Jurakulov Jamol Komilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan jamiyatda inson ma’naviy borlig‘ining ijtimoiy-madaniy transformatsiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fal708.
Ilmiy rahbar: Yokubova Mavluda Iskandarovna, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy va ma’naviy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Mo‘minov Alisher Gapporovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan jamiyatda inson ma’naviy borlig‘ining ijtimoiy-madaniy transformatsiyasini ijtimoiy-falsafiy jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jamiyatning axborotlashuvi jarayonida madaniy, ma’naviy, mafkuraviy, g‘oyaviy, axloqiy muammolarni echishga yo‘naltirilgan texnologiyalar ta’lim va tarbiya sohasida kiberxavfsizlik, axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, mafkuraviy immunitetni oshirishning strategik yo‘nalishlariga proporsional aloqador ekanligi asoslangan;
axborotlashgan jamiyatda yoshlar ma’naviy axloqiy tarbiyasini yuksaltirishda oila, mahalla, ta’lim muassasalarining hamkorligi, inson ma’naviy borlig‘ining namoyon bo‘lishiga oid falsafiy g‘oyalarning ijtimoiy-madaniy yuksalish, ijtimoiy-madaniy inqiroz, ma’naviy xavsizlik kabi konseptual mazmuni ochib berilgan;
jamiyatning axborotlashuvida inson ma’naviy borlig‘ining kommunikativ jihatlarini ijtimoiy-falsafiy idrok qilishga oid ilmiy mazmunli va inson ma’naviy borlig‘ining shakllanishi, inson ma’naviyati, ma’naviy taraqqiyoti kabi ekzistensial tarkibiy qismlarining inson ma’naviy-axloqiy xavfsizligini ta’minlashdagi zaruriyati aniqlangan;
ommaviy axborot vositalari va internetning inson ma’naviy olamiga salbiy ta’sirining «ma’naviy-axloqiy inqiroz», «ma’naviy begonalashuv», «insoniy qadryatlarning kamayishi», «inson qadrsizlanishi»ga olib kelishi hamda ijtimoiy ong transformatsiyasining insonni ijtimoiylashuvdan uzoqlashtiruvchi johillik va loqaydlik kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. axborotlashgan jamiyatda inson ma’naviy borlig‘ining ijtimoiy-madaniy transformatsiyasi ijtimoiy-falsafiy tahlili doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
jamiyatning axborotlashuvi jarayonida madaniy, ma’naviy, mafkuraviy, g‘oyaviy, axloqiy, ijtimoiy jihatlariga doir muammolarni echishga yo‘naltirilgan texnologiyalar davlat boshqaruvida kiberxavfsizlik, axborotdan foydalanish madaniyatini shakllantirish, mafkuraviy immunitetni oshirishning strategik yo‘nalishlariga aloqador ekanligiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2023-yil 8-fevraldagi  01-3/588-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar aholining axborot ongi, axborot iste’mol madaniyatini yuksaltirish, xususan, axborotning ma’naviy-axloqiy identifikatsiyasini shakllanish samaradorligiga xizmat qilgan;
axborotlashgan jamiyatda yoshlar ma’naviy axloqiy tarbiyasini yuksaltirishda oila, mahalla, ta’lim muassasalarining hamkorligi, inson ma’naviy borlig‘ining namoyon bo‘lishiga oid konseptual mazmundagi falsafiy g‘oyalar va pragmatik yondashuvlar zaruratiga oid tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi faoliyatida, jumladan yoshlar tafakkurida axborotni tanlash, saralash malakalarini shakllantirishga oid targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligining 2023-yil 17-martdagi 3-31-21-693-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar yoshlarda turli darajadagi axborot tahdidlaridan himoyalanishining funksional va strategik imkoniyatlari borasidagi bilimlar shakllanishiga xizmat qilgan;
jamiyatning axborotlashuvida inson ma’naviy borlig‘ining kommunikativ jihatlarini ijtimoiy-falsafiy idrok qilishga oid ilmiy mazmuni va inson ma’naviy borlig‘ining shakllanishi, inson ma’naviyati, ma’naviy taraqqiyoti kabi ekzistensial tarkibiy qismlarining g‘oyaviy yondashuvlariga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan «G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti»da belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 28-martdagi 18-son ma’lumotnomasi). Ilmiy xulosalar belgilangan vazifalar ijrosini samarodorligini oshirishga xizmat qilgan;
ommaviy axborot vositalari va internetning inson ma’naviy olamiga salbiy ta’siri «ma’naviy-axloqiy inqiroz», «ma’naviy begonalashuv», «insoniy qadryatlarning kamayishi», «inson qadrsizlanishi»ga olib kelishi hamda ijtimoiy ong transformatsiyasining insonni ijtimoiylashuvdan uzoqlashtrish kabi salbiy oqibatlariga oid taklif-tavsiyalar va xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida 2023-yilda efirga uzatilgan «Taqdimot» nomli turkum ko‘rsatuvi dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» davlat muassasasining 2023-yil 17-fevraldagi 02-31/262-son ma’lumotnomasi). Natijalar ssenariyning nazariy-metodologik asoslarini takomillashtirib, teletomoshabinlarni internet maydonidagi xatarlar borasidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish