Mamatkulov Davlatjon Maxamatjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning zamonaviy tendensiyalari”, 09.00.06 – G‘oyalar tarixi va metodologiyasi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2023.1.DSc/Fal164.
Ilmiy rahbar: Musaev Odil Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.14.
Rasmiy opponentlar: Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor; O‘roqov Dilshod Jamoliddinovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy transformatsiya jarayonlarning yaxlit ilmiy manzarasini yaratish hamda milliy mafkurani takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«O‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning davrlari»ning xronologik bosqichlari mafkuraviy transformatsiyaga olib kelgan omillar, mafkuraviy inqirozlar hamda yangi mafkuralarning yuzaga kelish sabablarini umumlashtirilish va induktiv xulosalash asosida ishlab chiqilgan;
mafkuraviy transformatsiyaning latent – yashirin, sezilarsiz hamda revolyusiya – oshkora, to‘ntarish shaklida amalga oshadigan shakllari: progressiv, hamda regressiv transformatsiyani aniqlashtirish asosida mafkuraviy o‘zgarishlar konsepsiyasining parallel transformatsiyasi ochib berilgan;
o‘rtacha ellik yillik targ‘ibot ikki avlodga ta’sir ko‘rsatgani sababli tasavvuf g‘oyalari, jadidchilik hamda kommunistik mafkura faoliyati orqali mafkuraning natijadorlik muddati ekanligi aniqlashtirilib, egoistik-asketizm g‘oyalari inqirozga, jiddu jahd va dunyoviylik g‘oyalari taraqqiyotga olib borishi asoslagan;
mafkuraviy jarayonlar asosida ikki: yuqori darajada kuchlanishga ega, kuch bilan namoyon bo‘luvchi intensiv hamda sezilarsiz ta’sir strategiyasiga ega, «yumshoq kuch» xarakterli ekstensiv shakldagi zamonaviy ijtimoiy-regressiv mafkuraviy tendensiyalar ochib berilgan;
milliy mafkurani yangilanayotgan jamiyatimizga mos ravishda takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj sabab «Yangi O‘zbekiston» mafkurasining ijtimoiy-falsafiy dialektikasi hamda uni legitimligini ta’minlovchi «falsafa, huquq, ilm-fan, islom dini va o‘zbek tili, ta’lim va tibbiyot, mafkuraviy atribut va rituallar» mafkuraviy tayanch yo‘nalishlar sifatida asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning zamonaviy tendensiyalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«O‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning davrlari»ning xronologik bosqichlari mafkuraviy transformatsiyaga olib kelgan omillar, mafkuraviy inqirozlar hamda yangi mafkuralarning yuzaga kelish sabablarini umumlashtirilish va induktiv xulosalash asosida ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida qo‘llanilgan (Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 6-apreldagi 4-13-21-876-son ma’lumotnomasi). Natijada, Agentlik faoliyati orqali o‘zbek xalqi taraqqiyotida mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi va uning davrlariga oid yaxlid ilmiy manzara shakllantirilgan;
mafkuraviy transformatsiyaning latent – yashirin, sezilarsiz hamda revolyusiya – oshkora, to‘ntarish shaklida amalga oshadigan shakllari: progressiv, hamda regressiv transformatsiyani aniqlashtirish asosida mafkuraviy o‘zgarishlar konsepsiyasining parallel transformatsiyasiga doir takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2022-2023-yilgi yillik ish rejalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 04-13/550-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatida progressive hamda regressiv transformatsiyalar mazmun-mohiyati asosida ma’naviy va g‘oyaviy targ‘ibot mexanizmlarni takomillashtirish ishlari amalga oshirilgan;
o‘rtacha ellik yillik targ‘ibot ikki avlodga ta’sir ko‘rsatgani sababli tasavvuf g‘oyalari, jadidchilik hamda kommunistik mafkura faoliyati orqali mafkuraning natijadorlik muddati ekanligi aniqlashtirilib, egoistik-asketizm g‘oyalari inqirozga, jiddu jahd va dunyoviylik g‘oyalari taraqqiyotga olib borishiga doir takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan «G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti» 15-bandi «Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish» mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 23-martdagi 02-22/229-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rtacha ellik yillik targ‘ibot – ikki avlodga ta’sir ko‘rsatgani sababli mafkuraning natijadorlik muddati ekanli boyicha aniqalangan ilmiy dalillardan kelib chiqib, Markazning istiqboldagi faoliyat rejasi shakllantirilgan;
mafkuraviy jarayonlar asosida ikki: yuqori darajada kuchlanishga ega, kuch bilan namoyon bo‘luvchi intensiv hamda sezilarsiz ta’sir strategiyasiga ega, «yumshoq kuch» xarakterli ekstensiv shakldagi zamonaviy ijtimoiy-regressiv mafkuraviy tendensiyalarga oid takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi» faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-apreldagi 10-28-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining ma’naviy va g‘oyaviy targ‘ibot faoliyatida regressiv mafkuraviy tendensiyalarga nisbatan keng xalq ommasida mafkuraviy immunitetni shakllantirish ishlari nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirilgan;
milliy mafkurani yangilanayotgan jamiyatimizga mos ravishda takomillashtirishga bo‘lgan ehtiyoj sabab «Yangi O‘zbekiston» mafkurasining ijtimoiy-falsafiy dialektikasi hamda uni legitimligini ta’minlovchi «falsafa, huquq, ilm-fan, islom dini va o‘zbek tili, ta’lim va tibbiyot, mafkuraviy atribut va rituallar» mafkuraviy tayanch yo‘nalishlar sifatida asoslangan takliflaridan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faoliyatida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2023-yil 3-iyuldagi 02/02-40-son ma’lumotnomasi). Natijalar ma’naviy va g‘oyaviy targ‘ibot ishlarida yangilanayotgan jamiyatimizga mos keladigan milliy mafkuraning ijtimoiy-falsafiy dialektikasi hamda uning mafkuraviy tayanch yo‘nalishlarni aniqlashtirish, ijtimoiy-siyosiy faol yangi avlod yoshlarini tarbiyalashga xizmat qilgan.