Xayrullaeva Nodira Nematilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohalari tilida metaforaning o‘rni (ingliz va o‘zbek tillari qiyosida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil999.
Ilmiy rahbar: Abuzalova Mexriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.06.2021.Fil.72.03.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raeva Malohat Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, professor; Xodjaeva Dilafruz Izzatilloevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Ingliz va o‘zbek iqtisodiy matnlarida ishlatidigan metaforalarning qo‘llanish xususiyatlarini tavsiflash, taqqoslash hamda ulardagi differensial xosliklarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek lingvomadaniyatida iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohalari tilidagi metaforalarning genetik-kul’turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi, metaforaning iqtisodiyot tilidagi o‘rni masalalari insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligi dalillangan;
tadqiq etilayotgan tillardagi iqtisodiyotga oid metaforalarning o‘ziga xosligi maxsus semantika bilan bevosita qo‘llanishi, uning nominativ, informativ, mnemonik, matn hosil qilish, emotsional baholash, konspiratsiya, konseptual, tasviriy, o‘yin, marosimiy (ritual), janr hosil qilish kabi vazifalarda qo‘llanilishi hamda iqtisodiy matnda aks etgan iqtisodiy tushunchalarni adresatga vizual, obrazli tarzda ifodalash orqali etkazish imkonini berishi asoslangan;
qiyoslanilayotgan lingvomadaniyatlarda iqtisodiy metaforalarni ma’lum bir lisoniy ma’noviy guruhga ajratishda semantik omil birlamchi ahamiyatga ega ekanligi, ularni ma’lum bir mavzuviy guruhga ajratish chegaralanmaganligi har qanday zamon va makonda metaforalarni yaratish imkoniyati, metaforaning semantik tabiatidan kelib chiqqan holda ularni ma’lum bir lisoniy ma’noviy guruhlarga ajratish mavqei aniqlangan;
o‘zbek tilidagi xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llanuvchi iqtisodiy metaforalarning kelib chiqishi va iste'molga kiritilishida ingliz tilining dominantligi, mazkur metaforalarning rivojlangan mamlakatlarda xizmatlar ustunlik qiladigan iqtisodiyot xarakterli ekanligi, o‘zbek milliy iqtisodiyoti esa asosan qishloq xo‘jaligi, tog‘-kon sanoatiga asoslangani va bu holat tilda ham o‘z ifodasini topishi bilan izohlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohalari tilida metaforalarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohalari tilidagi metaforalarning genetik-kul’turologik, ijtimoiy-tarixiy va lisoniy-madaniy omillar ta’sirida shakllanganligi, metaforaning iqtisodiyot tilidagi o‘rni masalalari insoniyat sivilizatsiyasi bosqichlari bilan parallel ravishda yuzaga kelganligiga oid nazariy xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2017-2020 yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022-yil 15-noyabrdagi 321-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohalari tilidagi metaforalarning talqin va tadqiqi mavjud dasturlar va qo‘llanmalarda keng foydalanilib, ta’lim jarayonida sohalar bo‘yicha so‘z boyligi samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tadqiq etilayotgan tillardagi iqtisodiyotga oid metaforalarning o‘ziga xosligi maxsus semantika bilan bevosita qo‘llanishi, uning nominativ, informativ, mnemonik, matn hosil qilish, emotsional baholash, konspiratsiya, konseptual, tasviriy, o‘yin, marosimiy(ritual), janr hosil qilish kabi vazifalarda qo‘llanilishi hamda iqtisodiy matnda aks etgan iqtisodiy tushunchalarni adresatga vizual, obrazli tarzda ifodalash orqali etkazish imkonini berishiga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2021 yillarda bajarilgan A-OT-2021-2 “Tibbiyotga oid atamalar elektron platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 11-noyabrdagi 04/1-3092-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari ikki til doirasidagi iqtisodiy metaforalar tahliliga asoslangan soha lug‘atlarini yaratishga oid yangi ilmiy manba va ma’lumotlar bilan boyigan.
qiyoslanilayotgan tillardagi iqtisodiyotning xizmat ko‘rsatish sohalari tilidagi metaforalarning fanlararo tabiati va yagona talqinda ishlatiladigan tushuncha ma’nosini etarli darajada etkazish zarurati bilan bog‘liq bo‘lgan fiksatsiya va qo‘llanilish sohasidagi metaforalarni bevosita tartibga solish zarurligi bilan bog‘liq xulosalardan Buxoro davlat universitetida 2018-2019-yillarda bajarilgan AQShning “FEP- faculty enrichment program” mavzusidagi xorijiy ilmiy tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2022-yil 23-apreldagi 05-01-0817-son ma’lumotnomasi). Natijada iqtisodiy metaforalardan muloqotda fikr ifodalashga doir yangi ma’lumotlar masalalarini ko‘rib chiqishda zaruriy ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
o‘zbek tilidagi xizmat ko‘rsatish sohalarida qo‘llanuvchi iqtisodiy metaforalarning kelib chiqishi va iste'molga kiritilishida ingliz tilining dominantligi, mazkur metaforalarning rivojlangan mamlakatlar uchun xizmatlar ustunlik qiladigan iqtisodiyot xarakterli ekanligi, o‘zbek milliy iqtisodiyoti esa asosan qishloq xo‘jaligi, shuningdek, tog‘-kon sanoatiga asoslangani va bu holat tilda ham o‘z ifodasini topishi bilan izohlanishi bilan bog‘liq xulosa va natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasida “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi turkum ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2022-yil 4-noyabrdagi 1/275-son ma’lumotnomasi). Natijada telekompaniya ijodiy jamoasining sohaviy, keng omma tinglovchilarining lingvokulturologik bilimlari boyitilishiga, ingliz va o‘zbek tillarida iqtisodiy metaforalarning o‘rnini, mazmun-mohiyatini, bildirilgan fikrni teletomoshabinlarga mantiqiy etkazishni boyitishga erishilgan.