Ilxamov Shavkat Islamovichning

fan  doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki nazorat tizimini baholash metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSs/Iqt126.

Ilmiy maslahatchi: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qurbanov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismanov Ibroxim Nabievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: auditorlik tekshiruvlari jarayonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

buxgalteriya hisobi sub’ekti ichki nazoratni tashkil etishi va uni amalga oshirishning samaradorligi, aktivlarning but saqlanishini ta’minlash, talon-toroj qilish holatlari va xatoliklarning oldini olish borasida mas’uliyati va javobgarligini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha takliflar asoslangan;

auditor ichki nazorat tizimi, uning moliyaviy hisobot ishonchliligini ta’minlanishi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining xususiyatiga muvofiqligi yoki ichki nazorat tizimining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining ko‘lami va xususiyatiga ahamiyatli nomuvofiqliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni auditorlik hisobotining tahliliy qismida aks ettirilishi taklif etilgan;

auditorlik tashkiloti, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti barcha muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy natijalarini haqqoniyligi to‘g‘risida fikr bildirishi uchun muhimlilik darajasi qiymatini aniqlash, uning auditorlik riskiga ta’sirini baholash va auditorlik xulosasida aks ettirilishi asoslangan;

ichki audit xizmati korxonaning ijroiya organi tomonidan buxgalteriya hisobida va moliyaviy hisobotlarda ma’lumotlarning to‘liq hamda ishonchli tarzda aks ettirilishi ta’minlanishini, xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirilishining belgilangan qoidalariga rioya etilishini tekshirish hamda monitoring olib borish orqali korxona ijroiya organi ishini nazorat qilish tizimini joriy etish asosida takomillashgan nazariy-uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;

auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki nazorat tizimi va ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini tahlil qilish, moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni ishonchliligini tekshirish, nazorat qilish va samarali amalga oshirilganligini baholash bo‘yicha ilmiy takliflar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki nazorat tizimini baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:

buxgalteriya hisobi sub’ekti auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazilishini ta’minlovchi ichki nazorat tizimi faoliyatini tashkil etish, amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha mas’uliyatni normativ-huquqiy hujjat asosida tartibga solishga oid nazariy-uslubiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunining (2016 yil 13 aprel`) 21-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 6 fevraldagi 04/3-06-10-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki nazorat tizimini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;

auditor ichki nazorat tizimi, uning moliyaviy hisobot ishonchliligini ta’minlashi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining xususiyatiga muvofiqligi yoki nomuvofiqliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni auditorlik hisobotining tahliliy qismida aks ettirilishi bo‘yicha takliflar asosida Moliya vazirligining (2016 yil 9 noyabr`, 85-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan 70-son “Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi” nomli auditorlik faoliyatining milliy standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2017 yil 29 noyabrdagi KA17-02-35/639-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish auditorlik tekshiruvlarini sifatli o‘tkazilishini hamda auditorlik tashkilotlarining auditorlik hisoboti va auditorlik xulosalari uchun mas’uliyatini oshirishga hamda auditorlik faoliyatini tartibga solish uchun xizmat qilgan;

auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti bo‘yicha muhimlilik darajasining auditorlik riskiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha takliflar Moliya vazirligining (2016 yil 9 noyabr`, 85-son) buyrug‘i bilan tasdiqlangan 70-son «Moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi» nomli auditorlik faoliyatining milliy standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Moliya vazirligining 2017 yil 29 noyabrdagi KA 17-02-35/639-son ma’lumotnomasi) hamda auditorlik tashkilotlarining amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2017 yil 30 yanvardagi 16-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish auditorlik tekshiruvlari sifatini muayyan darajada ta’minlashga, auditorlik riskining kamayishiga, auditni malakali olib borilganligini isbotlash va auditorlarning javobgarlik darajasini aniq belgilab berishga xizmat qilgan. Buning natijasida auditorlik riski 20%ga kamaygan va auditorlar tomonidan yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik chegarasi riskka mos ravishda 20%ga ko‘tarilgan;

ichki audit xizmati funksiyalarining davlat tomonidan tartibga solish borasidagi yondashuv asosida O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 108-moddasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2018 yil 6 fevraldagi 04/3-06-10-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish aksiyadorlik jamiyatlarida ichki audit xizmatini samarali tashkil etish va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilishga xizmat qilgan;

auditorlik tekshiruvlari jarayonida ichki nazorat tizimi va ichki audit xizmati faoliyati samaradorligini tahlil qilish, moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni ishonchliligini tekshirish, nazorat qilish va samarali amalga oshirilganligini baholash bo‘yicha ilmiy takliflardan IOT-2016-1-89 raqamli innovatsion loyihani bajarishda foydalanilgan hamda oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishida «Audit» va «Iqtisodiy tahlil va audit» fanlaridan darsliklarga kiritilgan (OO‘MTVning 2018 yil 27 fevraldagi 89-03-883-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning loyihani bajarishda qo‘llanilishi audit jarayonida ichki nazorat tizimini baholash hamda ichki audit metodologiyasini takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish