Juraev Vohidjon Muhammedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Sportchining da’vogarlik darajasi – faoliyat samaradorligini ta’minlashning psixologik omili sifatida», 19.00.01–Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. Shaxs psixologiyasi. (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/P324.
Ilmiy rahbar: Melibaeva Ruzaxon Nasirovna, psixologiya fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Komoliddin Botirovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Rasulov Abdumo‘min Ibragimovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: sportchilarning da’vogarlik darajasi faoliyat samaradorligini ta’minlashidagi yetakchi omillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
individual va jamoaviy sport turida shaxs faoliyatiga ko‘ra mas’uliyatlilik bilan tirishqoqlik sifatlarining o‘zaro interkorrelyasiyasi sport yuklamalari va ko‘rsatmalarini operativ bajarishini ta’minlashi hisobida musobaqalarda jangovorligi, shijoatkorligi va chidamliligini kuchaytirishi tufayli sportchining da’vogarlik darajasini me’yoriy ifodalanishida differensial farqlarning mavjudligi dalillangan;
sportchining da’vogarligi komponentlari bilish motivlarining o‘z-o‘zini kamol toptirish, quvvatni safabar eta olganlikni erishganlik ehtiyoji, natijalarni kutilganlik darajasi kurashish va rag‘batlantirish ehtiyojiga bog‘liqligi tufayli sport motivatsiyasini shakllanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslangan;
da’vogarlik darajasi yuqori bo‘lgan sportchilarning faoliyatida natijaga erishish bilan rag‘batlantirish ehtiyojlarini kuchayishi o‘ziga adekvat bahoni hamda matonatlik sifatini rivojlanishiga olib kelganligi sababli shaxsda da’vogarlik darajasining motivli komponentini ustuvorligi isbotlangan;
xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va ishtirokchilarining da’vogarlik darajalari faktorizatsiyasiga ko‘ra sportchilarning erishadigan yutuqlarini boyituvchi, ularning yuqori natijalarga erishishi sportdagi ma’lum qonunlarni o‘z ichiga olganligi, o‘zini kamol toptirishga intilishi, shaxsiy fazilatlarni egallashini ta’minlovchi, talabgorning musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirokida natijalarga va o‘ziga nisbatan munosabatni shakllantirishni shartlovchi mezonlarni ustuvorligi tufayli “sportchilarning da’vogarlik darajasini optimalligini shartlovchi irodaviy sifatlar va faoliyat motivlari”, “sportchilarning da’vogarlik darajasini stimullovchi faoliyat motivlari”, “sportchining faoliyat natijalari va o‘ziga munosabatini shakllanganligi da’vogarlik darajasini kafolotlovchisi” kabi omillarning tartibli tuzilmasini tavsiflash mumkinligi isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sportchining da’vogarlik darajasi-faoliyat samaradorligini ta’minlashning psixologik omillariga oid muammoni tadqiq etish asosida:
individual va jamoaviy sport turida shaxs faoliyatiga ko‘ra mas’uliyatlilik bilan tirishqoqlik sifatlarining o‘zaro interkorrelyasiyasi sport yuklamalari va ko‘rsatmalarini operativ bajarishini ta’minlashi hisobida musobaqalarda jangovorligi, shijoatkorligi va chidamliligini kuchaytirishi tufayli sportchining da’vogarlik darajasini me’yoriy ifodalanishida differensial farqlarning mavjudligi dalillangan ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-61-sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-61-a son ma’lumotnomasi). Natijada individual va jamoaviy sport turi bilan shug‘ullanuvchi sporchilarning da’vogarlik darajalariga ko‘ra shaxslilik sifatlari bilan sport yuklamalari va ko‘rsatmalari orasidagi interkorrelyasiyani emperik jihatdan yoritish imkoni kengaytirilgan;
sportchining da’vogarligi komponentlari bilish motivlarining o‘z-o‘zini kamol toptirish, quvvatni safabar eta olganlikni erishganlik ehtiyoji, natijalarni kutilganlik darajasi kurashish va rag‘batlantirish ehtiyojiga bog‘liqligi tufayli sport motivatsiyasini shakllanganligiga to‘g‘ri proporsional ekanligi asoslanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-61-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-61-a son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori da’vogralik darajasidagi sportchilarning jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarda irodaviy xususiyatiga asoslanib, musobaqalarda quvvatni safarbar etish imkoniyatini dalillashga erishilgan;
da’vogarlik darajasi yuqori bo‘lgan sportchilarning faoliyatida natijaga erishish bilan rag‘batlantirish ehtiyojlarini kuchayishi o‘ziga adekvat bahoni hamda matonatlilik sifatini rivojlanishiga olib kelganligi sababli shaxsda da’vogarlik darajasining motivli komponentni ustuvorligi isbotlanganligiga doir ilmiy natijalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-61-sonli buyrug‘i bilan «Sport psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-61-a son ma’lumotnomasi). Natijada sportchilar da’vogralik darajasining sport faoliyati motivlari, irodaviy sifatlarni va o‘zini-o‘zi baholash xususiyatlariga bog‘liqlikni shartlovchi omillarni emperik tadqiq etish imkoni kengaytirilgan;
xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va ishtirokchilarining da’vogarlik darajalari faktorizatsiyasiga ko‘ra sportchilarning erishadigan yutuqlarini boyituvchi, ularning yuqori natijalarga erishishi sportdagi ma’lum qonunlarni o‘z ichiga olganligi, o‘zini kamol toptirishga intilishi, shaxsiy fazilatlarni egallashini ta’minlovchi, talabgorning musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishi va ishtirokida natijalarga va o‘ziga nisbatan munosabatni shakllantirishni shartlovchi mezonlarni ustuvorligi tufayli “sportchilarning da’vogarlik darajasini optimalligini shartlovchi irodaviy sifatlar va faoliyat motivlari”, “sportchilarning da’vogarlik darajasini stimullovchi faoliyat motivlari”, “sportchining faoliyat natijalari va o‘ziga munosabatini shakllanganligi da’vogarlik darajasini kafolotlovchisi” kabi omillarning tartibli tuzilmasini tavsiflash mumkinligi isbotlanganligiga doir ilmiy yangiliklar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 4 sentyabrdagi PM-61-sonli buyrug‘i bilan «Konsultativ psixologiya. Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2023 yil 11 sentyabrdagi PM-61-a son ma’lumotnomasi). Natijada faktorli tahlil yordamida xalqaro sport musobaqalari g‘oliblari va ishtirokchilarining yutuqlarini ta’minlovchi da’vogarlik darajalari bilan bog‘liq yetakchi psixologik omillarni aniqlash samaradorligi oshgan.