Qodirova Feruza Qahramanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.    
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rus va o‘zbek tillarida rang-baranglikni aks ettirishning lingvomadaniy xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil986.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti,  DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xayrullaev Xurshid Zaynievich, filologiya fanlari doktori, dotsent;  Bakirov Poyon O‘rolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rus va o‘zbek tillarida ranglar ifodasining lingvokulturologik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rang belgilarini bildiruvchi konnotatsiyalarning qo‘llanilishi rus xalqiga xos hamdardlik, samimiylik, emosionallik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, konformizm, sentimentallikni, o‘zbek xalqiga xos mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, oilaviy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga sodiqlik, mehmondo‘stlik kabi fazilatlarni ifodalovchi so‘z birikmalarida ustuvorlikka ega ekanligi isbotlangan;
timsol va ramziy ma’nolarga ega bo‘lgan leksemalar milliy o‘ziga xoslik bilan chambarchas bog‘liqligi, g‘oyalar, real va virtual tasvirlar fonida aniq tavsiflangan stereotiplar har ikkala tilning og‘zaki, yozma va mikromatnlarda qora, oq, qizil rangli so‘z birikmalarida namoyon bo‘lishi, to‘q sariq, ko‘k, kulrang, jigarrang kabi belgilar rus va o‘zbek tilida qo‘llanilish chastotasiga ko‘ra past ko‘rsatkichda ekanligi dalillangan;
rang diapazonining onomasiologik, semasiologik tasnifi va integral-differensial xususiyati umumiy sema yoki gipersemaga asoslanishi - rus tilidagi rang so‘zining leksik-semantik qatorida sariq rang eng faol va keng tarqalganligi, o‘zbek tilida qora rang ustunlikka ega ekanligi aniqlangan;
rangni ifodalovchi so‘z birikmalarining leksik-semantik, leksikografik xususiyatlari olamning mifologik, diniy, falsafiy, psixologik, ilmiy, badiiy manzarasida aks etishi, rang komponentli frazeologizmlarning inson hissiyoti va emosional tuyg‘ularini uyg‘otishi rus tilida “pozelenetm ot yarosti”, “Alie parusa, ne jilos` na belom svete”, o‘zbek tilida g‘azabdan ko‘karmoq, uyatdan qizarmoq, dokadek oqarmoq kabi frazeologik birliklar orqali ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rus va o‘zbek tillarida rang belgilarini tasvirlashning lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy o‘rganish bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
rang belgilarini bildiruvchi konnotatsiyalarning qo‘llanilishi rus xalqiga xos hamdardlik, samimiylik, emosionallik, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, konformizm, sentimentallikni, o‘zbek xalqiga xos mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, oilaviy qadriyatlar va milliy urf-odatlarga sodiqlik, mehmondo‘stlik kabi fazilatlarni ifodalovchi so‘z birikmalarida ustuvorlikka ega ekanligiga oid  xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-yanvardagi 15-86-son ma’lumotnomasi). Natijada milliy ongda rangning tasviriy ifodalanishi, milliy tilda esa asosiy ranglarni nomlovchi tilning leksik qatlamida rang sifatlari turli konnotativ ma’nolarga ega bo‘lishi taassurotini uyg‘otishga xizmat qilgan;
timsol va ramziy ma’nolarga ega bo‘lgan leksemalar milliy o‘ziga xoslik bilan chambarchas bog‘liqligi, g‘oyalar, real va virtual tasvirlar fonida aniq tavsiflangan stereotiplar har ikkala tilning og‘zaki, yozma va mikromatnlarda qora, oq, qizil rangli so‘z birikmalarida namoyon bo‘lishi, to‘q sariq, ko‘k, kulrang, jigarrang kabi belgilar rus va o‘zbek tilida qo‘llanilish chastotasiga ko‘ra past ko‘rsatkichda ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-0-13229 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 1-martdagi 74/1-son ma’lumotnomasi). Natijada  terminologiya, xususan, rus va o‘zbek lingvokulturologik xususiyatlari bo‘yicha izlanishlar ikki tilga mos terminlar va ularning nutqiga oid nazariy qarashlari, amaliy tavsiyalari va ilmiy xulosalaridan mazkur loyiha doirasida o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga oid bo‘lgan atamalar, uning lingvopoetik jihatlariga doir qarashlarni shakllantirishga xizmat qilgan;  
rang diapazonining onomasiologik, semasiologik tasnifi va integral-differensial xususiyati umumiy sema yoki gipersemaga asoslanishi - rus tilidagi rang so‘zining leksik-semantik qatorida sariq rang eng faol va keng tarqalganligi, o‘zbek tilida qora rang ustunlikka ega ekanligi lingvostatistik usullar vositasida aniqlanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020-2023 yillarga mo‘ljallangan AM-FZ-201908172 raqamli “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 19-yanvardagi 15-86-son ma’lumotnomasi). Natijada rang komponentli so‘z va so‘z birikmalari haqidagi materiallarni boyitishga erishilgan;
rangni ifodalovchi so‘z birikmalarining leksik-semantik, leksikografik xususiyatlari olamning mifologik, diniy, falsafiy, psixologik, ilmiy, badiiy manzarasida aks etishi, rang komponentli frazeologizmlarning inson hissiyoti va emosional tuyg‘ularini uyg‘otishi rus tilida pozelenet ot yarosti, Alie parusa, ne jiles na belom svete, o‘zbek tilida g‘azabdan ko‘karmoq, uyatdan qizarmoq, dokadek oqarmoq kabi frazeologik birliklar orqali ochib berishiga oid xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2022-yil 13-yanvardagi 01-03/47-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjima sohasi uchun muammoli holat sifatida qaraladigan rang komponentli so‘z birikmalarining bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilishda ma’no va mazmunning oshishiga olib kelgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish