Raximov Rustamjon G‘ulomjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli strukturalarda ko‘ndalang magnitoqarshilik va elektr o‘tkazuvchanlik ossillyasiyalariga harorat va yorug‘likning ta’siri» 01.04.10 – «Yarimo‘tkazgichlar fizikasi» ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/FM853
Ilmiy rahbar: Erkaboev Ulug‘bek Inayatillaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Namangan muhandislik-qurilish instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.11.2022.FM/T.66.04.
Rasmiy opponentlar: Zaynabidinov Sirojiddin Zaynabidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli tuzilmalarda ko‘ndalang magnitoqarshilik va elektr o‘tkazuvchanlik ossillyasiyalarini yorug‘lik va haroratga bog‘liqligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor, kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli tuzilmalarning elektr o‘tkazuvchanlik ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini hisoblash mumkinligi energetik holatlar zichligining delta-funksiyalarni qatorga yoyish usuli yordamida asoslangan;
hajmiy tor sohali yarimo‘tkazgichlar uchun ko‘ndalang magnitoqarshilik ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligida, uni vertikal bo‘ylab jiddiy siljishiga Varshni metodi orqali hisoblash mumkinligi asoslangan;
ilk bor, magnit maydon induksiyasi bo‘yicha birinchi va ikkinchi tartibli differensial ko‘ndalang magnitoqarshilik ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli tuzilmalar uchun matematik modeli ishlab chiqilgan;
taklif etilayotgan matematik model yordamida, kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichlarning ko‘ndalang magnitoqarshilik va elektro‘tkazuvchanlik ossillyasiyalarini magnit maydon induksiyasi bo‘yicha ikkinchi tartibli differensial tenglamalari topilgan va ularning haroratga bog‘liqligi aniqlangan.
kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli tuzilmalarning Fermi energiyasi ossillyasiyalariga yorug‘likning ta’sirini hisobga olgan holda qorong‘ulik va yorug‘lik holatlardagi ko‘ndalang differensial magnitoqarshilik ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini ifodalovchi yangi analitik ifodalar topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli strukturalarda ko‘ndalang magnitoqarshilik va elektr o‘tkazuvchanlik ossillyasiyalariga harorat va yorug‘likning ta’sirini tadbiq etish natijalari asosida:
kvant o‘rali geterotuzilmali yarimo‘tkazgichlarning ko‘ndalang magnitoqarshilik ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini aniqlovchi model horijiy tadqiqotchilar tomonidan foydalanilgan (halqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Modern Physics Letters B 2023 (Q3, SiteScore:3.5), Vol.37, No.14, 2350035; Physical Review B 2023 (Q1, SiteScore:6.7), Vol.107, Iss.7, 075134; Modern Physics Letters B 2023 (Q3, SiteScore:3.5), Vol.37, No.13, 2350034; Modern Physics Letters B 2023 (Q3, SiteScore:3.5), Vol.37, No.27b 2350114). Natijalarning qo‘llanilishi tashqi omillar ta’siridagi kichik o‘lchovli yarimo‘tkazgichlarning elektr va magnit xossalarini tavsiflash imkonini bergan;
Yorug‘lik va qorong‘ulik sharoitdagi kichik o‘lchamli yarimo‘tkazgichli tuzilmalarda differensial magnitoqarshilik ossillyasiyalarini haroratga bog‘liqligini hisoblashning matematik modeli “Magnitooptikada foydalanish uchun granat tipidagi materiallarni ishlab chiqarish va tavsiflash” amaliy ilmiy loyihasida magnitooptik effekti ossillyasiyalarini aniqlash uchun foydalanilgan (Turkiya davlati Egey universitetining 2023 yil 1 iyundagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish natijasida, loyihadagi kvant o‘rali yarimo‘tkazgichli tuzilmalarning differensial magnitoqarshiligi ossillyasiyalarini qiymati ikki xil tashqi omil sharoitda solishtirilganda 11 foiz ijobiy o‘zgarishga erishilgan.