Nusratova Mexriniso Baxshilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/P398.
Ilmiy rahbar: Atabaeva Nargis Batirovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019 Psi.72.06.
Rasmiy opponentlar: Abdusamatov Xasanboy Usmonjon o‘g‘li, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jabborov Xazrat Xuseynovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini ilmiy-usulubiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishda altruizm yo‘nalgan obektga nisbatan “beg‘arazlik”  va “ijtimoiy almashinuv” tamoyili muvofiq qadriyatlarlarning differensial namoyon bo‘lishi tufayli  ijtimoiy - etnik xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarining rivojlanishi xulq-atvordagi verbal va noverbal mazmundagi harakatlarni ajrata olish, ekspressiv va vaziyatli axborotlar oqimidagi umumiy xususiyatlarni anglash, munosabatlarni tushunish ko‘nikmasini kasbiy faoliyatda ustuvor  namoyon bo‘lishi tufayli shaxsda ijtimoiy - intellekt shakllanishiga identiv ekanligi dalillangan;
bo‘lajak psixologlarda shaxs differensial xususiyatlarining altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lishiga ta’siri natijasida “psixolog-mijoz” munosabatlari tizimida o‘zaro bir-birini idrok qilish, tushunish, axborotlarni ratsional uzatish ko‘nikmasining dinamik rivojlanishi tufayli kasbiy faoliyat bilan bog‘liq intellektual, emotsional va kommunikativ xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslangan;
bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishda shaxslararo munosabatlarda kongruentlik va konform ustanovkalarni ijtimoiy mas’uliyat, empatiya hissi bilan bog‘liq holda shakllantirish muhimligiga ko‘ra shaxsning o‘z-o‘zini “altruistik Men”ni baholash darajasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishda altruizm yo‘nalgan obektga nisbatan “beg‘arazlik”  va “ijtimoiy almashinuv” tamoyili muvofiq qadriyatlarlarning differensial namoyon bo‘lishi tufayli ijtimoiy-etnik xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-41a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishda altruizm yo‘nalgan obektga nisbatan qadriyatlarlarning differensial namoyon bo‘lishi xususiyatlari tadqiq etish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarining rivojlanishi xulq-atvordagi verbal va noverbal mazmundagi harakatlarni ajrata olish, ekspressiv va vaziyatli axborotlar oqimidagi umumiy xususiyatlarni anglash, munosabatlarni tushunish ko‘nikmasini kasbiy faoliyatda ustuvor  namoyon bo‘lishi tufayli shaxsda ijtimoiy intellekt shakllanishiga identiv ekanligi dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-41a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarining rivojlanishining ijtimoiy intellektga bog‘liqlik jihatlari tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak psixologlarda shaxs differensial xususiyatlarining altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lishiga ta’siri natijasida “psixolog-mijoz” munosabatlari tizimida o‘zaro bir-birini idrok qilish, tushunish, axborotlarni ratsional uzatish ko‘nikmasining dinamik rivojlanishi tufayli kasbiy faoliyat bilan bog‘liq intellektual, emotsional va kommunikativ xususiyatlar ustuvor xarakterga ega ekanligi asoslanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-sonli buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-41a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarda shaxs differensial xususiyatlarining altruistik xulq motivlarining namoyon bo‘lishiga ta’sirini dalillash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishda shaxslararo munosabatlarda kongruentlik va konform ustanovkalarni ijtimoiy mas’uliyat, empatiya hissi bilan bog‘liq holda shakllantirish muhimligiga ko‘ra shaxsning o‘zi-o‘zini “altruistik Men”ni baholash darajasiga korreksion-adaptiv ta’sir etish muhimligi isbotlanganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 5-iyuldagi PM-41-sonli buyrug‘i bilan «Etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Psixologiya oʻquv-ilmiy markazining 2023-yil 6-iyuldagi PM-41a-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak psixologlarda altruistik xulq motivlarini rivojlantirishning psixokorreksion amaliy-uslubiy ta’minotni shakllantirish ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish