Usmanov Komil Isroilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
Sinergetik yondashuv asosida nochiziqli dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarini algoritmik sintezlash; 05.01.08 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish ixtisosligi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1429
Ilmiy rahbar: Siddiqov Isomiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, PhD.3/03.06.2023.T.04.03
Rasmiy opponentlar:
Kaipbergenov Botirbek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor;
Iskandarov Zoxid Ergashbaevich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD;
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sinergetik yondashuv asosida nochiziqli dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarini sintezlash modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nochiziqli dinamik ob’ektlarni yuqori samarali boshqarish tizimini yaratish imkonini beruvchi sinergetik yondashuv usullari asosida nostatsionar texnologik jarayonlarning analitik dinamik modellarini qurishning mexanizmi ishlab chiqilgan;
o‘z-o‘zini tashkil etish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqarish qonunlarini yaratish imkonini beruvchi agregirlangan rostlagichlarni analitik konstruksiyalashning sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
texnologik jarayonlarni agregirlangan rostlagichlarni analitik konstruksiyalash usuli asosida sinergetik boshqarish qonuniyatlarini yaratishga imkon beruvchi boshqarish tizimini sintezlash algoritmlari ishlab chiqilgan;
dizel yoqilg‘isini gidrotozalash jarayonining texnologik parametrlarining o‘zgaruvchanligini hisobga olgan xolda jarayonning barqarorligini ta’minlash imkonini beruvchi sinergetik boshqarish tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Sinergetik yondashuv asosida nochiziqli dinamik ob’ektlarni boshqarish tizimlarini algoritmik sintezlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dizel yoqilg‘isini gidrotozalash jarayonining takomillashgan boshqarish sistemasini tadqiq qilishning sinergetik yondashuv asosida tuzilgan modellari va algoritmlari «Farg‘ona NQIZ» MChJda joriy qilingan («Farg‘ona NQIZ» MChJning 2023 yil 5 maydagi №08-201-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlarni qayta ishlash vaqtini 1,3 % ga kamaytirish hisobiga, jarayonni boshqarishda natijalarni olish va qaror qabul qilishning tezligini 1,5 % ga oshirish imkonini bergan;
dizel yoqilg‘isini gidrotozalash jarayonining texnologik parametrlarini optimal qiymatlarini ta’minlovchi raqamli boshqarish tizimi “Farg‘ona NQIZ”da joriy etilgan (“Farg‘ona NQIZ” MChJning 2023 yil 5 maydagi №08-201-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Farg‘ona NQIZ”da kimyoviy reaktorning harorat rejimini nominal qiymatdan og‘ishi 1,9 % ga kamaytirish imkonini bergan;
sinergetik boshqarish nazariyasi usullarini qo‘llash asosida dizel yoqilg‘isini gidrotozalash jarayonining asosiy boshqariluvchi parametrlarini texnologik reglamentga mos ravishda ushlab turishni ta’minlovchi mikrokontrollerli boshqarish tizimi “Farg‘ona NQIZ”da joriy etilgan (“Farg‘ona NQIZ” MChJning 2023 yil 5 maydagi №08-201-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, vodorod sarfini 0,9 % ga, hamda energiya sarfini 1-2 % ga kamaytirish imkonini bergan.