Nurishov Darmenbay Esnazarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Yuqori sinf jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari” (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida), 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Ped173.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Utebaev Tajibay Tilevmuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xojaniyozov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Yuzlikaev Farit Refaylovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Muxammadiev Komil Burxanovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqaloq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari va didaktik shart-sharaiyotlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ekologik tarbiya targ‘ibotining modellashtirilgan amaliy mexanizmlarini zamonaviy pedagogik paradigmalarga qadriyatlilik tamoyili orqali implementatsiya qilish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik modeli shaxsga ta’sir etish usullarini universallik, moslashuvchanlik darajalarida o‘quvchilarning jismoniy va ekologik faoliyatiga dialektik aloqadorlikda kiritish asosida konseptual metodologik jihatdan ishlab chiqilgan;
ekologik madaniyatni rivojlantirishning amaliy mexanizmlari va metodikasi yoshlarning individual ta’lim makonini jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning kognitiv, shaxsiy, madaniy, kompetentlik kabi zamonaviy tamoyillari bilan intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarni differensiallik talablarini inobatga olgan holda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda ekologik madaniyatning rivojlanganligini baholash mezonlari ularning ekologik me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, psixologik-pedagogik omillar va shart-sharoitlarni ekologik tafakkurning motivatsion, refleksiv va operatsion ko‘nikmalariga nisbatan shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv muhitida tarbiyaviy-axloqiy ta’sir ustuvorligida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
ekologik madaniyatni rivojlantirish jarayonini takomillashtirishning amaliy mexanizmlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida jismoniy tarbiya va sport darslari jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarida diseleratsiya omillarining oldin olishga qaratilgan konstruktiv takliflar ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jismoniy tarbiya darslarida yuqori sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirishning pedagogik asoslarini shakllantirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajriba asosida.
ekologik tarbiya targ‘ibotining modellashtirilgan amaliy mexanizmlarini zamonaviy pedagogik paradigmalarga qadriyatlilik tamoyili orqali implementatsiya qilish asosida takomillashtirilgan yuqori sinf jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarning ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlariga oid xulosa va tavsiyalar Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan A1-XT-0-92997 “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2022 yil 13-iyundagi 142-sonli ma’lumotnoma). Natijada, yuqori sinf o‘quvchi-yoshlarning jismoniy va ekologik madaniyat rivojini tizimli va uzviylik asosida o‘rganishlariga xizmat qilgan;
shaxsga ta’sir etish usullarini universallik, moslashuvchanlik darajalarida o‘quvchilarning jismoniy va ekologik faoliyatiga dialektik aloqadorlikda kiritish asosida konseptual metodologik jihatdan ishlab chiqilgan yuqori sinf jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik modeliga oid takliflar “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i, 302-0811 raqamli guvohnoma). Natijada, jismoniy tarbiya va sport darslari jarayonida yuqori sinf o‘quvchilarida ekologik madaniyatni rivojlantirish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
yoshlarning individual ta’lim makonini jismoniy tarbiya fanini o‘qitishning kognitiv, shaxsiy, madaniy, kompetentlik kabi zamonaviy tamoyillari bilan intensiv ta’sirchanlik xususiyatlarni differensiallik talablarini inobatga olgan holda integratsiyalash asosida takomillashtirilgan ekologik madaniyatni rivojlantirishning amaliy mexanizmlari va metodikasiga oid takliflardan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bajarilgan “Harakatlar strategiyasini yoshlarimiz bilishi kerak” nomli amaliy grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2023-yil 8-fevraldagi 01-21-09/91-son ma’lumotnoma). Natijada, yuqori sinf o‘quvchilarida evristik suhbat, evristik yuvenologiya, evristik ta’lim asosida ekologik tarbiya berish mexanizmlari takomillashtirilgan.
talabalarning ekologik me’yorlarga hurmat hissini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma’naviy, psixologik-pedagogik omillar va shart-sharoitlarni ekologik tafakkurning motivatsion, refleksiv va operatsion ko‘nikmalariga nisbatan shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv muhitida tarbiyaviy-axloqiy ta’sir ustuvorligida qo‘llash asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarda ekologik madaniyatning rivojlanganligini baholash mezonlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bajarilgan Orolning qurigan erlarida tabiiy sharoitda va introduksiya etiladigan “Cynoglossum virdiflorum Pall.ex.Lehm. va Malacocarpus crithmifolius (Retz.) S.A. Meuningagro texnikasini ishlab chiqish” nomli loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 25-yanvardagi 01-01/5-275 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, ekologik madaniyatni rivojlantirish tizimi mazmuni modelli yondashuv asosida takomillashtirilgan va yuqori sinf o‘quvchilarida jismoniy tarbiya darslarida ekologik madaniyatni samarali ta’minlashga xizmat qilgan: