Toshbekova Mohira Xasanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “O‘zbekistonda mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishning ijtimoiy-siyosiy mexanizmlari”,  09.00.05 – Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari  (falsafa fanlari).
Dissertatsiya  mavzusi   ro‘yxatga  olingan  raqam: B.2022.4.PhD/Fal877.
Ilmiy rahbar:  Musaev  Odil  Raxmatovich,  falsafa  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya  bajarilgan  muassasa  nomi: O‘zbekiston  Milliy  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston  Milliy  universiteti,  DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy  opponentlar: Norqulov Do‘tmurod  Toshpo‘latovich, falsafa fanlari doktori, professor;  Juraev Temur, falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi  tashkilot:  O‘zbekiston  davlat  jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya  yo‘nalishi:  nazariy-amaliy ahamiyatga  molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy hayotda mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etish mexanizmlarini aniqlash hamda bu jarayonda milliy g‘oya targ‘ibot texnologiyalarining  rolini  ochib  berishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv  sharoitida mafkuraviy tahdidlarni bartaraf etishda yoshlarning jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yangi avlodini maqsadli yo‘naltira  oladigan mexanizm sifatida oliy ta’limning liberallashuvi targ‘ibot  texnologiyasining  vositasida  kreativ  tafakkurni  shakllantirish  ekanligi dalillangan;
«mafkura», «mafkuraviy tahdid», «mafkuraviy poligion», «mafkuraviy transformatsiya»  tushunchalari   siyosiy  va  falsafiy  jihatlarni  antikvarizm hamda  prezentizm  uyg‘unligi  asosida rivojlantirishda  davr  talablarini   hisobga   olish  zarurligi    asoslangan;
O‘zbekistonda  mafkuraviy  tahdidlarni  bartaraf  etish mexanizmlarini ishlab chiqishda  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlardagi axborot bilan bog‘liq legal va ligitim asoslarning dialektikasi taraqqiyoti mafkuraviy plyuralizmning mezoni sifatida dalillangan;
mafkuraviy  tahdidlarni  bartaraf   etish  mamlakatimiz  ma’naviy  hayotidagi   o‘zgarishlar   dinamikasi   ustuvor  konstruktiv   tendensiyalari   davlat va  jamiyat   tashkilotlari   hududlardagi   tizimlar   rivojiga g‘oyaviy   intensiv  ta’siri  hamda   uning   strategik   imkoniyatlari   bilan   bog‘liq   ekanligi   ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda  mafkuraviy tahdidlarni  bartaraf etishning  ijtimoiy - siyosiy   mexanizmlarini asoslash bo‘yicha  olib  borilgan  ilmiy  tadqiqot  natijalari asosida:
globallashuv  sharoitida  mafkuraviy  tahdidlarni   bartaraf etishda yoshlarning jamiyat  taraqqiyotiga  munosib hissa  qo‘shadigan  yangi avlodini maqsadli yo‘naltira oladigan mexanizm sifatida oliy ta’limning liberallashuvi orqali targ‘ibot  texnologiyasining vositasida kreativ tafakkurni shakllantirish ekanligiga oid  xulosalardan  O‘zbekiston  Milliy  teleradiokompaniyasi   «O‘zbekiston»  telekanali   «Munosabat»  ko‘rsatuvining  qator efirlarida  foydalanilgan (O‘zbekiston  Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 07-iyuldagi 02/15-1069-son ma’lumotnomasi).   Natijalar,   ta’lim  muassasalari  taʼlim muassasalarida tarbiya darslari va taʼlim jarayoninini muvaffaqiyatli  tashkil etish, talabalar, tinglovchilar va umumtaʼlim muassasalari  direktorlari   hamda    direktor o‘rinbosarlarini  kreativlik,  bunyodkorlik, dahldorlikka jalb  qilish  hamda  kasbiy  ko‘nikmasini   rivojlantirish, ularning  dunyoqarashida sog‘lom ma’naviya  muhit va mafkuraviy immunitetni  barqarorlashtirish,  qonuniylikni ta’minlash,  pedagoglar  va  ta’lim  muassasalari  xodimlarining   huquqiy   ongi  va  madaniyatini oshirishga  asos  bo‘lib   xizmat  qilgan;
«mafkura», «mafkuraviy tahdid», «mafkuraviy poligion», «mafkuraviy transformatsiya»  tushunchalari  ilmiy tadqiq etilishida siyosiy va falsafiy jihatlarni antikvarizm  hamda  prezentizm  uyg‘unligi  asosida davr talablarini  hisobga   olish   zarurligiga   oid   xulosalardan  O‘zbekiston  «Milliy tiklanish»  demokratik  partiyasi  faoliyatida mafkuraviy targ‘ibot ishlarini rivojlantirish, partiya tizimidagi xodimlarning siyosiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy  yo‘nalishdagi  bilim  va  ko‘nikmalarni oshirish,  o‘quv-uslubiy  hamda, mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan  (O‘zbekiston «Milliy tiklanish»  demokratik   partiyasining  2022-yil  17-iyundagi   02/05-126-son   ma’lumotnomasi).   Natijalar, davlat organlari va  jamoat tashkilotlari hamda  ularning  mansabdor  shaxslari   faoliyatida  sog‘lom  ma’naviy   muhit va mafkuraviy immunitetni barqarorlashtirish, qonuniylikni ta’minlash, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini   oshirishga   xizmat  qilgan;
O‘zbekistonda   mafkuraviy  tahdidlarni  bartaraf  etishmexanizmlarini ishlab chiqishda  ijtimoiy-siyosiy  jarayonlardagi axborot bilan bog‘liq legal va ligitim asoslarning dialektikasi mafkuraviy plyuralizmning mezoni sifatida g‘oyaviy  jihatlariga oid  xulosalardan  Respublika  Ma’naviyat  va ma’rifat markazining  2023 yil  uchun chora-tadbirlar  dasturining  III yo‘nalishida belgilangan   «G‘oya  va  mafkura   masalasi   hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti» 15-bandi   «Geosiyosiy  va   mafkuraviy   jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish»  mavzusidagi  targ‘ibot  ishlarini  tashkil  etish va o‘tkazishda  foydalanilgan (Respublika  Ma’naviyat  va  ma’rifat  markazining 2023-yil   5-iyuldagi   242-son dalolatnomasi).   Natijada  dissertatsiyada   ilgari  surilgan   takliflar,   tavsiya  va  xulosalar  mamlakatimizda  ma’naviy  tahdidlarga  qarshi   kurash   mexanizmlarini   takomillashtirishga   doir ilmiy-nazariy  tavsiyalar  ishlab   chiqishga  xizmat qilgan;
mafkuraviy  tahdidlarni bartaraf etishning mamlakatimiz ma’naviy  hayotidagi   o‘zgarishlar dinamikasining ustuvor konstruktiv tendensiyalarining davlat  va jamiyat tashkilotlari hududlardagi tizimlar  rivojiga intensiv  ta’siri  hamda   uning  strategik imkooniyatlari bilan bog‘liq ekanligiga doir xulosalardan Yoshlar   ishlari agentligi  va hududiy boshqarmalarining  «Yoshlar dasturi»   «Ish rejasi»  va boshqa yo‘l xaritalari bandlarida hamda  yoshlar  siyosati,  ijtimoiy  rivojlantirish  va  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar sohasida o‘tkazilgan  targ‘ibot tadbirlari  (konferensiya, davra suhbati, seminar va uchrashuvlar)da   foydalanilgan  (O‘zbekiston  Yoshlar   ishlari  agentligining  2023-yil 16-fevraldagi   3-18-21-404-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlarga  jamiyat  va  davlatning  oldida nafaqat burchlarga,  majburiyatlarga  balki, muayyan   huquqlar  va  erkinliklarga  ega  bo‘lgan  yoshlar  yangi   avlodining  shakllanishiga  xizmat   qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish