Xudoykulov Rustam Quchqorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Bo‘lajak muhandislarda texnologik kompetentlikni mediata’lim vositalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Materiallar qarshiligi fani misolida), 13.00.02.- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5239.
Ilmiy rahbar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Turdiev Shoxrux Razzakovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Materiallar qarshiligi” fanini o‘qitishi jarayonida bo‘lajak muhandislarda texnologik kompetentlikni mediata’lim vositalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transformatsiyalash orqali muhandislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalari muhandislarni tayyorlash jarayonida boshlang‘ich kurs talabalarining texnologik kompetentligini rivojlantiruvchi integrativ yondashuvni mediata'lim asosidagi o‘quv-didaktik vositalari ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning texnologik kompetentligini rivojlantirishning maqsadli, jarayonli, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlari multipredmetlilik tamoyiliga ustuvorlik berishga ko‘ra faoliyatli o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning texnologik kompetentligini rivojlanish darajalari adekvat mezonlar asosida kompleks baholash yuzasidan produktiv, izlanuvchan va kreativlik kabi qobiliyatlarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini qo‘llashni samarali qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
muhandislik texnikasi(aggregatsiya, dekompozisiya)ni o‘qitish jarayoni materiallar qarshiligi o‘quv fani mashg‘ulotlarida interfaol ta’lim usullaridan foydalanish orqali yaxlitlik prinsplariga asoslanib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak muhandislarning texnologik kompetentlikni mediata’lim vositalari asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
transformatsiyalash orqali muhandislik fanlarini o‘zlashtirishning o‘quv-didaktik vositalari muhandislarni tayyorlash jarayonida boshlang‘ich kursdan talabalarning texnologik kompetentligini rivojlantiruvchi integrativ yondashuvni mediata'lim vositalari asosidagi o‘quv-didaktik vositalari ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarlardan Termiz muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2020-2022-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP raqamli “TRIGGER (“TRIGGER – Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi sharoitlarini yaratish uchun talabalarning innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini yo‘lga qo‘yish)” mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 5-sentabrdagi 02/01-01-123-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu taklif va tavsiyalar bo‘lajak muhandislarda texnologik kompetentlik ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning texnologik kompetentligini rivojlantirishning maqsadli, jarayonli, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlari multipredmetlilik tamoyiliga ustuvorlik berish asosida faoliyatli o‘quv modeli tarmoqlarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalarlari asosida Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan Termiz davlat universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 5-sentabrdagi 02/01-01-123-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur elektron dastur bo‘lajak muhandislarda texnologik kompetentlikni mediata'lim vositalari asosida rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
muhandislik fanlarini muhandislik texnikasi (aggregatsiya, dekompozisiya)ni o‘qitish jarayoni materiallar qarshiligi o‘quv fani mashg‘ulotlarida interfaol ta’lim usullaridan foydalanish orqali yaxlitlik prinsplariga asoslanib takomillashtirilgan takliflardan Termiz muhandislik-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejalariga muvofiq Yevropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi loyihasi doirasida 2020-2022-yillarda bajarilgan 617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP raqamli TRIGGER (“TRIGGER – Triggering Innovative Approaches and Entrepreneurial skills for studens through creating conditions for graduate’s employability in Central Asia – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi sharoitlarini yaratish uchun talabalarning innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik ko‘nikmalarini yo‘lga qo‘yish) mavzusidagi xalqaro grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 5-sentabrdagi 02/01-01-123-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhandislik fanlarini o‘qitishning dasturiy vositalaridan foydalanishda fanlararo integratsiyalashning o‘quv-uslubiy ta’minotini takomillashuviga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning texnologik kompetentligini rivojlanish darajalari adekvat mezonlar asosida kompleks baholash yuzasidan produktiv, izlanuvchan va kreativlik kabi qobiliyatlarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy ta’minoti integrativ test savol-topshiriqlarni bajarish metodlarini qo‘llashni samarali tatbiq etish orqali takomillashtirilgan tavsiyalardan Termiz davlat universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining 2019-2022-yillarda bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazining 2023-yil 5-sentabrdagi 02/01-01-123-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar bo‘lajak muhandislarning mediata'lim vositalari asosida texnologik kompetensiyalarining rivojlanish darajalarini baholash imkonini bergan.