Tog‘aev Toxir Ro‘zievichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi    himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tirsak bo‘g‘imining jaroxatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolash, 
14.00.22-Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib456.
Ilmiy maslaxatchi: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01
Rasmiy opponentlar: Urinbaev Payzulla Urinbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xo‘janazarov Ilxom Eshqulovich, tibbiyot fanlari doktori; Nishanov Doniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti (O‘zbekiston Respublikasi). 
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalari  bo‘lgan bemorlarni, reabilitatsiya texnologiyasini ishlab chiqish orqali kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarida elkaning antogonist mushaklari va paraartikulyar yumshoq to‘qimalarining elastikligini  tiklash va bir maromda ishlash imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqilgan hamda bo‘g‘imning ekssentrik harakatini amalga oshirish  va bir vaqtning o‘zida funksional xolatini tiklash samarasi isbotlangan;
tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarida bilakning aylanma xarakatlari amplitudasi burchagini o‘lchash uchun rotatometr ishlab chiqilgan, bunda bilak supinatsion-pronatsion xarakatlarini jaroxatdan keyin chegaralanishida qurilma xarakat xajmi  o‘lchovlarini aniq ko‘rsatish asoslangan;
tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks tashhislash va davolash taktikasi bemorlarda bo‘g‘im elementlarining  anatomik  va struktura o‘zgarishlariga asoslangan holda  aniq davolash usulini individual tanlash hamda bo‘g‘im funksional harakatini  erta tiklash imkoniyatlarini berishi isbotlangan;
gistologik tadqiqotlar asosida mexanoterapiya o‘tkazish davomida tirsak bo‘g‘imida ekssentrik harakatni amalga oshirish natijasida uch boshli mushak-payi va ikki boshli mushak-payining distal qismi tolalari sarkoplazmasida oqsil massasining ko‘payishi va miofibrillalarning qalinlashishi, ikki boshli va uch boshli mushak va paylarining suyakka birikish sohasida biriktiruvchi to‘qima tolalari zichlashishi va cho‘zilishi aniqlangan;
eksperimental quyonlarning tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarida funksional shina yordamida bo‘g‘imning xarakatini tiklash davomida elkaning antogonist mushak-pay tolalarini faolligini oshishi, bo‘g‘imning funksional harakatini tiklash imkoniyatini oshirishi isbotlangan;
quyonlarda o‘tkazilgan eksperimental va morfologik tekshiruvlarda tirsak bo‘g‘imining jarohati natijasida elkaning antagonist mushak-paylarida kuchlanish, cho‘zilish-siqilish funksional holatining izdan chiqishidagi patologik o‘zgarishlari tirsak bo‘g‘imi kontrakturalarining rivojlanishida asosiy “dominant” ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 29 avgustdagi 03/17-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash vazirligiga Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazining 2021 yil 25 oktyabrdagi 03/932 va 03/932 n-son xati yuborilgan):
birinchi ilmiy yangilik: tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarida elkaning antogonist mushaklari va paraartikulyar yumshoq to‘qimalarining elastikligini  tiklash va bir maromda ishlash imkonini beruvchi qurilma ishlab chiqilgan xamda bo‘g‘imning ekssentrik harakatini amalga oshirish  va bir vaqtning o‘zida funksional xolatini tiklash samarasi isbotlangan, tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi,  Toshkent viloyati (03.25.2021.;№38), va Surxondaryo 03.27.2021.; №74 T.) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalarida  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi  kontrakturalarida, bo‘g‘imlarning harakatini tiklash uchun qurilmani kompleks usulda qo‘llash, bo‘g‘imning funksional  harakatini to‘liq tiklashga yordam beradi va davolash muolajasini olib borishda  bemorlarning «sog‘ayish» dominantiga aylanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) elektromexanoterapiya jarayonida tibbiyot xodimlari vaqtini  tejab qolishiga erishildi; 2) elektromexanoterapiya o‘tkazilishi 1 nafar bemor uchun sarflanadigan davlat byudjeti mablag‘larining tejalishiga olib keldi. Xulosa:Tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda elektromexanoterapiya usulida  davolashda 1 nafar bemor uchun 2782000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. 
ikkinchi ilmiy yangilik: tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarida bilakning aylanma xarakatlari amplitudasi burchagini o‘lchash uchun rotatometr ishlab chiqilgan, bunda bilak supinatsion-pronatsion xarakatlarini  posttravmatik chegaralanishida qurilma xarakat xajmi  o‘lchovlarini aniq ko‘rsatish imkonini bergan, tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi,  Toshkent (03.25.2021.;№38), va Surxondaryo (03.27.2021.; №74T.) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalarida  amaliyotga joriy etilgan.  Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bilakning o‘z o‘qi atrofida xarakatlanishini aniqlash uchun   ishlab chiqilgan rotatometr, bemorlarda kontraktura darajasini aniqlashga yordam beradi, davolashdan oldin va keyingi xolatni taqqoslash va davolashning yaqin va uzoq natijalarini asoslashga xizmat qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tirsak bo‘g‘imining jaroxatdan keyingi kontrakturalarida bilakning o‘z o‘qi atrofida xarakatlanishini aniqlash uchun   ishlab chiqilgan rotatometr xorijda ishlab chiqarilgan moslama bilan taqqoslanganda 1650000 so‘m arzonga tayyor  bo‘ldi. Xulosa: Bu esa davolanish davri davomida bemor uchun 3350000 so‘m mablag‘ni tejab qolish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks tashhislash va davolash taktikasi bemorlarda bo‘g‘im elementlarining  anatomik  va struktura o‘zgarishlariga asoslangan holda  aniq davolash usulini individual tanlash hamda bo‘g‘im funksional harakatini  erta tiklash imkoniyatlarini berishi isbotlangan, tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi,  Toshkent viloyati (03.25.2021.;№38), va Surxondaryo 03.27.2021.; №74 T.) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalarida  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorning tirsak bo‘g‘imi kontrakturasi darajasi va struktural o‘zgarishlariga asoslangan xolda davolash taktikasini har bir bemor uchun individual tanlash kompleks davolashdan oldingi, erta va kechki muddatlarda olingan natijalarni taxlil qilish va o‘zaro solishtirish orqali davolashning ijobiy natijalarini oshirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tirsak bo‘g‘imining jaroxatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda ishlab chiqilgan kompleks tashxislash va davolash taktikasi bemorlarning poliklinika yoki statsionar sharoitlarda qisqa muddatda tashxislash va davolashdan oldingi va keyingi natijalarni solishtirish imkonini berdi. Tirsak bo‘g‘imining jaroxatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda ishlab chiqilgan kompleks tashxislash va davolash taktikasi bo‘yicha davolash muolajasi olib borilsa iqtisodiy samaradorlik quyidagi ko‘rsatkichda bo‘ladi: 1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 5 kundan 12 kungacha qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 2065000 so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 295000 so‘mni tashkil qiladi); agarda 1 nafar bemor klinikada davolanish mobaynida EMA dan foydalanishni o‘rganib, uy sharoitda  davolanishdan keyingi olingan iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemor uchun 2782000 tashkil qilishi davlat uchun iqtisodiy samarani berdi. 2) yuqoridagi ko‘rsatmalar bo‘yicha davolangan bemorlarning erta reabilitatsiyasini boshlash ularning keyinchalik nogironlik sabablarini bartaraf etish imkonini beradi. Xulosa: Ishlab chiqilgan tashxislash va davo usulini tanlash taktikasi tirsak bo‘g‘imining jaroxatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davo-choralarini ilmiy asoslangan ravishda tanlash imkonini yaratdi. Tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda ishlab  chiqilgan taktikani amaliyotda qo‘llash uzoq muddatli davolashni tahlil qilish natijalariga ko‘ra 93,39% holatda samarali bo‘ldi va  89,8% bemorlarda olingan natijalar doimiy va   turg‘un bo‘ldi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: gistologik tadqiqotlar asosida mexanoterapiya o‘tkazish davomida tirsak bo‘g‘imida ekssentrik harakatni amalga oshirish natijasida elkaning distal qismi uch boshli mushak-payi va bilakning proksimal qismi ikki boshli mushak-payining distal qismi tolalari sarkoplazmasida oqsil massasining ko‘payishi va miofibrillalarning qalinlashishi, ikki boshli va uch boshli mushak va paylarining suyakka birikish sohasida biriktiruvchi to‘qima tolalari zichlashishi va cho‘zilishi aniqlangan va olingan natijalar asosida amaliyotda tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda elektromexanoterapiyadan keyin bo‘g‘imning morfologik va funksional xolatini tiklash samarasi isbotlangan, tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi,  Toshkent viloyati (03.25.2021.;№38), va Surxondaryo 03.27.2021.; №74T) viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalarida  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimentda olingan natijalar asosida, bemorlarning tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi  kontrakturalarida, bo‘g‘imlarning harakatini tiklash uchun qurilmani kompleks usulda qo‘llash, bo‘g‘imning funksional  harakatini to‘liq tiklashga yordam beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) elektromexanoterapiya jarayonida tibbiyot xodimlari vaqtini  tejab qolishiga erishildi; 2) elektromexanoterapiya o‘tkazilishi 1 nafar bemor uchun sarflanadigan davlat byudjeti mablag‘larining tejalishiga olib keldi. Xulosa: Tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda elektromexanoterapiya usulida  davolashda 1 nafar bemor uchun 2782000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. 
beshinchi ilmiy yangilik: eksperimental quyonlar tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarida funksional shina yordamida bo‘g‘imning xarakatini tiklash davomida elkaning antagonist mushak-pay tolalarini faolligini oshishi, bo‘g‘imning funksional harakatini tiklash imkoniyatini oshirishi isbotlangan va olingan natijalar asosida amaliyotda tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda elektromexanoterapiyadan keyin bo‘g‘imning funksional xolatini tiklash samarasi isbotlangan, tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi,  Toshkent (03.25.2021.;№38) va Surxondaryo (03.27.2021.; №74T) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalarida  amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimentda olingan natijalar asosida tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi  kontrakturalarida bo‘g‘imlarning harakatini tiklash uchun qurilmani kompleks usulda qo‘llash tirsak bo‘g‘imlari funksiyasini to‘liq tiklash imkoniyati tufayli qoniqarsiz natijalar ulushini 92,73%gacha kamaytirishga; statsionar davo muddatining qisqarishi, reabilitatsiya muddatlarining kamayishi,  83,9% xollarda yaxshi natijalar olishga, davolash samaradorligini oshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: eksperimentda, quyonlarning, tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi  kontrakturalarida kuzatilgan elkaning antogonist mushak-paylari va paraartikulyar yumshoq to‘qimalarining elastikligi va funksional holatini tiklash uchun  mexanoterapiya o‘tkazilgandan keyingi ijobiy xulosalar va olingan natijalar klinik amaliyotga tadbiq qilinib kompleks davolash muolajasi olib borilsa iqtisodiy samaradorlik quyidagi ko‘rsatkichda bo‘ladi:1) bemorning shifoxonada qolish muddatini 5 kundan 12 kungacha    qisqartirib, shifoxonada    qolish    to‘lov miqdori taxminan 2065000 
so‘mga kamaytirdi (shifoxonada 1 kun qolish 295000 so‘mni tashkil qiladi);- agarda 1 nafar bemor davolanish uchun klinikaga murojaat qilib, davolanish mobaynida elektromexanik apparatdan  foydalanishni o‘rganib, uy sharoitda  davolanishdan keyingi olingan iqtisodiy samaradorlik bir nafar bemor uchun 2782000 tashkil qilishi davlat uchun iqtisodiy samarani beradi. Xulosa: eksperimental tekshiruvidan keyingi olingan natijalar klinik amaliyotga tadbiq qilinib, kompleks davolashda  elektromexanoterapiya usuli qo‘llanilganda 1 nafar bemor uchun 2782000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini beradi. 
oltinchi ilmiy yangilik: quyonlarda o‘tkazilgan eksperimental va morfologik tekshiruvlarda, tirsak bo‘g‘imining jarohati natijasida elkaning antagonist mushak-paylarida kuchlanish, cho‘zilish-siqilish funksional holatining izdan chiqishidagi patologik o‘zgarishlar, tirsak bo‘g‘imi kontrakturalarining rivojlanishida asosiy «dominant» ekanligi isbotlangan, tadqiqot natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy markazi,  Toshkent (03.25.2021.;№38) va Surxondaryo (03.27.2021.; №74T) viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikalari  amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tirsak bo‘g‘imining jaroxatdan keyingi kontrakturalarida elkaning antagonist mushaklari va paraartikulyar yumshoq to‘qimalarining elastikligini  tiklash va bo‘g‘imning ekssentrik harakatini amalga oshirish  xamda bir vaqtning o‘zida funksional xolatini tiklash   orqali reabilitatsiya sifatini oshirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat (1 nafar bemor hisobiga): tirsak bo‘g‘imining jaroxatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda elektromexanoterapiyaning qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1493000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 1243000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: Tirsak bo‘g‘imining jarohatdan keyingi kontrakturalarini kompleks davolashda elektromexanoterapiya usulida  davolashda 1 nafar bemor uchun 2782000 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish