Pardaev Xusniddin Abdimo‘minovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Pomidor ishlab chiqarish zanjiri subektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Iqt1414
Ilmiy rahbar: Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti, PhD.05/15.12.2022.1.155.01.
Rasmiy opponentlar: Bobojonov Ihtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori; Mustafaqulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pomidor ishlab chiqarish zanjiri subektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pomidor ishlab chiqarish zanjirida istiqboldagi xavf-xatarlarni “qisqa”, “o‘rta” va “uzoq” darajali mezonlar asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan;
pomidor ishlab chiqarish zanjirida subektlarning iqtisodiy hamkorligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat tomonidan narxlarni subsidiyalash mexanizmi orqali rag‘batlantirish taklif qilingan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari uchun zanjirdagi subektlararo iqtisodiy munosabatlarni hamkorlikda boshqarishga qaratilgan muvofiqlashtiruvchi  markazni tashkil etish asoslangan;
Samarqand viloyati dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida pomidor ishlab chiqarish va uning iste’moli dinamikasining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pomidor ishlab chiqarish zanjiri subektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
pomidor ishlab chiqarish zanjirida istiqboldagi xavf-xatarlarni “qisqa”, “o‘rta” va “uzoq” darajali mezonlar asosida baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv taklif etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasining 2023 yil 15 martdagi qabul qilingan uslubiy qo‘llanmasi asosida amaliyotga joriy etgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 noyabrdagi 07/34-05/5902-son ma’lumotnomasi). Qo‘llanma qishloq xo‘jaligidagi barcha xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, pomidor ishlab chiqarish zanjirida subektlar o‘rtasidagi hamkorlikda yuzaga keladigan turli risklarni yumshatish yo‘llarini hamda istiqbolda ularni “qisqa”, “o‘rta” va “uzoq” darajali mezonlar asosida boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan;
pomidor ishlab chiqarish zanjirida subektlarning iqtisodiy hamkorligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat tomonidan narxlarni subsidiyalash mexanizmi orqali rag‘batlantirish taklifi “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-113-sonli qarorida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17-noyabrdagi 07/34-05/5902-son ma’lumotnomasi). Natijada, subektlar bilan iqtisodiy integratsiyaga kirishishda yozma shartnomaning mavjudligi 2,23 barobar va resurs ta’minoti bilan bog‘liq xususiyatlar 1,13 barobarga oshirsa, iqtisodiy integratsiyaga kirishish bilan bog‘liq xususiyatlar esa transaksion xarajatlarni kamaytirishiga olib kelgan;
dehqon va tomorqa xo‘jaliklari uchun zanjirdagi subektlararo iqtisodiy munosabatlarni hamkorlikda boshqarishga qaratilgan muvofiqlashtiruvchi  markazni tashkil etish asoslangan va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 noyabrdagi 07/34-05/5902-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar viloyatning Jomboy, Bulung‘ur, Urgut, Tayloq, Oqdaryo va Payariq tumanlari dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida qo‘llanila boshlagan. Natijalarga ko‘ra, “Dehqon-iste’molchi-dehqon” istiqbolli amaliy xaritasini qo‘llash dehqonlar daromadini 2019 yilda 83,7 ming so‘m/sotix va 2020 yilda esa 79,7 ming so‘m/sotixga yuqori bo‘lishini ta’minlagan.
dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida pomidor ishlab chiqarish va uning iste’moli dinamikasining 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar Samarqand viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan “Pomidor ishlab chiqarishning istiqbol rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 17 noyabrdagi 07/34-05/5902-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalaridan foydalanish  2026 yilga borib dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqariladigan pomidor 173,9 ming tonna (o‘sib borish trendi 1,4%), ushbu mahsulotga nisbatan iste’mol talabi 50,8 ming tonna (o‘sib borish trendi 0,75%), mahsulotni qayta ishlash korxonalari talabi 12,0 ming tonna (o‘sib borish trendi 0,76%), eksport 22,4 ming tonna (kamayib borish trendi 0,35%) hamda bozorini topmagan qoldiq mahsulot 14,8 ming tonnaga (kamayib borish trendi 0,65%) teng bo‘lishi aniqlanib, qo‘shimcha imkoniyatlarda samarali foydalanish yo‘llari ochib berilishiga xizmat qilgan.               

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish