Xalilova Shaxlo Jalilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: O‘zbek va ingliz ertaklaridagi yetakchi obrazlarning qiyosiy o‘rganilishi, 10.00.06.–Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Fil408.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Jabbor Solievich, filologiya fanlari doktori, professor.  
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Termiz davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.78.04.
Rasmiy opponentlar: Maxmaraimova Shoxista To‘xtashevna, filologiya fanlari doktori, professor; O‘raeva Darmon Saidaxmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek ertaklaridagi yetakchi obrazlarning o‘rni, genezisi, badiiy ko‘rinishlari, milliy belgilari, poetik vazifalari va talqinidagi o‘xshash hamda farqli belgilarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
ingliz va o‘zbek ertaklaridagi yetakchi obrazlarning genezisi qadimgi insonlarning animizm, totemizm, fetishizm, shomonizm kabi ibtidoiy qarashlariga borib taqalishi jihatidan umumiylik kasb etishi asoslangan;
har bir xalq ertagidagi yetakchi obrazlar tabiati, mohiyati, poetik vazifalarining talqini uning milliy madaniyati, turmush tarzi, sharoiti, an’analariga mos tarzda berilishi obrazlar tizimi, ularning tipik xususiyatlari bilan bog‘liq universaliyalar  ingliz va o‘zbek ertaklari misolida dalillangan;
ingliz va o‘zbek ertaklarida mifologik (dev, ajdaho), antropogonik (chol yoki kampir, kenja o‘g‘il, podsho, vazir, dehqon, ovchi), zoomorfik (ot, bo‘ri, ilon, tulki, echki), ornitomorfik (burgut, bulbul, qarg‘a, laylak), fitonimik (daraxt, gul), predmet (mehnat va jang qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, bezak predmetlari) ko‘rinishidagi yetakchi obrazlar uchrashi ko‘rsatilgan;
ingliz va o‘zbek ertaklarining obrazlar tarkibi yetakchi va ko‘makchi obrazlardan iboratligi, ularning poetik vazifasiga, badiiy tavsiflanishiga ko‘ra farqlanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek ertaklaridagi yetakchi obrazlarning qiyosiy tahlilini amalga oshirish jarayonida olingan natijalar quyidagi loyihalarda o‘z aksini topgan:
ingliz va o‘zbek ertaklaridagi yetakchi obrazlarning genezisi qadimgi insonlarning animizm, totemizm, fetishizm, shomonizm kabi ibtidoiy qarashlariga borib taqalishi jihatidan  umumiylik kasb etishi asoslanganligiga oid yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar bo‘limi ilmiy – tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) hamda FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” (2012-2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda zarur o‘rinlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar bo‘limi ilmiy – tadqiqot institutining 2022 yil 17 yanvardagi 17.01.22/142-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek ertaklaridagi yetakchi obrazlarning genezisi qadimgi insonlarning animizm, totemizm, fetishizm, shomonizm kabi ibtidoiy qarashlariga borib taqalishi jihatidan  umumiylik kasb etishi asoslangan;
har bir xalq ertagidagi yetakchi obrazlar tabiati, mohiyati, poetik vazifalarining talqini uning milliy madaniyati, turmush tarzi, sharoiti, an’analariga mos tarzda berilishi obrazlar tizimi, ularning tipik xususiyatlari bilan bog‘liq universaliyalar  ingliz va o‘zbek ertaklari misolida dalillanganligiga oid ma’lumotdan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT–A1–47–raqamli “Folklorshunoslik atamalari lug‘ati” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda ushbu dissertatsiyada qo‘llanilgan ertak, yetakchi obraz, ko‘makchi obraz, epik ko‘makchi, ertaklar tipologiyasi, ertakmotivlari, ertak syujeti singari terminlardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutining 2023 yil 3 maydagi 3/1255-932-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqorida sanab ko‘rsatilgan folklorshunoslik terminlarining mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan chuqur izohlash imkonini bergan;
ingliz va o‘zbek ertaklarida mifologik (dev, ajdaho), antropogonik (chol yoki kampir, kenja o‘g‘il, podsho, vazir, dehqon, ovchi), zoomorfik (ot, bo‘ri, ilon, tulki, echki), ornitomorfik (burgut, bulbul, qarg‘a, laylak), fitonimik (daraxt, gul), predmet (mehnat va jang qurollari, uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat, kiyim-kechak, bezak predmetlari) ko‘rinishidagi yetakchi obrazlar uchrashi ko‘rsatilganligiga oid xulosadan Milliy va madaniy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharriyatining “Bolalar uchun”, “Bolalar va biz” dasturlari ssenariysida (2021 yil yanvar-mart oylari)  mazkur dissertatsiya ishidan foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil 28 martdagi O‘z|R 01-36-21 - sonli ma’lumotnoma). Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda OAV tomoshabinlarining milliy tafakkurini kengaytirish jarayonida gumanistik g‘oyalarning mohiyatini chuqur anglashga o‘rgatishda ingliz va o‘zbek ertaklaridagi yetakchi obrazlar tabiati, mohiyati, uning milliy madaniyati, turmush tarzi, sharoiti, an’analari ularning tipik xususiyatlari bilan bog‘liq universaliyalardan foydalanish jarayonida ko‘zga tashlangan;
ingliz va o‘zbek ertaklarining obrazlar tarkibi yetakchi va ko‘makchi obrazlardan iboratligi, ularning poetik vazifasiga, badiiy tavsiflanishiga ko‘ra farqlanishi oydinlashtirilganligiga oid ma’lumotdan 2022-yil 26-may kuni Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Najot–bilimda” nomli radioeshittirishda folklor asarlarida xalqning ma’naviy qiyofasi, tafakkur olamining aks ettirilishi o‘zbek va ingliz ertaklari misolida badiiy jihatdan qiyosiy ochib berilishi yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2022 yil 31 martdagi 17-05/ 178- son ma’lumotnoma). Natijada jamiyat taraqqiyotida til, adabiyotning ahamiyati qanchalik muhim bo‘lsa, uning tadqiq etilishi, hayotda tatbiq qilinishi ham shunchalik muhimligi, umuminsoniy sifatlarning ertak qahramonlari xarakteri misolida yoritilishi yaxshi va yomon xulqni, ijobiy va salbiy xislatlarni farqlash, inson o‘z xarakterini o‘zgartirishi, shaxsiy fazilatlarni egallashda kreativ yondoshish xususiyatlarini aniqlash masalalari oydinlashtirilgan. Ingliz va o‘zbek ertaklarining obrazlar tarkibi yetakchi va ko‘makchi obrazlardan iboratligi, ularning poetik vazifasiga, badiiy tavsiflanishiga ko‘ra farqlanishi ham nazariy, ham amaliy jihatdan ochiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish