Nazarqulova Gulnora Ablakulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4827.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nurumbekova Yarkinay Anarmatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muxabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Masharipova Umida Abduvoxidovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish samaradorligi shaxsiy va kasbiy talablar asosida ta’limni mustaqillashtirish, mustaqil ta’lim olish faolligini taʼlimiy maqsad parametrlariga muvofiqligi va zarurligini asoslash hamda kasbiy salohiyat, subʻektiv pozisiyasini shakllantirish va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga sharoit yaratish asosida takomillashtirilgan;
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish texnologiyalari maqsadli-mazmunli, tashkiliy-texnologik va baholovchi-natijador komponentlardan iborat g‘oyalarni adaptiv yaxlitlash hamda ijodiy faollikni oshirishning didaktik infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirilgan;
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish modeli o‘z-o‘zini faollashtirish va rivojlantirishning interaktiv texnologiyalaridan effektiv foydalanish hamda o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarining shaxsiy sifatlarga ijobiy taʼsirini tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish mezonlari tarkibiy-mazmunli, faoliyatli-motivatsion jarayonlarning integrativ xususiyatlarini mazmunli yaxlitlash hamda talabalar faoliyatining ko‘p qirrali yo‘naltirilganligini rivojlantiruvchi taʼlim talablariga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish samaradorligi shaxsiy va kasbiy talablar asosida ta’limni mustaqillashtirish, mustaqil ta’lim olish faolligini taʼlimiy maqsad parametrlariga muvofiqligi va zarurligini asoslash hamda kasbiy salohiyat, subektiv pozisiyasini shakllantirish va o‘zini-o‘zi rivojlantirishga sharoit yaratish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Umumiy pedagogika (pedagogik mahorat)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-426-raqamli guvohnoma). Natijada, kredit-modul tizimida talabalar mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish texnologiyalari maqsadli-mazmunli, tashkiliy-texnologik va baholovchi-natijador komponentlardan iborat g‘oyalarni adaptiv yaxlitlash hamda ijodiy faollikni oshirishning didaktik infratuzilmasini bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Umumiy pedagogika (pedagogik mahorat)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-426-raqamli guvohnoma). Natijada kredit-modulli o‘qitish tizimi sharoitida talabaning mustaqil ta’lim olish imkoniyatini takomillashtirish modelini ishlab chiqishga sharoit yaratilgan;
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish modeli o‘z-o‘zini faollashtirish va rivojlantirishning interaktiv texnologiyalaridan effektiv foydalanish hamda o‘zaro hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarining shaxsiy sifatlariga ijobiy taʼsirini tahliliy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika (pedagogik mahorat)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-426 raqamli guvohnoma). Natijada, talabalar faoliyatining mavjudligi, shakllarni tanlashga muvofiqligi mustaqil ta’lim va talabalarning rivojlanish istiqbollari kengaytirilgan;
kredit modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirish mezonlari tarkibiy-mazmunli, faoliyatli-motivatsion jarayonlarning integrativ xususiyatlarini mazmunli yaxlitlash hamda talabalar faoliyatining ko‘p qirrali yo‘naltirilganligini rivojlantiruvchi taʼlim talablariga barqaror moslashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Umumiy pedagogika (pedagogik mahorat)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-426 raqamli guvohnoma). Natijada, kredit-modul tizimida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim olish imkoniyatlarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish