Sulaymonov Jasur Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasi axloqiy-aksiologik asoslarining germenevtik tadqiqi”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Fal206.
Ilmiy rahbar: Po‘latova Dildor Akmalovna, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Jafar Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, dotsent; Asatulloev Inomjon Abubakr o‘g‘li, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy konsepsiyasining axloqiy-aksiologik jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldunning «Muqaddima» asaridagi aksiologik va konstruktiv-axloqiy qarashlarining Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasi va falsafiy tafakkuriga kognitiv-mantiqiy ta’sirida amaliy ahamiyatga egaligi «Asabiyya» (Birdamlik العصبية), «Umran» (العمران Farovon jamoa) tushunchalari vositasida ochib berilgan;
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldun «Muqaddima» asarida ilgari surilgan «Asabiyya» (Birdamlik العصبية), «Umran» (Farovon jamoa العمران), «Davla» (davlat الدولة) «Ijtima’» (الاجتماعية ijtimoiylik), «Badava» (Ko‘chmanchi hayot tarzi بدوي), «Hadoro» ( الحضارة O‘troq hayot tarzi) kategoriyalari mutafakkir ijtimoiy falsafiy konsepsiyasini metodologik jihatdan tashkil qiluvchi aksiologik va axloqiy asoslarining genezisi ekanligi mantiqiy asoslangan;
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldunning jamiyatni vujudga kelish sabablari, ishki tuzilishi, urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy va umuminsoniy qadriyatlar, inson va jamiyat o’rtasidagi aloqadorliklar borasidagi ijtimoiy-axloqiy va siyosiy qarashlari majmui «Muqaddima» asarining germenevtik talqini asosida madaniyatlararo muloqot, o’zaro hamkorlik kontekstida ijtimoiy ongni shakllantirishda zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligi ilmiy asoslangan;
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy konsepsiyasidagi tinshlik, adolat, ezgulik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovshi kamolot mezonlari tizimi (integratsiya, unifikatsiya, global dunyoni raqamlashtirish dinamikasinining o’sishi) globallashuv jarayonida yoshlarni buzg‘unshi, yot va zo’ravonlikka undovshi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashda adekvat tarbiyalashda substansional asosga ega ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldunning ijtimoiy falsafiy konsepsiyasining axloqiy va aksiologik asoslarining germenevtik tahlili bo’yisha ishlab shiqilgan ilmiy takliflar asosida:
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldunning «Muqaddima» asaridagi aksiologik va konstruktiv-axloqiy qarashlarining Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasi va falsafiy tafakkuriga kognitiv-mantiqiy ta’sirida amaliy ahamiyatga egaligi «Asabiyya» (Birdamlik العصبية), «Umran» (العمران Farovon jamoa) tushunchalari vositasida oshib berilganligiga oid xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil uchun chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan «G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti» 16-bandi «Buyuk alloma va mutafakkirlarimiz hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganish, boy ma’naviy va madaniy meroslarini asrab avaylash, ilmiy-ijodiy asarlarini keng targ‘ib qilish» mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yil 14 martdagi 02-22/217-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar buyuk mutafakkirlarning boy ma’naviy va madaniy merosini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishda samarali vosita rolini bajargan;
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldun «Muqaddima» asarida ilgari surilgan «Asabiyya» (Birdamlik العصبية), «Umran» (Farovon jamoa العمران), «Davla» (davlat الدولة) «Ijtima’» (الاجتماعية ijtimoiylik), «Badava» (Ko‘chmanchi hayot tarzi بدوي), «Hadoro» ( الحضارة O‘troq hayot tarzi) kategoriyalari mutafakkir ijtimoiy falsafiy konsepsiyasini metodologik jihatdan tashkil qiluvchi aksiologik va axloqiy asoslarining genezisi ekanligiga oid tavsiya va xulosalardan Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining yillik rejaga muvofiq o'tkazilgan «Jaholatga qarshi ma'rifat», «Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning g'arazli niyatlari va muqaddas islom dinining asl mazmun-mohiyati» mavzularidagi davra suhbatlari hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023 yil 27 fevraldagi 01-07-33-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari mazkur targ‘ibot tadbirlarining sifati, mazmuni va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldunning jamiyatni vujudga kelish sabablari, ishki tuzilishi, urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy va umuminsoniy qadriyatlar, inson va jamiyat o’rtasidagi aloqadorliklar borasidagi ijtimoiy-axloqiy va siyosiy qarashlari majmui «Muqaddima» asarining germenevtik talqini asosida madaniyatlararo muloqot, o’zaro hamkorlik kontekstida ijtimoiy ongni shakllantirishda zamonaviy jamiyat xarakteriga mosligiga oid ilmiy xulosalar va ma’lumotlardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr qilingan “O’rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023 yil 2 martdagi 02-99-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy natijalari “O’rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi”ni Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldunning ijtimoiy falsafiy qarashlari xususidagi ma’lumotlar bilan boyitishga yordam bergan.
Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldun ijtimoiy falsafiy konsepsiyasidagi tinshlik, adolat, ezgulik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovshi kamolot mezonlari tizimi (integratsiya, unifikatsiya, global dunyoni raqamlashtirish dinamikasinining o’sishi) globallashuv jarayonida yoshlarni buzg‘unshi, yot va zo’ravonlikka undovshi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashda adekvat tarbiyalashda substansional asosga ega ekanligiga oid ilmiy xulosa va tavsiyalardan O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko’rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023 yil 3 martdagi 02-31-352-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarda Abdurahmon Abuzayd ibn Xaldunning ijtimoiy falsafiy konsepsiyasidagi tinshlik, adolat, ezgulik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovshi kamolot mezonlari tizimiga doir ilmiy-tarixiy bilimlarni oshirishga xizmat qilgan.