Qodirov Farrux Ergash o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Hududlarda tibbiy xizmatlarni rivojlantirishni ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2167.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xolmurotov Fozil Saribaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarda tibbiy xizmatlar sohalarini rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda ekonometrik model va usullarni qo‘llab, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini takomillashtirilgan modellashtirish bo‘yicha umumnazariy xulosalar va takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tibbiy xizmatlar ko‘rsatish narxiga turli omillar ta’sirini baholashda imitatsion modellashtirish jarayonini tasvirlash orqali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish xodimlarining standart ish yuki va standart xarajatlar xajmini kamaytirish hamda daromadlarini oshirish taklif etilgan;
hududni tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi davlat va xususiy sog‘liqni saqlash muassasalarining foliyatini aholi talabini o‘rganish bo‘yicha quyi (Qd =0,487), o‘rta (Qd =0,598) va yuqori (Qd =0,70) xizmat sifati darajasining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda hududda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish rivojlanishining beqaror (𝜇 < 0,6 va 1,1 ≤ 𝜇), past darajadagi barqarorlik (0,4 ≤ 𝜇 < 0,6 va 0,9 ≤ 𝜇 < 1,1), yuqori darajadagi barqarorlik (0,9 ≤ 𝜇 < 1,1) qiymatlarida baholashning maqsadga muvofiqligi taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyati tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini barqaror rivojlantirish istiqbollarini belgilash va tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashning ko‘p omilli ekonometrik tahlillar asosida o‘rta muddatli 2023-2027-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari hisoblab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qashqadaryo viloyati hududida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatishni ekonometrik modellashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar xamda uslubiy va amaliy takliflar asosida:
tibbiy xizmatlar ko‘rsatish narxiga turli omillar ta’sirini baholashda imitatsiya modellashtirish jarayonini tasvirlash orqali tibbiy xizmatlar ko‘rsatish xodimlarining standart ish yuki va standart xarajatlar xajmini kamaytirish hamda daromadlarini oshirilish bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2023-yil 10-martdagi “Viloyat aholisini sog‘ligini saqlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 11-4-0-F/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligi 2023-yil 16-oktyabr 05/4666-son, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2022- yil 15-dekabrdagi a/294-son, Qashqadaryo viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2022-yil 29-noyabrdagi 02-7/1764-son hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi Qarshi mintaqaviy filialining 2022-yil 30-noyabrdagi 73-son ma’lumotnomalari). Natijada, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlari vazifalari va vakolatlari doirasida aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish xajmi, aholining xizmatlarga talablari bo‘yicha ma’lumotlar raqamlashtirilgan holda qayta ishlanib, to‘plangan ma’lumotlar asosida aniq bir tibbiy xulosaga kelishga hamda kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha tibbiyot muassasalariga yo‘llanmalar berilishiga erishish imkoniyatlari kengaytirilgan;
hududni tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi davlat va xususiy sog‘liqni saqlash muassasalarining foliyatini aholi talabini o‘rganish bo‘yicha quyi (Qd =0,487), o‘rta (Qd =0,598) va yuqori (Qd =0,70) xizmat sifati darajasi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2023-yil 10-martdagi “Viloyat aholisini sog‘ligini saqlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 11-4-0-F/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligi 2023-yil 16-oktyabr 05/4666-son, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2022-yil 15-dekabrdagi a/294-son ma’lumotnomalari). Natijada xususiy va davlat tasarrufidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatish obektlarining aniq moliyaviy natijalarga erishishiga va ularni to‘g‘ri taqsimlashga erishish, muassasasalarda olingan daromadning tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlarni rag‘batlantirish va tibbiy asbob–uskunalar uchun ishlatishning qo‘shimcha moliyaviy imkoniyatlarining kengaytirilishiga xizmat qilgan;
tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishda hududda tibbiy xizmatlar ko‘rsatish rivojlanishining beqaror (𝜇 < 0,6 va 1,1 ≤ 𝜇), past darajadagi barqarorlik (0,4 ≤ 𝜇 < 0,6 va 0,9 ≤ 𝜇 < 1,1), yuqori darajadagi barqarorlik (0,9 ≤ 𝜇 < 1,1) qiymatlarida baholash bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2023-yil 10-martdagi “Viloyat aholisini sog‘ligini saqlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 11-4-0-F/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligi 2023-yil 16-oktyabr 05/4666-son, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2022-yil 15-dekabrdagi a/294-son hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2022-yil 29-noyabrdagi 02-7/1764-son ma’lumotnomalari). Natijada aholiga pullik tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini yanada oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini barqaror rivojlantirish istiqbollarini belgilash va tibbiy xizmatlar ko‘rsatishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashning ko‘p omilli ekonometrik tahlillar asosida o‘rta muddatli 2023-2027-yillar uchun prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimining 2023-yil 10-martdagi “Viloyat aholisini sog‘ligini saqlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 11-4-0-F/23-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligi 2023-yil 16-oktyabr 05/4666-son hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazining 2022-yil 15-dekabrdagi a/294-son ma’lumotnomalari). Natijada tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi muassasalar hamda davlat va nodavlat tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, xususiy tibbiy muassasalarda aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishini rivojlantirish va takomillashtirishning qo‘shimcha tibbiy-iqtisodiy imkoniyatlari ochib berilishiga xizmat qilgan.