Adashova Maxsuma Maxmudboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosining shaxs ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fal731.
Ilmiy rahbar: Muxtarov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Xolmo‘minov Ja’far Muhammadievich, falsafa fanlari doktori, professor; Ziyodov Shavosil Yunusovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
 Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosining shaxs ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Imom Abu Mansur Moturidiyning kalom falsafasi (teosofiya)da ilgari surilgan falsafiy qarashlarining shaxs ma’naviy kamolotiga ko‘rsatadigan ruhiy-psixologik ta’siri, jamiyat ma’naviy qiyofasini ijtimoiy jihatdan yaxshilash, kishilar orasida insonparvarlik, birodarlik kayfiyatini uyg‘otadigan falsafiy g‘oyalarining axloqiy, akmeologik va epistemologik xususiyatlari ochib berilgan;
mutakallimning kalom falsafasida din va falsafaning bir-birini inkor etuvchi emas aksincha, o‘zaro to‘ldiruvchi tushunchalar sifatida talqin etilganligi, ikkisi ham  ilmiy haqiqatni topish jarayonida yagona maqsad yo‘lida ekanligi, xususan, teologik ta’limotlarda ilgari surilgan yaratuvchi Alloh haqiqatini aql va mantiqqa tayanib ham bilish mumkinligi, bu esa din va falsafaning o‘zaro uyg‘unligi tamoyilini keltirib chiqarishi asoslab berilgan;
Imom Abu Mansur Moturidiyning kalom gnoseologiyasini o‘rganishda ratsionallik va irratsionallik (aqliy va naqliy dalillash) dinamikasi diniy va dunyoviy ilmda mo‘tadillik kontekstining falsafiy mohiyatini yoritib beruvchi ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, didaktik-ta’limiy jihatlarining ta’vil va tafsir usuliga asoslangan germeneftik (matn va uni tushunish)  talqinlari dalillangan;
Imom Abu Mansur Moturidiyning falsafiy ta’limoti yosh avlod dunyoqarishida vorisiylikka erishish, islom ma’naviyatiga zid bo‘lgan turli illat va tahdidlarning bartaraf etilishida inson omiliga ta’sir etuvchi kuch bo‘la olishi hamda Moturidiya tariqatining dialektika ilmiy diskursining falsafiy-ontologik, gnoseologik, metodologik asoslari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosining shaxs manaviyatini yuksaltirishdagi o‘rnini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:   
Imom Abu Mansur Moturidiyning kalom falsafasi (teosofiya)da ilgari surilgan falsafiy qarashlarining shaxs ma’naviy kamolotiga ko‘rsatadigan ruhiy-psixologik ta’siri, jamiyat ma’naviy qiyofasini ijtimoiy jihatdan yaxshilash, kishilar orasida insonparvarlik, birodarlik kayfiyatini uyg‘otadigan falsafiy g‘oyalarining axloqiy, akmeologik va epistemologik xususiyatlariga oid xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2022-2023 yillarda «Abu Mansur Moturidiy va uning «Ta’vilot al-Qur’on» asarini o‘rganish» bo‘yicha o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida  belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023 yil 31-maydagi 02/255-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya natijalarining amaliyotga joriy etilishi yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga va kishilar orasida insonparvarlik, birodarlik kayfiyatini uyg‘otishga xizmat qilgan;
mutakallimning kalom falsafasida din va falsafaning bir-birini inkor etuvchi emas aksincha, o‘zaro to‘ldiruvchi tushunchalar sifatida talqin etilganligi, ikkisi ham  ilmiy haqiqatni topish jarayonida yagona maqsad yo‘lida ekanligi, xususan, teologik ta’limotlarda ilgari surilgan yaratuvchi Alloh haqiqatini aql va mantiqqa tayanib ham bilish mumkinligi, bu esa din va falsafaning o‘zaro uyg‘unligi tamoyilini keltirib chiqarishiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan olinib, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-sonli «O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi» mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 23-martdagi 04/11-1517-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot ishi natijalari fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasining Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosi bilan bog‘liq ilmiy-faktik ma’lumotlar bilan boyishiga yordam bergan;
Imom Abu Mansur Moturidiyning kalom gnoseologiyasini o‘rganishda ratsionallik va irratsionallik (aqliy va naqliy dalillash) dinamikasi diniy va dunyoviy ilmda mo‘tadillik kontekstining falsafiy mohiyatini yoritib beruvchi ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy, diniy-tasavvufiy, didaktik-ta’limiy jihatlarining ta’vil va tafsir usuliga asoslangan germeneftik (matn va uni tushunish)  talqinlariga doir yangiliklaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining «O‘zbekiston tarixi» telekanalining «Taqdimot» ko‘rsatuvining senariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasi»ning 2023-yil 14-martdagi 06-31-413-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar teletomoshabinlarda buyuk mutakallim to‘g‘risidagi bilimlarining oshishiga ko‘maklashgan;
Imom Abu Mansur Moturidiyning falsafiy ta’limoti yosh avlod dunyoqarishida vorisiylikka erishish, islom ma’naviyatiga zid bo‘lgan turli illat va tahdidlarning bartaraf etilishida inson omiliga ta’sir etuvchi kuch bo‘la olishi hamda Moturidiya tariqatining dialektika ilmiy diskursining falsafiy-ontologik, gnoseologik, metodologik asoslariga oid takliflaridan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan. Jumladan, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining V yo‘nalishida belgilangan «Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan monitoring hamda sotsiologik tadqiqotlarni tizimli tashkil qilish va o‘tkazish choralarini ko‘rish» mavzularidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 23-martdagi 02-22/235-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiya ilmiy yangiliklaridan foydalanish natijasida Respublika miqyosida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda  Imom Abu Mansur Moturidiy falsafiy merosini o‘rgatish orqali yoshlar ma’naviy kamolotini yuksaltirishga hamda islom ma’naviyatiga zid bo‘lgan turli illatlarning bartaraf etilishi bevosita xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish