Xalikchaeva Sadokat Ilxomjonovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Soliqqa tortish tizimida soliq bazasini aniqlash tartibini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2014.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01. 
Rasmiy opponentlar: Quzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Jumaev Shuxrat, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: soliqqa tortish tizimida soliq bazasini aniqlash tartibini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘z egaligida ko‘chmas mulk sifatidagi turarjoy obekti mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan mazkur turarjoy obektni oliy ta’lim muassasasi talabasiga yashashi uchun uy-joy ijara shartnomasi asosida foydalanishga berishdan olingan daromadga soliq bazasida “soliqqa tortilmaydigan daromad” sifatida qarash lozimligi asoslangan;
foyda soligʼi bazasini aniqlash maqsadida o‘n ikki oydan ortiq vaqt mobaynida rekonstruksiya qilishda yoki modernizatsiyalashda bo‘lgan aktivdan soliq to‘lovchi tomonidan o‘z faoliyatida foydalanilmagan holatlarda amortizatsiya hisoblashning ushbu rekonstruksiya yoki modernizatsiyalash jarayoni tugallangungacha bo‘lgan davr oraligʼida “vaqtincha to‘xtatib turish” tartibini joriy etish taklifi ishlab chiqilgan;
o‘quv-tarbiya muassasalariga, etim bolalarga yoki ota-ona qaramogʼidan mahrum bo‘lgan bolalarga xayriya yordami ko‘rsatish maqsadida qilingan moddiy xarajatlarini foyda soligʼi bazasida “chegiriladigan xarajatlar” sifatida yondashish taklifi ishlab chiqilgan;
tarkibida etil spirtining ulushi 40 foizdan yuqori bo‘lgan alkogol ichimliklari uchun aksiz soligʼi bazasini aniqlashda mazkur ichimlik tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqib hisoblash taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Soliq tizimida soliq bazasini aniqlash taribini takomillashtirish borasida berilgan takliflar asosida:
o‘z egaligida ko‘chmas mulk sifatidagi turarjoy obekti mavjud bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan mazkur turarjoy obektni oliy ta’lim muassasasi talabasiga yashashi uchun uy-joy ijara shartnomasi asosida foydalanishga berishdan olingan daromadga soliq bazasida “soliqqa tortilmaydigan daromad” sifatida qarash taklifi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʼrisida”gi 2021-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-741-sonli O‘zbekiston Respublikasining qonuni mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 19/10-27981-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan ko‘chmas mulk egalari o‘rtasida uy-joy ijara munosabatlari sezilarli darajada oshgan va 2022-yil davomida “E-ijara” elektron xizmatida hududlar miqyosida ijarada turuvchi talabalarning ijara shartnomalari soni 47730 tani tashkil etib, bu orqali 79989 ta talabani turar-joy bilan ta’minlash imkoniyatini yaratib bergan bo‘lib, ko‘chmas mulk egasi hisoblangan jismoniy shaxslar uchun foydalanilgan soliq imtiyoz miqdori 12798,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
foyda soligʼi bazasini aniqlash maqsadida o‘n ikki oydan ortiq vaqt mobaynida rekonstruksiya qilishda yoki modernizatsiyalashda bo‘lgan aktivdan soliq to‘lovchi tomonidan o‘z faoliyatida foydalanilmagan holatlarda amortizatsiya hisoblashning ushbu rekonstruksiya yoki modernizatsiyalash jarayoni tugallangungacha bo‘lgan davr oraligʼida “vaqtincha to‘xtatib turish” tartibini joriy etish mazmunidagi taklifi 2021-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʼrisida”gi O‘RQ-741-son O‘zbekiston Respublikasining qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 19/10-27981-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yilda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar (36874 ta korxona) foyda soligʼining bazasida amortizatsiya xarajatlari 33480,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, amortizatsiya qilinadigan aktivning hisoblash tartibini belgilash ishlari yanada takomillashishi natijasida 2022-yilda faoliyat ko‘rsatayotgan 41351 ta korxonaning foyda soligʼi bazasida amortizatsiya xarajatlari 46893,3 mlrd. so‘mni tashkil etib, soliq bazasi 13413,2 mlrd. so‘mgacha qisqargan;
o‘quv-tarbiya muassasalariga, etim bolalarga yoki ota-ona qaramogʼidan mahrum bo‘lgan bolalarga xayriya yordami ko‘rsatish maqsadida qilingan moddiy xarajatlarini foyda soligʼi bazasida “chegiriladigan xarajatlar” sifatida yondashish yuzasidan berilgan taklif 2021-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʼrisida”gi O‘RQ-741-son O‘zbekiston Respublikasining qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 19/10-27981-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida ushbu soliq turi bazasini aniqlash tartibi yanada takomillashgan va 2021-yilda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar foyda soligʼi bazasida 1 452,7 mlrd. so‘mlik chegiriladigan xarajatlar miqdori 2022-yilga kelib 10 %ga ortib, 1597,7 mlrd. so‘mga etgan;
tarkibida etil spirtining ulushi 40 foizdan yuqori bo‘lgan alkogol ichimliklari uchun aksiz soligʼi bazasini aniqlashda mazkur ichimlik tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqib hisoblash haqida berilgan taklif 2022-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘gʼrisida”gi O‘RQ-812-son O‘zbekiston Respublikasining qonunida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq Qo‘mitasining 2023-yil 9-martdagi 19/10-27981-son ma’lumotnomasi). Bu taklif amaliyotga joriy etilishi natijasida, aksiz soligʼi bazasini aniqlash mexanizmini yanada takomillashtirilishiga erishilgan va 2022-2023 yillarning yanvar-iyun oylarini mos ravishda taqqoslanganda, alkogol mahsulotlaridan to‘langan jami aksiz soligʼi summasiga nisbatan etil spirtining ulushidan undirilgan soliq miqdori 6 foiz (33,9 mlrd. so‘m) dan 20 foiz (169 mlrd. so‘m) gacha keskin oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish