Xamraev Dilshod Xamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarkibadaxshon” dostoni syujetining genezisi va evolyusiyasi, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2334.
Ilmiy rahbar: Nasim Achilov, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/30.12.2021.Fil.70.01 (bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Yormatov Isomiddin Turgunovich, filologiya fanlari doktori, professor; Palimbetov Kamalbay, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Tarkibadaxshon” dostoni syujetining genetik ildizlari, doston matnida saqlangan mifologik inonchlar va islomiy e’tiqodga xos xususiyatlarning badiiy talqini hamda matn strukturasiga xos lingvopoetik masalalarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari tarkibida “Tarkibadaxshon” alohida doston namunasi bo‘lib, uning syujetiga xos xususiyatlari “Malika ayyor” dostoni voqealariga o‘xshashligi aniqlangan;
doston syujetining genezisi, motiv va obrazlari, ularning manbasi mifologik tasavvurlar, keyinroq esa islomiy e’tiqodning ta’siri natijasida yuzaga kelganligi isbotlangan;
doston syujetining mifologik fabulat – mifologik rivoyat – badiiy kontekst bosqichida davom etishida epik kuychi tipining ustoz-shogird, dostonchilik an’analaridagi ijodiy jarayonlar sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
doston kompozisiyasiga xos an’anaviy o‘rinlar, motiv va obrazlar tizimining evolyusion rivojlanishi hamda variantlarining paydo bo‘lishiga baxshi-shoirlarning badihago‘yligi va individual ijrochilik mahorati asosiy o‘rin tutganligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tarkibadaxshon” dostoni syujetining genezisi, janriy xususiyatlari, motiv va obrazlari, evolyusiyasi, g‘oyaviy asosi, manbalari hamda poetik xususiyatlarini o‘rganish orqali olingan natijalar asosida:
“Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari tarkibida “Tarkibadaxshon” alohida doston namunasi bo‘lib, uning syujetiga xos xususiyatlari “Malika ayyor” dostoni voqealariga o‘xshashligi aniqlanganiga hamda doston syujetining genezisi, motiv va obrazlari, ularning manbasi mifologik tasavvurlar, keyinroq esa islomiy e’tiqodning ta’siri natijasida yuzaga kelganligi isbotlanganiga doir nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi PZ – 2020042022 “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasi”ni yaratish amaliy grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3-iyundagi 01/10-1086-son malumotnomasi). Natijada turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratishda epik syujet, motiv va obrazlarning badiiy olami, evolyusiyasi, janriga xos belgilari, g‘oyaviy asoslari, tarixiy-tipologik xususiyatlariga doir lisoniy omillarini asoslash imkonini bergan;
doston syujetining mifologik fabulat – mifologik rivoyat – badiiy kontekst bosqichida davom etishida epik kuychi tipining ustoz-shogird, dostonchilik an’analaridagi ijodiy jarayonlar sabab bo‘lganligi hamda doston kompozisiyasiga xos an’anaviy o‘rinlar, motiv va obrazlar tizimining evolyusion rivojlanishi hamda variantlarining paydo bo‘lishiga baxshi-shoirlarning badihago‘yligi va individual ijrochilik mahorati asosiy o‘rin tutganligi dalillanganligiga doir xulosalaridan Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Xalq dostonlari - tarbiya qomusi”, “Elda ardoqlangan baxshilar” nomli ko‘rsatuv va radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2023- yildagi 2-son malumotnomasi). Natijada, ushbu ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy ommabopligi, mazmunining mukammallashuvi ta’minlangan hamda milliy eposimiz va uning ijrochilarining yosh avlod ma’naviy tafakkurini o‘stirishda tutgan o‘rnini keng ommalashtirishga erishilgan.