Shirnazarova Zamira Allaberdievnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Nemis tilini o‘qitishda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (nemis tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1836.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Sohiba Yakubovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Kaxarova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida nemis tilini o‘qitishda talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy til ta’limida “madaniyatlararo muloqot” tushunchasining lingvodidaktik talqini xorijiy til ta’limida sotsializatsiya va akkulturatsiya jarayonlarining lingvodidaktika bilan munosabatlarini innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlariga muvofiq belgilash asosida aniqlashtirilgan;
madaniyatlararo muloqotning xorijiy til ta’limidagi ahamiyati qadriyatlar orientatsiyasi va jarayonli yondashuvlarni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq chet tili ta’limiga ijodiy implementatsiya qilish natijasida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi lingvistik etnosotsium muhitida xorijiy til ta’limiga madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishning piramidik modeli hamda pedagogik jarayonning samaradorlik darajasini ob’ektiv baholashning pragmatik, empirik va plyuralistik omillarini metodik-didaktik aspektda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ko‘nikmalar integrativligining turli darajalariga (gnoseologik, prakseologik va kompetentlikning tarkibiy qismlari) xos bo‘lgan bosqichlarning vizual ko‘rinishini lingvodidaktik aspektda aniqlashtirish hamda ta’lim resurslarini tashkil etishning integral tizimlarini metodik va didaktik jihatdan yo‘lga qo‘yish asosida talabalarning madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nemis tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda amaliy takliflar asosida:
xorijiy til ta’limida sotsializatsiya va akkulturatsiya jarayonlarining lingvodidaktika bilan munosabatlarini innovatsion ta’lim muhiti imkoniyatlariga muvofiq belgilash asosida aniqlashtirilgan xorijiy til ta’limida “madaniyatlararo muloqot” tushunchasining lingvodidaktik talqini bo‘yicha taklif va tavsiyalardan Termiz davlat universitetida bajarilgan “Oliy ta’lim sohasida potensialni rivojlantirish yo‘nalishidagi PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2023 yil 25 apreldagi 06/12-1667-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy til ta’limini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;
 qadriyatlar orientatsiyasi va jarayonli yondashuvlarni vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq xorijiy til ta’limiga ijodiy implementatsiya qilish natijasida aniqlashtirilgan madaniyatlararo muloqotning xorijiy til ta’limidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha taklif va tavsiyalar Germaniyaning Myunster universiteti Germanistika institutida bajarilgan “Madaniyatlararo muloqot” nomli loyihada foydalanilgan (Myunster universiteti Germanistika institutining 2022 yil 5 dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, nemis tili ta’limida madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi metodik-didaktik aspektda takomillashtirilgan;
lingvistik etnosotsium muhitida xorijiy til ta’limiga madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishning piramidik modeli hamda pedagogik jarayonning samaradorlik darajasini ob’ektiv baholashning pragmatik, empirik va plyuralistik omillarini metodik-didaktik aspektda qo‘llash asosida takomillashtirilgan bo‘lajak o‘qituvchilarda madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston teleradiokanalining “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyati” tomonidan tayyorlagan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” radioeshittirishlarining 2022 yil avgust va oktyabr oylaridagi sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston teleradiokanali” DMning 2022 yil 24 oktyabrdagi 04-36-1776-son ma’lumotnomasi). Natijada filologik va pedagogik ta’lim yo‘nalishlaridagi OTMlarda nemis tili fanini madaniyatlararo muloqot jarayonida o‘rganish bo‘yicha metodlar majmui takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish