Xolliev Elbek Egamberdievichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta tolali g‘o‘zada tezpisharlik va mahsuldorlikni yaruslarga bog‘liq holda o‘rganish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx97.

Ilmiy rahbar: Xolmanov Baxtiyor Abdurashidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligiva etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xolmuradova Go‘zal Ro‘zievna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: G.hirsutum turining tezpishar, mahsuldor, asosiy hosilni tupning pastki yaruslarida to‘plovchi, tola chiqimi va sifati yuqori, vertisillez vilt kasalligiga bardoshli bo‘lgan yangi seleksion boshlang‘ich ashyolarni yaratish va morfologik va xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi va irsiylanishini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor o‘rta tolali g‘o‘zada asosiy hosilni tupning pastki yaruslarida to‘plash maqsadida morfo-xo‘jalik belgilari bo‘yicha bir-biridan farq qiladigan seleksion tizmalar duragaylash ishlariga jalb etilgan;

F1 oddiy va bekkross duragaylarda piramidasimon tup shakli konussimon shakl ustidan dominantlik qilishi aniqlangan;

bekkross duragaylarda tezpishar va mahsuldorlikni irsiylanishi hamda irsiylanish koeffisienti aksariyat holda oddiy duragaylarga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlangan;

F1-F3 oddiy va bekkross duragaylarda shoxlanish tipi, poyadagi va hosil shoxlardagi bo‘g‘in oralig‘i uzunligi hamda boshqa xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va ular orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;

bekkross duragaylash natijasida belgilar orasidagi korrelyasion bog‘liqliklar ijobiy tomonga og‘ganligi, tezpisharlik va mahsuldorlik belgilari bir genotipda mujassamlanganligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘rta tolali g‘o‘zada tezisharlik va mahsuldorlikni yaruslarga bog‘liq holda o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:

g‘o‘zaning o‘rta tolali tezpishar (105,2-108,7 kun),  mahsuldor (102,4-110,7 g) tola uzunligi (33,9-34,3 mm), tola chiqimi (37,9-38,7%) bo‘lgan oila va tizmalari yaratilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 19 fevraldagi 02/20-113-son ma’lumotnomasi). Natijada yaratilgan oila va tizmalar boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan;

g‘o‘zaning o‘rta tolali ertapishar, serhosil, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan “S-4918” navi tashkilotlararo komissiyasining tavsiyasiga ko‘ra 2018 yilda Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasiga sinash uchun topshirilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi 2018 yil 19 fevraldagi 02/20-113-son ma’lumotnomasi). Natijada nav Davlat nav sinash komissiyasining Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq nav sinash uchastkasiga navdorligini baholash (grunt nazorat) uchun qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish