Qabulov Qosimboy Pirjonovichning
fan  doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
         Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda kasb tanlash motivatsiyasini shakllantirishining pedagogik-psixologik mexanizmlari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/P75.
Ilmiy maslahatchi: Baratov Sharif Ramazanovich, psixologiya fanlari doktori, professor.      
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc),  professor; Nazarov Akmal Mardonovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raev Bahrom, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda kasb tanlash motivatsiyasini shakllantirishga taʼsir etuvchi pedagogik-psixologik omillarni aniqlash hamda ilmiy-usulubiy jihatdan rivojlantirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilardagi kasb tanlash motivatsiyasining shakllanishida hayotiy sohadagi maqsadli qadriyatlar orasidan “moddiy ta’minlanganligi”, “oliy nufuzga ega bo‘lish”, “yutuqlarga yo‘nalganlik” kabi qadriyatlarning ustuvor xarakterda ekanligi tufayli refleksiya va identifikatsiya kabi psixologik mexanizmlarining intensiv ta’siri dalillangan.
o‘quvchilarning kasb tanlashida individual tarzda shakllangan “realistik”, “intellektual”, “sotsial”, “konvensial” va “ijtimoiy mas’ullik” kabi shaxs tiplarining ustuvorlik darajalari individual-tipologik imkoniyatlar hamda ijtimoiy-psixologik mezonga asoslangan shaxs tiplarining shakllanish darajalari o‘rtasidagi farqlarni mavjudligi isbotlangan;
o‘quvchi shaxsida namoyon bo‘luvchi kasbiy-yo‘nalganlik motivatsiyasi “o‘z-o‘ziga”, “odamlarga” va “faoliyatga yo‘nalganlik” omillari bilan uzviy tarzda shakllanuvchi individual xususiyatlarga bog‘liq ekanligi tufayli shaxs ijtimoiylashivi, taqlid qilish, ishontirish va ta’sirlanish kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning integrativ ta’sirida rivojlanishi asoslangan;
o‘quvchilarda kasb tanlash motivlarini namoyon bo‘lishida qat’iyatlilik, ratsionallik, optimizm, o‘ziga ishonch va boshqalarga bog‘liqlik kabi kasbiy ustanovkalarning ustuvor rivojlanishidagi differensiatsiyasi tufayli ijtimoiy, hududiy  farqlarning mavjudligi dalillangan;
o‘quvchilardagi kasb tanlash motivatsiyasining shakllanishi shaxsning ichki (ruhiy) va (jismoniy) harakatlari, individual qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq xususiyatlar, kasb tanlashning ijtimoiy-psixologik jihatlarining kasbiy o‘zlikni anglash jarayoniga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy yo‘nalganlik diferensiatsiyasiga to‘g‘ri proporsional rivojlanishi asoslangan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda kasb tanlash motivatsiyasini shakllantirishining pedagogik-psixologik mexanizmlari tahlili natijalari asosida:
o‘quvchilardagi kasb tanlash motivatsiyasining shakllanishida hayotiy sohadagi maqsadli qadriyatlar orasidan “moddiy ta’minlanganligi”, “oliy nufuzga ega bo‘lish”, “yutuqlarga yo‘nalganlik” kabi qadriyatlarning ustuvor xarakterda ekanligi tufayli refleksiya va identifikatsiya kabi psixologik mexanizmlarining intensiv ta’siri dalillanganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-71-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-71a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilardagi kasb tanlash motivatsiyasining shakllanishiga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik mexanizmlarni emperik asoslash yo‘llari aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarning kasb tanlashida individual tarzda shakllangan “realistik”, “intellektual”, “sotsial”, “konvensial” va “ijtimoiy mas’ullik” kabi shaxs tiplarining ustuvorlik darajalari individual-tipologik imkoniyatlar hamda ijtimoiy-psixologik mezonga asoslangan shaxs tiplarining shakllanish darajalari o‘rtasidagi farqlarni mavjudligi isbotlanganligiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-71-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-71a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning individual-tipologik imkoniyatlari shaxs tiplariga bog‘liq jihatdan asoslash usuli takomillashtirilgan;
o‘quvchi shaxsida namoyon bo‘luvchi kasbiy-yo‘nalganlik motivatsiyasi “o‘z-o‘ziga”, “odamlarga” va “faoliyatga yo‘nalganlik” omillari bilan uzviy tarzda shakllanuvchi individual xususiyatlarga bog‘liq ekanligi tufayli shaxs ijtimoiylashivi, taqlid qilish, ishontirish va ta’sirlanish kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning integrativ ta’sirida rivojlanishi asoslanganligiga oid  tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-71-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-71a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchi shaxsida namoyon bo‘luvchi kasbiy-yo‘nalganlik motivatsiyasini shakllantirishda shaxs ijtimoiylashivi, taqlid qilish, ishontirish va ta’sirlanish kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarning integrativ ta’sirini emperik o‘rganish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilardagi kasb tanlash motivatsiyasining shakllanishi shaxsning ichki (ruhiy) va (jismoniy) harakatlari, individual qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq xususiyatlar, kasb tanlashning ijtimoiy-psixologik jihatlarining kasbiy o‘zlikni anglash jarayoniga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy yo‘nalganlik diferensiatsiyasiga to‘g‘ri proporsional rivojlanishi asoslanganganligiga oid ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-71-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-71a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilardagi kasb tanlash motivatsiyasining shakllanishi shaxsning jismoniy harakatlari, individual qiziqishlariga va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga bog‘liq holda rivojlanishining pedagogik-psixologik mexanizmlarini yoritish imkoniyati yaratilgan;
o‘quvchilarda kasb tanlash motivlarini namoyon bo‘lishida qat’iyatlilik, ratsionallik, optimizm, o‘ziga ishonch va boshqalarga bog‘liqlik kabi kasbiy ustanovkalarning ustuvor rivojlanishidagi differensiatsiyasi tufayli ijtimoiy, hududiy  farqlarning mavjudligi dalillangan ilmiy xulosalar ma’lumotlar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 4-sentyabrdagi PM-71-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023-yil 11-sentyabrdagi PM-71a-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qo‘llanilishi natijasida bo‘lajak psixologlar kasbiy tayyorgarligini ilmiy-metodik ta’minotini boyitilishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish