Samandarova Gulnoz Yarashovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumot.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): “Hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asosida shakllangan o‘zbek xalq paremalarining lingvistik asoslari va leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1554.
Ilmiy rahbar: Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSs.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pleonazmlarning semantik va pragmatik jihatlarini ekstralingvistik asoslarda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hasharotlar olami haqidagi ma’lumotlarning lingvistik, xususan leksik-semantik o‘ziga xosliklarini o‘rganish jarayonida o‘zbek xalq paremalari tarkibidan “hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asosida shakllangan maqol va matallar ajratilib, bunday birliklarning nazariy tadqiqi asoslangan;
“hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asos bo‘lgan o‘zbek xalq paremalarining lingvistik asoslari aniqlanib, mazkur ma’noviy guruh asosida shakllangan maqol, matallarning leksik-semantik xususiyatlari dalillangan;
“hasharot” LMG asosida vujudga kelgan o‘zbek xalq paremalarida o‘zaro ma’nodoshlik, zid ma’nolilik, omonimlik hamda ko‘p ma’nolilik hodisalari mavjudligi aniqlangan;
“hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asosida shakllangan o‘zbek xalq paremalarida hasharot nomini ifodalovchi leksemalarning turli ma’nolarda voqelanishi, har bir maqol va matal tarkibida alohida semalarni namoyon qilishi, ularning ijobiy, salbiy va mo‘tadil ma’no ifodalash xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asosida shakllangan o‘zbek xalq paremalarining lingvistik asoslari va leksik-semantik xususiyatlari mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
o‘zbek xalq paremalari orasidan “hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asosida shakllangan maqol, matallar ajratib olinib, zoonimlar, jumladan, hasharot nomlari ishtirok etgan birliklarning nazariy tadqiqi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning tizimli tahlili bilan bog‘liq ilmiy xulosalardan A-OT-2021-2 raqamli “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda (2020–2021-yy.) foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2023-yil 08-maydagi 04-04/01-2697-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot sohasida qo‘llanadigan paremik birliklarning lisoniy xususiyatlari, leksik-semantik jihatlari dalillangan;
“hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asos bo‘lgan o‘zbek xalq paremalarining lingvistik asoslari aniqlangan, mazkur ma’noviy guruh asosida shakllangan maqol, matallarning leksik-semantik xususiyatlari izohlangan misollardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “O‘zbek tili” nomli darslikda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2023-yil 23-martdagi 112-son buyrug‘i, 112-14 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada frazeologiya va paremiologiya bo‘limiga oid ma’lumotlar ilmiy jihatdan boyib, darslik takomillashgan;
“hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asosida vujudga kelgan o‘zbek xalq paremalarida o‘zaro ma’nodoshlik, zid ma’nolilik, omonimlik hamda ko‘p ma’nolilik hodisalari mavjudligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili) ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun yaratilgan “O‘zbek tili” nomli o‘quv qo‘llanmada foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Buxoro davlat universitetining 2023-yil 26-yanvardagi 30-son buyrug‘i, 30-12 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada leksikologiyaga va paremiologiyaga oid mashqlar mazmuni paremik birliklar bilan boyitilgan hamda o‘quv adabiyoti takomillashtirilgan;
“hasharot” lug‘aviy ma’noviy guruhi asosida shakllangan o‘zbek xalq paremalaridagi o‘ziga xoslik, ularning ijobiy, salbiy va mo‘tadil ma’no ifodalash xususiyatlaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Buxoro” telekanalining “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 3-maydagi 02-09-116-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va ular yangi ma’lumotlar bilan takomillashgan.