Mavlonova Klaraxon Maxmutovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida matn tuzilishini o‘rgatish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Ped246.
Ilmiy maslahatchi: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc. 03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik kengash).
Rasmiy opponentlar: Yusupova Shohidaxon Jalololiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xudoyberganova Durdona Siddiqovna, filologiya fanlari doktori, professor; Axmedova Maloxat Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining ona tili darslarida o‘quvchilarga matnning tashkiliy-texnik hamda mazmuniy-mantiqiy tuzilishini o‘rgatish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
matn yaratish metodikasi bilan bog‘liq asosiy yondashuv va prinsiplar matn tuzilishining o‘ziga xosligi nuqtayi nazaridan: ta’lim jarayonini farqli, funksional-semantik, modulli, pragmatik, lingvistik, integrativ yondashuv asosida tashkil etish; bilimlarni mustahkamlash, ko‘nikmalarni hosil qilishda tanqidiy tafakkurni o‘stirishga qaratilgan yondashuvni qo‘llash; mashqlar tizimini kommunikativ, ijodiy va kompetensiyaviy yondashuvlar asosida ishlab chiqishga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
ona tili darslarida matn tuzilishini o‘rgatishga oid nazariy ma’lumot: ta’rif, tavsif, tasnif farqlanib, o‘quvchilarda matniy kompetensiyani shakllantirishga qaratilgan joriy-taktik, strategik va variativ qoidalar kognitiv-pragmatik jihatlarga ko‘ra takomillashtirilgan; 
matn tuzilishi bilan bog‘liq komponentlar doirasida 5–9-sinflar uchun matn tuzilishiga doir ta’lim jarayoni hamda ushbu jarayonda qo‘llanuvchi konstruksiyalash-sintezlash, adaptiv, noadaptiv, evristik va algoritm shaklidagi mashqlar 4K yondashuvi: kritik, kreativ fikrlash, kommunikativlik va kollaboratsiya asosida ishlab chiqilgan;
6–7-sinf “Ona tili” darsliklari mazmuni matnning funksional-semantik turlari: rivoya-matn, tasvir-matn, muhokama-matnning kompozision qurilishiga xos didaktik materiallar bilan boyitilib, 5–9-sinflar uchun matn tuzilishini o‘rgatishga oid “Qismdan butungacha”, “Men muharrirman”, “Tasvir va matn”, “Chizmani tavsifla”, “Taqqoslaymiz, farqlaymiz”, “Tahrir va tahlil” kabi innovatsiyalar asosida matn tuzilishini spiralsimon o‘rgatish metodikasi takomillashtirilgan;
ona tili ta’limi uchun matn qismini murakkab sintaktik butunlik, abzas yoki matn qismi deb atash; matn qismlarining olmoshli, bog‘lovchili, ko‘makchili, yuklamali, modal so‘zli bog‘lanishi kabi lingvistik asoslar ta’lim nazariyasi va amaliyoti prinsipi asosida aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida matn tuzilishini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
matn yaratish metodikasi bilan bog‘liq asosiy yondashuv va tamoyillar, matn tuzilishi bilan bog‘liq komponentlar doirasida 5–9-sinflar uchun matn tuzilishiga doir bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslangan mavzular mundarijasi, amaliy mashqlar; matn tuzish va xatolar ustida ishlash; tuzilgan matnni tahrir qilish mashqlari hamda innovatsion ish turlaridan Respublika ta’lim markazi faoliyatida UNISEF bilan hamkorlikda tayyorlangan ona tili fanini ishlab chiqishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 23-martdagi 01/11-01/6-168-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy o‘rta ta’lim fanidan tayyorlangan Milliy o‘quv dasturining o‘quvchilar lingvistik hamda yozma nutq kompetensiyasiga qo‘yilgan malaka talablar qismi takomillashtirilgan;
matn tuzilishiga oid nazariy qoidalar, mashq va topshiriqlar, ish turlariga oid tavsiyalar asosida 6-sinf “Ona tili”; 7-sinf “Ona tili” darsliklarini yaratishda, xususan, matn bilan ishlash, matn yaratish va tahrir qilishga oid o‘quv topshiriqlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 23-martdagi 01/11-01/6-172-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili fani darsliklari mazmunining matn tuzish bilan bog‘liq bilim berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, o‘quvchilarning matn yarata olish layoqatini oshirish, shuningdek, nutqiy va lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirishi nuqtayi nazaridan boyishiga xizmat qilgan; 
matn bilan ishlash orqali nutqiy va lingvistik kompetentlikni shakllantirishga oid tadqiqot natijalari: ona tili darslari uchun matn tuzilishiga oid lingvistik asoslar, matn tuzilishi bilan bog‘liq komponentlar doirasida 5–9-sinflar uchun matn tuzilishiga doir bilim, ko‘nikma va malakalarga asoslangan mavzular mundarijasi, evristik mashqlar hamda innovatsion ish turlari, 5-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan qo‘llanmadan O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017–2020-yillarda bajarilgan “FZ – 2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 5-apreldagi 177-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darslarida matn tuzilmasiga oid qoidalarni amalda qo‘llash, matn tuzishda bog‘lovchi vositalarni qo‘llash, matnga maqol, hadis, hikmatli so‘z, sheʼriy misralarni kiritish talab etiladigan topshiriqlar orqali matn ustida ishlash metodikasi takomillashgan;
matn tuzilishi bilan bog‘liq innovatsion usullar, matn yaratish va tahrir qilishga oid o‘quv topshiriqlaridan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining 7-sinf “Ona tili” (I qism); 7-sinf “Ona tili” (II qism) darsligini yaratishda foydalanilgan (Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2023-yil 8-sentyabrdagi 01-11-1523-son ma’lumotnomasi). Natijada ona tili darsligi mazmuni “Ijod qilamiz”, “Tahrir va tadqiqot” rukni bilan boyitilgan; tasviriy matn yozish, esse tuzilmasi, matn sarlavhasi, matn qismlari, matn bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlar va o‘quv topshiriqlari o’quvchilarda matn tuzish va xatolar ustida ishlash ko’nikmasining rivojlanishiga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish