XANXADJAEVA Nilufar Raximovnaning

doktorlik dissertatsiyahimoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /texnika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T352.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ikki ignadonli trikotaj mashinalarida matolarning yangi assortimentlarini olish texnologiyasini yaratish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va hom ashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari bo‘yicha).

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, 16.07.2013.T.06.01.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

Pedagogik ish tajribasiga qo‘yilgan talabning bajarilgani: 2011 yildan Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti «To‘qimachilik matolari texnologiyasi» kafedrasi dotsenti.

Malakaviy imtihonlar topshirilgan sana va natijasi: O‘zbekistonning eng yangi tarixi (28.05.2013) – 72 (yaxshi); ingliz tili (22.05.2013) – 76 (yaxshi); matematik modellashtirish va matematik statistika asoslari (20.02.2014) – 57 (qoniqarli); to‘qimachilik materiallari texnologiyasi va hom ashyoga dastlabki ishlov berish (16.11.2013) –  87 (a’lo).

    II. Ilmiy nashrlar. Ilmiy daraja talabgori tomonidan nashr ishlariga qo‘yilgan talablar to‘liq bajarilgan, jumladan:

a) O‘zbekiston Respublikasi OAK nashrlari ro‘yxatiga kiritilgan 2 ta milliy ilmiy jurnalda 12 ta ilmiy maqola,1 ta xorijiy ilmiy jurnalda 2 ta ilmiy  maqola (The Indian Textile Journal. www.indiantextilejournal.com.) nashr qilingan, 3 ta O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtirolik patenti olingan (28.06.2002. IDP№05204; 30.06.2002. IDP№05205; 11.10.2012. UZFAP).

b) dissertatsiya mavzusi bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallarida 18ta ma’ruza tezisi e’lon qilingan (jumladan: 2008, Yaponiya; 2013, Rossiya Federatsiyasi).

    III. Tadqiqotning maqsadi: ikki ignadonli trikotaj mashinalarida yangi assortimentdagi matolarni olish texnologiyasini yaratish, shuningdek, mayda rapportli naqsh samarasiga ega bo‘lgan to‘qimalarni ishlab chiqish yo‘li bilan trikotaj mashinalarining texnologik imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.  

    IV. Dissertatsiyaning ilmiy yangiligi: ikki ignadonli yassi fang mashinasida donali naqshli tukli trikotaj olishning yangi usuli va ikki ignadonli tanda to‘quv mashinalarida tukli trikotaj olishning yangi usuli yaratilgan;

yassi fang mashinasi halqa hosil qilish sistemasini takomillashtirish hisobiga halqa hosil qilish jarayonining ratsional sxemasi va tukli to‘qima asosida donali trikotaj olish texnologiyasi yaratilgan; 

interlok asosida naqsh elementlariga ega bo‘lgan ikki qavatli trikotaj to‘qimalari texnologik ko‘rsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlarining xomashyo sarfi kamayishiga ta’sir etishi aniqlangan;

ip berish moslamalarining turli xil konstruksiyalarida ikki ignadonli yassi va aylana to‘quv mashinalarida ip qo‘yish jarayoni ko‘rsatkichlari nazariy asoslangan;

Eyler qonuni asosida Maple dasturidan foydalanib egish jaryonidagi ip qo‘yish ko‘rsatkichlari, ipning mashina ishchi a’zolari bo‘ylab harakatida kirish va chiqishdagi taranglik kattaliklari ilmiy asoslangan;

trikotaj texnologik ko‘rsatkichlarini loyihalashda tuk ipi uzunligini aniqlashning yangi usuli yaratildi va tuk ipi uzunligini aniqlash uchun koeffisient tavsiya qilingan;

Delphi 7 dasturiy tilida trikotaj to‘qimasi texnologik ko‘rsatkichlarini avtomatik loyihalash tizimi tavsiya qilingan.

    V. Dissertatsiyaning amaliyotga joriy etilgan ilmiy natijalari. Mazkur tadqiqot natijalari «O‘zbekengilsanoat» DAK tasarrufidagi «SEDAT-TRIKO-TASHKENT» MChJ chet el korxonasi, «COTTON-ROAD» MChJ qo‘shma korxonasida joriy qilingan («O‘zbekengilsanoat» DAKning joriy qilinganlik dalolatnomasi 10.03.2015 y. №ShS-14-516). Iqtisodiy samara 1 tonna hom ashyo qayta ishlanganda interlok to‘qimalari uchun 486 ming so‘m, jakkard to‘qimalari uchun 1,59 mln. so‘mni tashkil qilgan (2013 yil narxlarida). O‘rtacha quvvatga ega bo‘lgan 8-10 ta trikotaj mashinasi o‘rnatilgan korxona yiliga 240 tonna hom ashyoni qayta ishlaganda iqtisodiy samara 116 mln. so‘mni tashkil etadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish