Jalilov Zarafshon Baxshullaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «IX–XII asrlarda sharq mutafakkirlari yaratgan tarbiyaviy qadriyatlardan oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Ped161.

Ilmiy rahbar: Maxmudov Mels Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.

Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qaxxarova Matluba Mannofovna, falsafa fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi:  IX–XII asrlarda sharq mutafakkirlari ta’limoti mazmunidagi tarbiyaviy qadriyatlardan oliy pedagogik ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oliy pedagogik ta’lim jarayonida talabalar shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish texnologiyasi IX–XII asrlarda yashab ijod etgan sharq mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom G‘azzoliylar ta’limoti mazmunida aks etgan odob-axloq, ilm olish, mehnat va kasb-hunarga oid tarbiyaviy qadriyatlarning shaxsiy, milliy va umummilliy ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;

talabalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, adolatparvarlik, insonparvarlik, saxovatlilik kabi shaxsiy sifatlarini shakllantirish mexanizmi sharq mutafakkirlari asarlaridagi qadriyatlar bilan mujassamlashtirib takomillashtirilgan;

sharq mutafakkirlarining yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlari ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zida mujassamlashtirgan  tarbiyaviy qadriyatlar orqali talabalarning ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarni rivojlantirish mexanizmlari kasbiy tayyorgarlikka kompetensiyaviy talablar asosida  takomillashtirilgan;

ajdodlar merosiga nisbatan hurmat hissini shakllantirishda auditoriya va auditoriyadan tashqari uyushtiriladigan ommaviy, guruhli va yakka tartibdagi sharq mutafakkirlarining tarbiya jihatlarini oshirishga doir  ilmiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

IX–XII asrlarda sharq mutafakkirlari yaratgan tarbiyaviy qadriyatlardan oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

IX–XII asrlarda yashab ijod etgan sharq mutafakkirlari ta’limoti mazmunida aks etgan odob-axloq, ilm olish, mehnat va kasb-hunarga oid tarbiyaviy qadriyatlardan  yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashga oid takliflardan Davlat ta’lim standarti mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan ( O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 iyundagi 303-son ma’lumotnomasi). Bu takliflar talabalarda Sharq uyg‘onish davri mutafakkirlarining ta’limoti mazmunini anglash, idrok etish imkoniyatini bergan;

sharq mutafakkirlarining yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga oid qarashlari ota-ona bilan farzand o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zida mujassamlashtirgan tarbiyaviy qadriyatlar orqali talabalarning ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish hamda ta’lim-tarbiya jarayonida tatbiq etishda foydalanilgan  (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 oktyabrdagi 89-03-2440-son ma’lumotnomasi). Natijada bu takliflardan oliy pedagogik ta’lim jarayonida foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish