Xamidov Mansur Abdumannobovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
  “O‘zbek tili Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalari barqaror birikmalarining lingvistik xususiyatlari”, 10.00.01 - O‘zbek tili (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1941.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Maxmaraimova Shohista To‘xtashevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz davlat universiteti, PhD 03/31.03.2021.Fil.78.04. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Musaeva Feruza To‘raxonovna, filologiya fanlari boyicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalariga tegishli barqaror birikmalarning lisoniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalaridagi paremiologik birliklar: ibora, maqol hamda matalning funksional-semantik xususiyatlarida tematik, mazmuniy-grammatik jihatidan yaxlitlik, qisqa va lo‘ndalik, ma’lum bir o‘zbek urug‘ining nutqiga xoslanganlik va obrazlilik kabi o‘xshash va mazmuniy-grammatik tugallanganlik, ko‘p ma’nolilik, shuningdek, o‘z va ko‘chma ma’noga egalik, didaktik mazmunga xoslik, tugallangan ohang va fikrga ega bo‘lmaslik, reallikdan chekinilish, mubolag‘a, tasviriylikka egalik kabi farqli jihatlari ochib berilgan;
Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalari paremiologik birliklarida variativlikni vujudga keltiruvchi areal va etnolingvistik  sabablar komponent tahlil usulida tekshirilib, sheva maqollarining adabiy til paremiologik birliklariga nisbatan fonetik, leksik va morfologik hamda sintaktik munosabati ochib berilgan;
O‘zbek shevalari paremiologik birliklarining inson badiiy tafakkuri rivojidagi o‘rni tekshirilib, muallif idiolekti natijasida hosil bo‘lgan Mashaqqatsiz yorning vasliga etib bo‘lmas, Kim avval musht ko‘tarsa, albatta, qo‘rqoq keldi, Qirq birinchi hunar, Musofir bo‘lmaguncha…, Usta ko‘rgan shogird, Qizillar qulog‘i qirqta bo‘ladi, Bo‘laman degich el, bir-birini botirim deydi, bo‘lmayman degich el, bir-birin etini jiydi, Xalq qo‘llasa – bor bo‘ladur, xalq qarg‘asa – xor bo‘ladur, Xalq bor – haq bor, Yaxshi usta terini ulton qilur, yaxshi xotin erini sulton qilur kabi antimaqollar – yangi maqollarga  tarixiy, geografik, etnologik, sotsiologik, psixologik jihatdan lingvistik sharh berilgan;
O‘zbek shevalari paremiologik birliklarining xalq milliy-madaniy, ijtimoiy-maishiy turmush tarzi, mental rivojidagi tarbiyaviy, avlodlar almashinuvidagi, umummilliy qadryatlar, umuminsoniylikka asoslangan ijtimoiy o‘rni asoslanib, ularning lisoniy voqelanishida asos tug‘dirgan mahalla, inson a’zolari nomlari, tabiat bilan bog‘liq tushunchalar, mehmon, to‘y, kiyim-kechak, taomlar, do‘stlik, yaxshi-yomon, ahil-inoqlik, qarindosh-urug‘chilik, uy va oshxona jihozlari, hayvonot dunyosi, mehnat kabi o‘xshatish etalonlari va lingvomadaniy kodlarga egaligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy Surxondaryo o‘zbek dialektal paremalarini lingvistik tahlil qilishga taalluqli xulosalardan: 
Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalaridagi paremiologik birliklar: ibora, maqol hamda matalning funksional-semantik xususiyatlarida tematik, mazmuniy-grammatik jihatidan yaxlitlik, qisqa va lo‘ndalik, ma’lum bir o‘zbek urug‘ining nutqiga xoslanganlik va obrazlilik kabi o‘xshash va mazmuniy-grammatik tugallanganlik, ko‘p ma’nolilik, shuningdek, o‘z va ko‘chma ma’noga egalik, didaktik mazmunga xoslik, tugallangan ohang va fikrga ega bo‘lmaslik, reallikdan chekinilish, mubolag‘a, tasviriylikka egalik kabi farqli jihatlari yoritilgan sabablariga oid ilmiy xulosalardan PZ-20170927147 “Qadimgi davrlardan XIII asrgacha bo‘lgan turkiy yozma manbalar tadqiqi” nomli amaliy grand loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 6-iyuldagi 04/1-1136-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiy tillarda barqaror birikmalarning lingvomadaniy xossalariga doir bilimlarning mukammallashuviga erishilgan.
Janubiy Surxondaryo o‘zbek shevalari paremiologik birliklarida variativlikni vujudga keltiruvchi areal va etnolingvistik  sabablar komponent tahlil usulida tekshirilib, sheva maqollarining adabiy til paremiologik birliklariga nisbatan fonetik, leksik va morfologik hamda sintaktik munosabati yoritilganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan FA-A1-G007 “Qoraqalpoq naql-maqollari lingvistik tadqiqot obekti sifatida” mavzularidagi fundamental va ilmiy-amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 3-apreldagi 17-01/76-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek shevalaridagi PBlarning funksional-semantik xususiyatlariga oid bilimlarning mukammallashuviga erishilgan.
O‘zbek shevalari paremiologik birliklarining xalq milliy-madaniy, ijtimoiy-maishiy turmush tarzi, mental rivojidagi tarbiyaviy, avlodlar almashinuvidagi, umummilliy qadryatlar, umuminsoniylikka asoslangan ijtimoiy o‘rni asoslanib, ularning lisoniy voqelanishida asos tug‘dirgan mahalla, inson a’zolari nomlari, tabiat bilan bog‘liq tushunchalar, mehmon, to‘y, kiyim-kechak, taomlar, do‘stlik, yaxshi-yomon, ahil-inoqlik, qarindosh-urug‘chilik, uy va oshxona jihozlari, hayvonot dunyosi, mehnat kabi o‘xshatish etalonlari va lingvomadaniy kodlarga xulosalar berilganligiga doir xulosalardan “Mahalla” telekanalining  “Oltin beshik va ko‘ngil tili”, “So‘z aytgani keldi dunyoga” nomli ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” telekanalining 2023-yil, 2-iyuldagi 01-12-641-son ma’lumotnomasi). Natijada muallif idiolektiga mansub antimaqollar – yangi maqollar borasidagi qarashlarning mukamallashuviga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish