Madreymov Berik Djalgasbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Borsa-Kelmes botig‘i paleoliti zamonaviy tadqiqotlarda (Esen-2 va Qoraquduq 1-3 toshga ishlov berish ustaxonalari materiallari asosida)”, 07.00.06–Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tar965.
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Baxtiyor Qurbonovich, tarix fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Milliy arxeologiya markazi, DSc.02/02.30.12.2019.Tar.45.01.
Rasmiy opponentlar: Suleymanov Rustam Xamidovich, tarix fanlari doktori, professor; Mirsoatova Sayyora Turg‘unovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Xorazm Ma’mun akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 80-yillarida ochib o‘rganilgan Borsa-Kelmes botig‘i toshga ishlov berish ustaxonalari (Esen-2, Qoraquduq) arxeologik materiallarini zamonaviy tipologik, texnologik va morfologik usullar yordamida madaniy-davriy va funksional xususiyatlarini hamda O‘rta Osiyo tosh davri toshga ishlov berish ustaxonalari tizimida tutgan o‘rnini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Esen-2 topilmajoyi tosh industriyasi so‘nggi paleolit davrining boshlariga oid O‘rta Osiyoda o‘xshashi yo‘q bifaslar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ustaxona ekanligi va bu ixtisoslashuv neolit davridagidek ayirboshlash uchun emas, balki ishlab chiqaruvchi jamoaning o‘z ehtiyojlari bilan “cheklangan” xarakterda ekanligi aniqlangan;
Qoraquduq ustaxonasini arxeologik materiallari saqlanish darajasi (deflyasiya darajasi) va ishlanish texnikasiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladigan uchta: ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga oid xronologik komplekslardan iboratligi isbotlangan;
zamonaviy morfologik va texnologik usullar Qoraquduq toshga ishlov berish ustaxonasida qadimgi ajdodlar tomonidan tashlab ketilgan tosh buyumlarni bir necha marotaba qayta ishlov berilganligi, natijada ikki yoki uch xilda patinizatsiyalashgan artefaktlar seriyalari paydo bo‘lganligi va bu holat paleolitshunoslikda noyob hodisa “qoraquduq fenomeni” (double patine, triple patine) sifatida dalillangan;
Qoraquduq-1 ustaxonasi madaniy-davriy jihatdan ilk paleolit davrining oxirlarida yashagan gominidlar (homo erektus?), Qoraquduq-2 esa o‘rta paleolitning ashel an’anali muste madaniyati vakillari (neandertallar?) va Qoraquduq-3 so‘nggi paleolit davri odamlari (ilk homo sapiens sapiens?) tomonidan o‘zlashtirilgani, Esen-2 ustaxonasi asosan bifaslar va parallel-levallua texnologiyalari asosida yo‘nilg‘ilar ishlab chiqarish joyi bo‘lganligi hamda O‘rta Osiyo hududida analogiyasi yo‘qligi, Qoraquduq ustaxonasining ikkinchi kompleksi esa Turkmaniston hududidagi Yangadja-Qoratengir topilmajoyi materiallari bilan yaqin o‘xshashliklarga ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Borsa-Kelmes botig‘i paleoliti zamonaviy tadqiqotlarda (Esen-2 va Qoraquduq 1-3 toshga ishlov berish ustaxonalari materiallari asosida)” mavzusidagi dissertatsiya bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
Qoraquduq ustaxonasini arxeologik materiallari saqlanish darajasi (deflyasiya darajasi) va ishlanish texnikasiga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladigan uchta: ilk, o‘rta va so‘nggi paleolit davrlariga oid xronologik komplekslari hamda Esen-2 topilmajoyi tosh industriyasi so‘nggi paleolit davrining boshlariga oid O‘rta Osiyoda o‘xshashi yo‘q bifaslar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ustaxona ekanligi va bu ixtisoslashuv neolit davridagidek ayirboshlash uchun emas, balki ishlab chiqaruvchi jamoaning o‘z ehtiyojlari bilan “cheklangan” ustaxona ekanligidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniy meros boshqarmasi tomonidan Qoraqalpog‘istonning eng qadimgi tarixi bo‘yicha ko‘rgazmalar qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi madaniy meros agentligining 2023 yil 31 oktyabrdagi 01-03/04-442-son dalolatnomasi). Natijada muzey eksponatlari orasiga joylashtirilgan ushbu buyumlar muzeyga tashrif buyuruvchilarda Ustyurt hududida yashagan ajdodlarimizning hayot tarzi, toshga ishlov berish texnologiyalari, xo‘jaligi va madaniy hayoti haqida to‘laqonli tasavvurlar hosil qilishlariga xizmat qilgan;
Zamonaviy morfologik va texnologik usullar Qoraquduq toshga ishlov berish ustaxonasida qadimda ajdodlar tomonidan tashlab ketilgan tosh buyumlarni bir necha marotaba qayta ishlov berilganligi, natijada ikki yoki uch xilda patinizatsiyalashgan artefaktlar seriyalari paydo bo‘lgan va bu xolat paleolitshunoslikda noyob hodisa “qoraquduq fenomeni” (double patine, triple patine) sifatida isbotlanganligi hamda Qoraquduq-1 ustaxonasi madaniy-davriy jihatdan ilk paleolit davrining oxirlarida yashagan gominidlar (homo erektus?), Qoraquduq-2 esa o‘rta paleolitning ashel an’anali muste madaniyati vakillari (neandertallar?) va Qoraquduq-3 so‘nggi paleolit davri odamlari (ilk homo sapiens sapiens?) tomonidan o‘zlashtirilgani, Esen-2 ustaxonasi asosan bifaslar va parallel-levallua texnologiyalari asosida yo‘nilg‘ilar ishlab chiqarish joyi bo‘lganligi hamda O‘rta Osiyo hududida analogiyasi yo‘qligi, Qoraquduq ustaxonasining ikkinchi kompleksi esa Turkmaniston hududidagi Yangadja-Qoratengir topilmajoyi materiallari bilan yaqin o‘xshashliklarga ega ekanligi haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining “Tariyxtan derekler”, “Assalamu-aleykum, Qaraqalpaqstan!” kabi dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023 yil 15 martdagi 05-22/141-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvlar teletomashabinlarga Orolbo‘yi tosh davri odamlarining moddiy va madaniy hayoti to‘g‘risida yangi ma’lumotlar bilan tanishishlariga xizmat qilgan.