) hamda, Peshku tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (15.10.2022 y.; № 27/6)  bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali apikal periodontitni fizioterapevtik usullardan foydalanib endodontik davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun surunkali apikal periodontit kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash va davolash, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib kelgan: surunkali apikal periodontit kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash uchun xarajatlar miqdori – 40 000 so‘m; bir kunlik davolash harajati 110 000 so‘mni tashkil qilgan. Kompleks davolashda davo muddati 5 kunga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari  mablag‘larni 550 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: apeks-forez va flyuktuorizatsiya usulini uyg‘unlikda qo‘llab umumiy amaliyot ambulator stomatolog qabuli sharoitida SAP ning granulematoz va granulyasiyalovchi shakllarini konservativ endodontik davolash samaradorligini oshirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (20.09.2021 y.; № 27/7) hamda G‘ijduvon tuman tibbiyot birlashmasi stomatologiya poliklinikasi bo‘yicha buyruq (30.09.2021 y.; № 24/7) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali apikal periodontitni fizioterapevtik usullardan foydalanib endodontik davolashning tavsiya etilgan texnikasi bemorlarning tezroq tuzalishiga, poliklinikaga qatnash kunlarini qisqartirishga va shu bilan bemorlar va ularning oila a’zolarining hayot sifatini yaxshilashga imkon bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun surunkali apikal periodontit kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash va davolash, ishlab chiqilgan diagnostik va davolash amaliyoti davolash xarajatlarining quyidagicha iqtisod bo‘lishiga olib keldi: surunkali apikal periodontit kuzatilgan turli yoshli bemorlarda tashxislash uchun xarajatlar miqdori – 40 000 so‘m; bir kunlik davolash harajati 110 000 so‘mni tashkil qilgan. Kompleks davolashda davo muddati 5 kunga qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik belgilandi. Xulosa: yangi tashxislash va davolash amaliyotining joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet va byudjetdan tashqari  mablag‘larni 550 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xojiev Xurshid Xamidovichning «Zamonaviy fizioterapevtik usullardan foydalangan holda surunkali apikal periodontitlarni endodontik davolashni takomillashtirish» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa Cog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro Davlat tibbiyot institutuning 2022 yil 14 martdagi NV75706154- sonli xati Sog‘liqni saqlash vazirligiga taqdim etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish