Xodjaeva Fotima Nabixonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ahmad G‘azzoliy tasavvufiy qarashlarining falsafiy asoslari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fal623.
Ilmiy rahbar: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetova Gulnoz Miraxrorovna, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillari instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi Ahmad G‘azzoliy ilmiy-ma’rifiy qarashlarining tasavvufiy-falsafiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ahmad G‘azzoliyning tasavvuf tarixidagi irfoniy-falsafiy g‘oyalar rivojiga fiqh, musulmon dunyosi va yunon ilm-fani kabi aqliy-intellektual an’analar asosida hissa qo‘shganligi, islomda Qur’on, Sunna, Kalom g‘oyalari, tasavvufda ishq va zavq-shavq hamda go‘zal axloqiy fazilatlar sifatida ilgari surgan “aql”, “ilm”, “hilm”, “shukr”, “sabr” omillariga ahamiyat beradigan so‘fiylik yo‘lining yangi zaminlarini ishlab chiqqanligi asoslab berilgan;
mutafakkirning “Bahrul haqiqat” (Haqiqat ummoni) asaridagi “yaqin”, “hayrat”, “hayot”, “baqo”, “visol”, “rioyat” va “faqr” kabi maqomlarning inson qalbi va axloqining kamolotida, ilm olish, ijobiy axloqiy fazilatlarni jamlash, komillikka erishishda “ummonlarni oshib o‘tish yo‘li” ekanligi hamda G‘arb va Sharq tasavvuf ilmiga falsafiy, madaniy va axloqiy qarashlari orqali ta’sir o‘tkazganligi aniqlashtirilgan;
Ahmad G‘azzoliyning “Savonih ul-’ushshoq” ishq haqida yozilgan fors tilidagi asarida oshiq (suluk) va mashuq (Haq)ning ichki qalbdagi ishq holati, ma’shuqaning oshiq ustidan mutlaq hukmronligi, birlik va fazilat, ishq va ayriliq, ishq va rashk kabi tushunchalarning sayr-u suluk (tariqat, Allohga oshiqlik yo‘li)da qudsiy haqiqatga olib borishi, turli orizalar (aksidensiyalar) va illatlar (sabablar)dan xalos etishi, komillikka etaklashi va uyg‘unlashuvi asoslangan;
mutafakkirning ma’naviy merosida ilgari surilgan qalb va ma’rifat “muhabbat”ning asosi, tavhid qabning burchi va Haq visoliga erishish yo‘llari to‘g‘risidagi qarashlarning taqvo (gunohga sabab bo‘ladigan harakatlardan saqlanish), sidq (tog‘rilik, rostg‘oylik, ilm kabi tamoyillari insonni izzat, karomat, yuksak martaba, shariatga rioyat, viqor (vazminlik)ga xos dunyoviy darajaga, Allohning atosi, qadr-qiymat va husn-jamol, rizolik, rahmat, ne’mat, shafoatga xos oxirat darajalariga vasf qilishi dalillangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ahmad G‘azzoliy tasavvufiy qarashlarining falsafiy asoslarini tadqiq etish bo‘yicha olingan xulosalar asosida:
Ahmad G‘azzoliyning tasavvuf tarixidagi irfoniy-falsafiy g‘oyalar rivojiga fiqh, musulmon dunyosi va yunon ilm-fani kabi aqliy-intellektual an’analar asosida hissa qo‘shganligi, islomda Qur’on, Sunna, Kalom g‘oyalari, tasavvufda ishq va zavq-shavq hamda go‘zal axloqiy fazilatlar sifatida ilgari surgan “aql”, “ilm”, “hilm”, “shukr”, “sabr” omillariga ahamiyat beradigan so‘fiylik yo‘lining yangi zaminlarini ishlab chiqqanligiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan “Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining Buxoro viloyat Xalq deputatlari Kengashi huzuridagi jamoatchilik fondining 2019-yil 6-noyabrdagi 10-01/3-son “Ijtimoiy sheriklik doirasida Abu Havs Kabir muqaddas qadamjosini obodonlashtirish, ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot choralari amalga oshirish” (2019-2020 yy) amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (“Buxoro merosi” ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 28-martdagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom dini va falsafasi, tasavvuf ta’limotining yosh avlod ma’naviy olamini boyitish, mafkuraviy immunitetini oshirishda ma’rifiy dunyoqarash hamda falsafiy mushohadasini kengaytirishga xizmat qilgan;
mutafakkirning “Bahrul haqiqat” (Haqiqat ummoni) asaridagi “yaqin”, “hayrat”, “hayot”, “baqo”, “visol”, “rioyat” va “faqr” kabi maqomlarning inson qalbi va axloqining kamolotida, ilm olish, ijobiy axloqiy fazilatlarni jamlash, komillikka erishishda “ummonlarni oshib o‘tish yo‘li” ekanligi hamda G‘arb va Sharq tasavvuf ilmiga falsafiy, madaniy va axloqiy qarashlari orqali ta’sir o‘tkazganligiga oid ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil yanvar-fevral oylaridagi “Assalom, Buxoro”, “Sakkizinchi mo‘jiza” kabi ko‘rsatuvlarlarini ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 9-iyundagi 09-02-145-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida milliy va diniy bag‘rikenglikni shakllantirish, ilm olishga intilishni rag‘batlantirish va undash, axloqiy tarbiyani rivojlantirish va tajovuzkor radikal g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda ijobiy ta’siri e’tirof etilgan;
Ahmad G‘azzoliyning “Savonih ul-’ushshoq” ishq haqida yozilgan fors tilidagi asarida oshiq (suluk) va mashuq (Haq)ning ichki qalbdagi ishq holati, ma’shuqaning oshiq ustidan mutlaq hukmronligi, birlik va fazilat, ishq va ayriliq, ishq va rashk kabi tushunchalarning sayr-u suluk (tariqat, Allohga oshiqlik yo‘li)da qudsiy haqiqatga olib borishi, turli orizalar (aksidensiyalar) va illatlar (sabablar)dan xalos etishi, komillikka etaklashi va uyg‘unlashuviga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining Nizomi II “Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari” bobida belgilangan qo‘lyozmalar katalogini yaratish bandini ijro etishda hamda ijtimoiy buyurtma asosida chop etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” kitob mazmuniga sindirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 15-iyundagi 02/287-son ma’lumotnomasi). Natijada, islom dini va falsafasi, tasavvuf ta’limotining yosh avlod ma’naviy olamini boyitish, mafkuraviy immunitetini oshirishda ma’rifiy dunyoqarash hamda falsafiy mushohadasini kengaytirishga xizmat qilgan;
mutafakkirning ma’naviy merosida ilgari surilgan qalb va ma’rifat “muhabbat”ning asosi, tavhid qabning burchi va Haq visoliga erishish yo‘llari to‘g‘risidagi qarashlarning taqvo (gunohga sabab bo‘ladigan harakatlardan saqlanish), sidq (tog‘rilik, rostg‘oylik, ilm kabi tamoyillari insonni izzat, karomat, yuksak martaba, shariatga rioyat, viqor (vazminlik)ga xos dunyoviy darajaga, Allohning atosi, qadr-qiymat va husn-jamol, rizolik, rahmat, ne’mat, shafoatga xos oxirat darajalariga vasf qilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlarni targ‘ib qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” asosida qo‘lyozmalar katalogini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiya markazining 2023-yil 16-iyundagi 08-17/513-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot xulosalari, taklif va tavsiyalari islomshunoslik sohasiga oid ilmiy to‘plam va kitoblarni boyitishga, yoshlarni ilm-ma’rifatga da’vat etishga, milliylik va diniylik o‘rtasidagi uyg‘unlik mohiyatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan media mahsulotlar, ilmiy ishlanma va tavsiyalarni tayyorlashga islom manbalarini o‘rganish bo‘yicha o‘quv kurslari va Kitobat ilmi maktabini tashkil etishda metodologik asosi sifatida xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish