Axrorova Shahlo Botirovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “I tip qandli diabetdagi diabetik polinevropatiya rivojlanishida immun buzilishlar va genetik omillar” 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2021.2.DSc/Tib563.
Ilmiy raxbar: Xaydarov Nodirjon Kadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti DSc 04/30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Alikulova Nigora Abdukadirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximbaeva Gulnara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Ispaniya Navarra davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: I tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik polinevropatiya rivojlanishining klinik va neyrofiziologik kechish xususiyatlari, genetik omillari va immun buzilishlarining rolini o‘rganish va olingan natijalarga asoslanib erta tashhislash chora tadbirlari tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Diabetik polineyropatiyaning subklinik bosqichini erta tashxislashda bemorning shikoyati va klinik nevrologik tekshirish usullariga nisbatan ahamiyatli usul elektroneyromiografik  ko‘rsatgichlar natijasi ekanligi isbotlangan;
Diabetik polineyropatiyani subklinik bosqichida erta tashhislash, harakat va sezgi tolalari holatini stimulyasion elektroneyromiografik tekshirish ko‘rsatgichlariga tayanib bashoratlash mumkinligi aniqlangan; 
I tip qandli diabet bilan kasallangan o‘zbek millatiga mansub bemorlarda SOD2 genining Ala16Val  polimorf marker allellari Ala, genotip Ala/Ala diabetik polineyropatiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, allel Val, genotip Ala/Val hamda Val/Val assotsiatsiyasi diabetik polineyropatiya rivojlanishini yuzaga keltiruvchi omil ekanligi aniqlangan; 
I tip qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida hujayra va gumoral immunitetning disbalansi kuzatilishi isbotlangan hamda diabetik polineyropatiyaning og‘ir klinik bosqichida leykotsitlarning fagotsitar faolligi pasayishi va ularning stimulyasiyasida etarli faollik kuzatilmaganligi bemorlarda hujayraviy immunitet holati zaiflashishini aniqlash asoslangan. 
I tip qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida immunologik status o‘zgarishi, neyrofiziologik ko‘rsatgichlar va genetik moyillikka asoslanib erta tashhislash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 8 noyabrdagi №23-Z/074 - son xulosasiga ko‘ra: 
birinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiyaning subklinik bosqichini erta tashxislashda bemorning shikoyati va klinik nevrologik tekshirish usullariga qaraganda,  ahamiyatli usul elektroneyromiografik  ko‘rsatgichlar natijasi ekanligi isbotlangan.  Diabetik polineyropatiyada harakat va sezgi tolalari zararlanishini erta tashhislashda pastki muchalar periferik nervlarining neyrofiziologik ko‘rsatgichlari yuqori ahamiyatga ega ekanligi I tip qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda elektroneyromiografiya tekshirish  usuli diabetik polineyropatiya rivojlanishining subklinik bosqichida aniqlash imkonini bergan. Xulosa: I tip qandli diabetdagi diabetik polineyropatiya  rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 1 458 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 672 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « I tip qandli diabetdagi diabetik polinevropatiya rivojlanishida immun buzilishlar va genetik omillar» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 30 oktyabrdagi 04-6782-son xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: diabetik polineyropatiyada harakat va sezgi tolalari holatini n. suralis, n.peroneus va n.tibialis ning stimulyasion elektroneyromiografik ko‘rsatgichlari: qo‘zg‘alish tarqalish tezligi, motor javob amplitudasi, sensor javob amplitudasi o‘zgarishi ko‘rsatgichlariga tayanib baholash, kasallik subklinik bosqichida nerv zararlanish darajasini aniqlash va diabetik polineyropatiya rivojlanishini bashoratlash mumkinligi aniqlangan. Xulosa: I tip qandli diabetdagi diabetik polineyropatiya  rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 1 458 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 672 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « I tip qandli diabetdagi diabetik polinevropatiya rivojlanishida immun buzilishlar va genetik omillar» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 30 oktyabrdagi 04-6782-son xat yuborilgan. 
uchinchi ilmiy yangilik: o‘zbek millatida genetik tadqiqotlar asosida I tip qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda DPN ning erta rivojlanishi yoki uning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi genetik moyillik borligi aniqlangan. I tip qandli diabet bilan kasallangan o‘zbek millatiga mansub bemorlarda SOD2 genining Ala16Val  polimorf marker allellari Ala, genotip Ala/Ala diabetik polineyropatiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi, allel Val, genotip Ala/Val hamda Val/Val assotsiatsiyasi diabetik polineyropatiya rivojlanishini yuzaga keltiruvchi omil ekanligini bashoratlash orqali DPN erta tashhislash mumkinligi aniqlangan. Xulosa: I tip qandli diabetdagi diabetik polineyropatiya rivojlanishini erta aniqlash orqali 1 nafar bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 2 358 000 so‘m  iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga 42% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati  darajasi oshgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « I tip qandli diabetdagi diabetik polinevropatiya rivojlanishida immun buzilishlar va genetik omillar» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 30 oktyabrdagi 04-6782-son xat yuborilgan. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: I tip qandli diabetdagi diabetik polineyropatiyada mielinning asosiy oqsiliga  nisbatan autoantitela darajasining o‘zgarishi, asoratning nafaqat kasallik davomiyligi va qondagi qand miqdori dekompensatsiyasiga, balki nerv tolalarida rivojlanadigan demielinizatsiya holati autoimmun xarakterga ega ekanligi isbotlangan. I tip qandli diabetdagi diabetik polineyropatiya kuzatilgan bemorlarning qon zardobida Ig M, Ig G miqdorining oshganligi mielinning asosiy oqsiliga nisbatan autoantitelalar darajasi yuqoriligidan dalolat bergan. Bunday natija diabetik polineyropatiya rivojlanishida autoimmun jarayon muhim ekanligini hisobga olish davo taktikasini tanlash imkonini bergan. Xulosa: I tip qandli diabetdagi diabetik polineyropatiya  rivojlanishida autoimmun jarayonni hisobga olgan holda davo usullarini tanlash ambulator va statsionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 1 250 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa  400 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « I tip qandli diabetdagi diabetik polinevropatiya rivojlanishida immun buzilishlar va genetik omillar» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 30 oktyabrdagi 04-6782-son xat yuborilgan. 
beshinchi ilmiy yangilik: I tip qandli diabetda kuzatiladigan diabetik polineyropatiya rivojlanishida hujayra va gumoral immunitetning disbalansi kuzatilishi isbotlangan hamda diabetik polineyropatiyaning og‘ir klinik bosqichida leykotsitlarning fagotsitar faolligi pasayishi va ularning stimulyasiyasida etarli faollik kuzatilmaganligi bemorlarda hujayraviy immunitet holati zaiflashishini aniqlash imkonini bergan va diabetik polineyropatiya rivojlanishida kasallikning boshlang‘ich davrlarida limfotsitlar, T helperlar, T killerlar miqdori va immunoregulyar indeks darajasi balandligi immun faollik oshishi va kasallikning kechki klinik bosqichlarida hujayra immuniteti zahiralari kamayishi diabetik polineyropatiya rivojlanishiga to‘g‘ri baho berish imkonini yaratgan. Xulosa: I tip qandli diabetdagi diabetik polineyropatiya  rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida  tashxislash natijasida sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har 1 nafar bemor uchun byudjet hisobidan 1 458 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 672 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: « I tip qandli diabetdagi diabetik polinevropatiya rivojlanishida immun buzilishlar va genetik omillar» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashi raisiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2023 yil 30 oktyabrdagi 04-6782-son xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish