Rasulova Nilufar Tulkunovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yoshlarda reproduktiv ongni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik va diniy omillari”. 19.00.07 – Din psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/P268.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Ilmiy rahbar: Umarov Baxriddin Mengboevich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Abdimumin Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Farfieva Komola Atxamdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarda reproduktiv ongni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik va diniy omillarining amaliy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘lom diniy e’tiqod (العقيدة الصحيحة), analitik tafakkur va autentlik (tafakkur va shaxsiy e’tiqod mutanosibligi) hayotiy qadriyatlar asosida shakllanib, yoshlar reproduktiv ongini shakllantirishda diniy va ijtimoiy-psixologik barqarorlikni belgilovchi determinantlar (aniqlovchi omillar) ekanligi asoslangan;
soxta diniy e’tiqodning salbiy psixologik omillar (nosog‘lom oilaviy muhit kabi) bilan qo‘shilishi natijasida egotsentrizm (عجب) illatining kuchayishi va buning oqibatida o‘zini “o‘ta dindor” deb hisoblab, o‘zgalarni e’tiqodsizga chiqarishi (تكفير) yoshlarda destruktiv ong shakllanishining omili ekanligi isbotlangan;
reproduktiv ong kompleks ravishda imon-e’tiqod, hayotga munosabat omillari ta’sirida shakllanib, uning tabiati yoshlarning reproduktiv tafakkuri, ya’ni kuzatuvchanlik malakasi va o‘z tajriba-bilimlaridan foydalanish mahorati xususiyatlarida namoyon bo‘lishi empirik dalillangan;
din psixologiyasida yoshlarda diniy va dunyoviy tafakkur uyg‘unligini rivojlantirish, sog‘lom e’tiqod (ekzistensial ong) barqarorligini ta’minlash va hayotga bo‘lgan pozitiv munosabatni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlardan iborat «Reproduktiv ongni shakllantirish psixotreningi» dasturi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlarda reproduktiv ongni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik va diniy omillarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
sog‘lom diniy e’tiqod, analitik tafakkur va autentlik (tafakkur va shaxsiy e’tiqod mutanosibligi) hayotiy qadriyatlar asosida shakllanib, yoshlar reproduktiv ongini shakllantirishda diniy va ijtimoiy-psixologik barqarorlikni belgilovchi determinantlar ekanligi asoslanganiga oid ilmiy xulosalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 538-208 raqamli guvohnomaga muvofiq, “Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya” nomli darslikda o‘z ifodasini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 15-dekabrdagi 02/01-01-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu talaba yoshlarda reproduktiv ong muammosiga oid tushuncha va tasavvurlarning shakllanishiga xizmat qilgan;
soxta diniy e’tiqodning salbiy psixologik omillar (nosog‘lom oilaviy muhit kabi) bilan qo‘shilishi natijasida egotsentrizm illatining kuchayishi va buning oqibatida o‘zini “o‘ta dindor” deb hisoblab, o‘zgalarni e’tiqodsizga chiqarishi yoshlarda destruktiv ong shakllanishining omili ekanligi isbotlanganiga doir ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi “Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” kasbiy qayta tayyorlash yo‘nalishining o‘quv rejasidagi “Ijtimoiy psixologiya” moduliga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 15-dekabrdagi 02/01-01-107-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu talaba yoshlarda reproduktiv ong muammosi borasidagi amaliy imkoniyatlarni shakllantirishga xizmat qilgan;
reproduktiv ong kompleks ravishda imon-e’tiqodi, hayotga munosabati omillari ta’sirida shakllanib, uning tabiati yoshlarning reproduktiv tafakkuri, ya’ni kuzatuvchanlik malakasi va o‘z tajriba-bilimlaridan foydalanish mahorati xususiyatlarida namoyon bo‘lishi empirik dalillanganligiga doir ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining o‘quv rejasidagi “Oila psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2022-yil 26-dekabrdagi PM-75-a-son ma’lumotnomasi). Bu esa, oliy ta’lim muassasalari talabalarining oilaviy hayotga tayyorgarligining reproduktiv xususiyatlari tomondan tushunish samaradorligini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
din psixologiyasida yoshlarda diniy va dunyoviy tafakkur uyg‘unligini rivojlantirish, sog‘lom e’tiqod (ekzistensial ong) barqarorligini ta’minlash va hayotga bo‘lgan pozitiv munosabatni mustahkamlashga qaratilgan mashg‘ulotlardan iborat xulosalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 25-dekabrdagi 538-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 538-208 raqamli guvohnomaga muvofiq, “Rivojlanish psixologiyasi va differensial psixologiya” nomli darslikda o‘z ifodasini topgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 15-dekabrdagi 02/01-01-107-son ma’lumotnomasi). Natijalar psixokorreksion yoshlarda reproduktiv ongni shakllantirish jarayonida yanada samarali natijalarga erishishni ta’minlashga xizmat qilgan.