Hamraeva Nargiza Shodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Abulg‘ozi Bahodirxonning ilmiy merosi va uning tarixiy ahamiyati”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/Tar774.
Ilmiy rahbar: Vohidov Shodmon Xusenovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat unversiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Qabulov Eshbolta Atamuratovich, tarix fanlari doktori, professor;  Abdullaev Utkir Ismoilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abulg‘ozi Baxodirxonning tarixiy – ilmiy merosi bo‘yicha bugunga qadar to‘plangan bilimlar dinamikasini tahlil etish, mavzu bo‘yicha mavjud ma’lumotlarni ilmiy muomolaga kiritish jarayonida ilmiy yondoshuvlar, qarashlar va zamonaviy muammolarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva xonligining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti muayyan tarixiy davr, ya’ni XVI asrning boshlaridan to XVII asrning 60- yillarigacha bo‘lgan vaqt yaxlit va izchil tarzda o‘sha davr manbalari asosida ilk marta ochib berilib, Abulg‘ozi Bahodirxon yashagan davrda Xivadagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy muhitning nisbatan barqarorlashgan jihatlari  (o‘zaro aloqalar , savdo-sotiq, urushlarning kamayishi kabi) aniqlangan;
Abulg‘ozi Bahodirxonning sulolasi, ya’ni Arabshohlarning Xiva xonligida tutgan o‘rni, aynan  Abulg‘ozining xonlik manfaatlarini ko‘zlab olib borgan siyosiy kurashi natijasida o‘zbek urug‘lari mavqeining kuchayishi tufayli boshqaruv tizimida islohotlar o‘tkazilib mukammallashganligi dalillangan;
Abulg‘ozi Bahodirxonning Xorazm tarixnavislik maktabi asoschisi ekanligi uning “Shajarayi turk ”, “Shajarayi tarokima”, va “Manofe’ al- inson” kabi asarlari orqali asoslangan;
Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarining ma’lumotlari asosida vohada kechgan etnomadaniy jarayonlar, xalqaro munosabatlari ochib berilib, XVI asrning boshlari – XVII asrning 60-yillaridagi davrda Bahodirxonning tibbiyot sohasidagi xizmatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abulg‘ozi Bahodirxonning ilmiy merosi va uning tarixiy ahamiyati mavzusi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
Xiva xonligining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti muayyan tarixiy davr, ya’ni XVI asrning boshlaridan to XVII asrning 60- yillarigacha bo‘lgan vaqt yaxlit va izchil tarzda o‘sha davr manbalari asosida ilk marta ochib berilib, Abulg‘ozi Bahodirxon yashagan davrda Xivadagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy muhitning nisbatan barqarorlashgan jihatlari  (o‘zaro aloqalar , savdo-sotiq, urushlarning kamayishi kabi) aniqlanganligi hamda Abulg‘ozi Bahodirxonning sulolasi, ya’ni Arabshohlarning Xiva xonligida tutgan o‘rni, aynan  Abulg‘ozining xonlik manfaatlarini ko‘zlab olib borgan siyosiy kurashi natijasida o‘zbek urug‘lari mavqeining kuchayishi tufayli boshqaruv tizimida islohotlar o‘tkazilib mukammallashganligi dalillangaiga oid xulosalar Xalqaro Oltin meros xayriya jamoat fondi faoliyatida foydalanilgan (Xalqaro Oltin meros xayriya jamoat fondining 2022 yil 24 sentyabrdagi 01-35-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi Abulg‘ozi Bahodirxon ilmiy –madaniy merosining ahamiyatini yanada chuqurroq tasavur etishga xizmat qilgan;
Abulg‘ozi Bahodirxonning Xorazm tarixnavislik maktabi asoschisi ekanligi uning “Shajarayi turk ”, “Shajarayi tarokima”, va “Manofe’ al- inson” kabi asarlari orqali asoslangani hamda Abulg‘ozi Bahodirxon asarlarining ma’lumotlari asosida vohada kechgan etnomadaniy jarayonlar, xalqaro munosabatlari ochib berilib, XVI asrning boshlari – XVII asrning 60-yillaridagi davrda Bahodirxonning tibbiyot sohasidagi xizmatlari dalillanganligiga oid yangiliklar O‘zbekiston teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “ Taqdimot”  ko‘rsatuvida  foydalanilgan, (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” Davlat unitar korxonasining 2022 yil 13 maydagi 02-31-622-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi Abulg‘ozi Bahodirxonning ilmiy merosini madaniy, harbiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatdan o‘ziga xos tomonlari bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish