Madieva Madina Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Brendlarning nominativ funksiyasi va lingvomadaniy aspekti”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2699.
Ilmiy rahbar: Teshabaeva Dilfuza Mo‘minovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.l32.01.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaeva Durdona Esonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Rasulov Ilxom Inamovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi brend nomlarining nominativ funksiyasida nomlovchi til birliklari lingvomadaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
brendlarning klassifikatsiyasi va ularning nominativ funksiyasi lisoniy vositalarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqligi, bu jarayonda kompaniya, ishlab chiqarish korxonalari, mehmonxona, oziq-ovqat mahsulotlari, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, kiyim-kechak mahsulotlari, ommaviy axborot vositalari nomlari har bir xalqning milliy-mental fenomenlari, ma’naviy qadriyatlari, milliy tafakkuri va hayot tarzi asosida shakllanishi isbotlangan;
har uchchala tilda «brend tasviri»ning lingvomadaniy aspektda tadqiqi milliy-madaniy belgilar, ramzlar, diniy e’tiqod va qadriyatlarni aks ettiruvchi konseptlar vositasida yuzaga kelishi hamda brendlarning lingvistik maqomi va tasnifining ekstralingvistik jihatlari pragmatik, ekspressiv, baholovchi omillarga asoslanishi, «sifat – iqtisodiyot – baho» tasnifi esa nominatsiya hodisasiga milliy-madaniy mazmun kasb etishi dalillangan;
brendlarning derivasion va struktur xususiyatlari hamda semantik ma’nosi morfemik elementdan tortib tub, yasama, qorishma, murakkab so‘z birikmasigacha bo‘lgan shakllarni o‘z ichiga olishi, sodda terminlarning affiksatsiya usulida yasalishining sermahsulligi leksik birliklarni yasovchi vositalarning aglyutinativlik xususiyatidan kelib chiqishi aniqlangan;
mahsulot yoki xizmatning insonlar ongida idrok etishi, olamning lisoniy manzarasida brendlarning birlamchi va boshlang‘ich nominatsiyalarining namoyon bo‘lishi, shuningdek, ma’lum bir imidj nomlarining yaratilish asosi – sof lingvistik va ijtimoiy-madaniy omillar ta’sirida shakllangan fitonim, toponim, antroponim, zoonimlar kabi til birliklaridan tarkib topishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Brend nomlarining shakllanishi, derivatsion, leksik, sintaktik va lingvomadaniy xususiyatlari tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
brendlarning klassifikatsiyasi va ularning nominativ funksiyasi lisoniy vositalarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liqligi, bu jarayonda kompaniya, ishlab chiqarish korxonalari, mehmonxona, oziq-ovqat mahsulotlari, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, kiyim-kechak mahsulotlari, ommaviy axborot vositalari nomlari har bir xalqning milliy-mental fenomenlari, ma’naviy qadriyatlari, milliy tafakkuri va hayot tarzi asosida shakllanishi kabi ilmiy xulosalaridan Evropa Ittifoqining Erasmus + dasturi doirasidagi “617309-EPP-1-2020-1-SK-EPPKA2-CBHE-JP “TRIGGER: Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro loyihasida foydalanilgan (Termiz davlat universitetining 2022-yil 16-dekabrdagi 06/12-6036-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan 6030100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz filologiyasi) ta’lim yo‘nalishining tanlov fanlari blokiga kiritilgan “Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari” fanining o‘quv dasturi va sillabusi ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan, ushbu o‘quv adabiyotlari talabalarning shaxsiy brendini yaratish va ularni nomlanish haqidagi bilimlarini yanada oshishiga xizmat qilgan;
brendlarning derivasion va struktur xususiyatlari hamda semantik ma’nosi morfemik elementdan tortib tub, yasama, qorishma, murakkab so‘z birikmasigacha bo‘lgan shakllarni o‘z ichiga olishi, sodda terminlarning affiksatsiya usulida yasalishining sermahsulligi leksik birliklarni yasovchi vositalarning aglyutinativlik xususiyatidan kelib chiqishi haqidagi nazariy xulosalardan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532-raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” nomli fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 12- dekabrdagi 363-son ma’lumotnomasi). Natijada brendlar nominatsiyasida o‘zbek va qoraqalpoq tillari derivatsion xususiyatlari qiyosiy o‘rganilishiga erishilgan;
mahsulot yoki xizmatning insonlar ongida idrok etishi, olamning lisoniy manzarasida brendlarning birlamchi va boshlang‘ich nominatsiyalarining namoyon bo‘lishi, shuningdek, ma’lum bir imidj nomlarining yaratilish asosi – sof lingvistik va ijtimoiy-madaniy omillar ta’sirida shakllangan fitonim, toponim, antroponim, zoonimlar kabi til birliklaridan tarkib topishi kabi nazariy ma’lumotlardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzurida 2020-2022-yillardagi Davlat ilmiy-texnika doirasida bajarilgan FZ-2019062034 “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 10-martdagi 24/105-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida o‘zbek tilini o‘rganuvchi chet tilida so‘zlashuvchilarga mo‘ljallanib yaratilgan manbalar o‘zbek tilida ijobiy ma’noga ega bo‘lgan milliy brendlar, fitonim, toponim, antroponim, zoonim to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.