Esmanov Otabek Usanovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi bo‘lajak muhandislariga ixtisoslik fanlarini o‘qitishni takomillashtirish” (Qishloq xo‘jaligi mashinalari” fani misolida), 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4608.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy apponentlar: Shomirzaev Maxmatmurod Xuramovich, pedagogika fanlari doktori, professor; To‘raev Sirojiddin Juraqobilovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yunalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi bo‘lajak muhandislariga ixtisoslik fanlarini o‘qitishni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi bo‘lajak muhandislariga ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonida kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti mazmuni strategik hamkorlikka amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi yaxlitligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi bo‘lajak muhandislariga ixtisoslik fanlarini o‘qitishni takomillashtirish jarayonida kasbiy faoliyatga tayyorgarligini va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning konseptual metodik modeli aqliy faoliyat elementlarining o‘zaro aloqadorlik ta’siri divergent fikrlash usullarini interfaol taʼlim metodlariga qo‘llash orqali yaxlitlilik tamoyillari asoslanib takomillashtirilgan;
bolajak muhandislarga ixtisoslik fanlarini o‘qitish asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi talabalarda kasbiy faoliyati qobiliyatini shakllantirishning eruditsion omili va individual ishlashga imkon beradigan mustaqil harakatlanish ko‘nikmalarini “inson-texnika”, “inson-belgi”, “inson-tabiat” asosida integrallashgan tizimni tuzilmaviy-funksional, kommunikativ-jarayonli munosabat orqali o‘quv-bilish faolligini tarkiblashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalariga qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini va kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy taʼminoti takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi bo‘lajak muhandislariga ixtisoslik fanlarini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi bo‘lajak muhandislariga ixtisoslik fanlarini o‘qitish jarayonida kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minoti mazmuni strategik hamkorlikka amaliy-kasbiy faoliyat tuzilmasi yaxlitligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 30-dekabrdagi 429-81-son buyrig‘i). Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalarga ixtisoslik fanlarini o‘qitishni takomillashtirirshga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida qishloq xo‘jaligi bo‘lajak muhandislariga ixtisoslik fanlarini o‘qitishni takomillashtirish jarayonida kasbiy faoliyatga tayyorgarligini va kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishning konseptual metodik modeli aqliy faoliyat elementlarining o‘zaro aloqadorlik ta’siri divergent fikrlash usullarini interfaol taʼlim metodlariga qo‘llash orqali yaxlitlilik tamoyillari asoslanib takomillashtirilgan takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab shiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-apreldagi 02/02-01-57-son malumotomasi). Natijada, ishlab chiqilgan model ixtisoslik fanlardan ta’lim jarayonida talabalarning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
bolajak muhandislarga ixtisoslik fanlarini o‘qitish asosida kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi talabalarda kasbiy faoliyati qobiliyatini shakllantirishning eruditsion omili va individual ishlashga imkon beradigan mustaqil harakatlanish ko‘nikmalarini “inson-texnika”, “inson-belgi”, “inson-tabiat” asosida integrallashgan tizimni tuzilmaviy-funksional, kommunikativ-jarayonli munosabat orqali o‘quv-bilish faolligini tarkiblashtirish asosida takomillashtirilgan takliflardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2020-2023 yillarda bajarilgan №S-PM-31 “Takroriy ekinlar ekish uchun bir o‘tishda tuproqni ag‘darmasdan ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-apreldagi 02/02-01-57-son malumotomasi). Natijada bo‘lajak muhandislarni ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishlarining takomillashuviga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalariga qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy faoliyatga tayyorgarligini va kasbiy kompetensiyalarini shakllanganlik darajalarini baholash mezonlari yuzasidan reproduktiv, produktiv, qisman izlanuvchanlik va kreativlik kabi darajalarini shakllantirishning o‘quv-uslubiy taʼminoti takomillashtirishga doir takliflardan Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq 2020-2023 yillarda bajarilgan №S-PM-31 “Takroriy ekinlar ekish uchun bir o‘tishda tuproqni ag‘darmasdan ekishga tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan mashina” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-apreldagi 02/02-01-57-son malumotomasi). Natijada ishlab chiqilgan metodika va metodik model ixtisoslik fanlarini o‘qitish sifatini va pedagogik tajriba-sinov ishlarining samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.