Safarov Ulug‘bek Tursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniy jarayonlar transformatsiyasida yoshlar etikasini shakllantirish omillari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fal869.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor; Yaxshilikov Jo‘ravoy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv va integrasiyalashuv dasvrida madaniy jarayonlar transformatsiyasining yoshlar axloqini shakllantirishga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv va integrasiyalshuvning kuchayib borish sharoitida ijtimoiy-madaniy jarayonlarning transformatsiyasiga xos xususiyatlar (o‘z-o‘zini tashkil etish, boshqarish va identiklik)ning sinergetik mohiyati hamda ta’lim tizimi va ilm-fanni rivojlantirish, xalqaro madaniy aloqalarni samarali tashkil etish kabi metodologik asoslari, milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash, milliy o‘zlikni anglash va insonparvarlikni targ‘ib etish kabi ijtimoiy mohiyati ochib berilgan;
milliy madaniyatlarning jahon madaniyati bilan uyg‘unlashuvida milliy qadriyatlarga rahna soluvchi haqiqatni soxtalashtirish, siyosiy va diniy ekstremizm kabi g‘oyaviy tahdidlarni oldini olishda yoshlar axloqini takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlarini tanqidiy fikrlash, o‘zaro ta’sir o‘tkazish va muloqot qilish qobiliyatiga, ijodiy yondoshishga yo‘naltirilgan kreativ metodlari takomillashtirilgan;
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashda yoshlar axloqiy madaniyatini shakllantirishning muomala odobi, ijtimoiy munosabatlarga kirishish va kasb etikasi kabi ichki, adolatlilik, bag‘rikenglik va halollik kabi tashqi xususiyatlari asosida jamiyatda uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish xususiyatlari takomillashtirilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlarga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlarni yaratish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash sharoitida madaniy jarayonlarning yangilanishiga xos Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni hamda zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish orqali ma’naviyatini yuksaltirish omillarini asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniy jarayonlar transformatsiyasida yoshlar etikasini shakllantirish omillari doirasida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalari asosida:
globallashuv va integrasiyalshuvning kuchayib borish sharoitida ijtimoiy-madaniy jarayonlarning transformatsiyasiga xos xususiyatlar (o‘z-o‘zini tashkil etish, boshqarish va identiklik)ning sinergetik mohiyati hamda ta’lim tizimi va ilm-fanni rivojlantirish, xalqaro madaniy aloqalarni samarali tashkil etish kabi metodologik asoslari, milliy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash, milliy o‘zlikni anglash va insonparvarlikni targ‘ib etishga doir ilmiy yangiliklar va taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 47-09/07-13-son “Kitobxonlikka yangi qadam” nomli grant loyihasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat fondining 2022-yil 25-oktyabrdagi 23/1-608-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasidagi globallashuv sharoitida tinchlik va barqarorlikka tahdid soluvchi g‘oyaviy, mafkuraviy xurujlariga qarshi kurashishning zamonaviy-o‘ziga xos mexanizmlaridan keng foydalanish, xususan, loyiha doirasidagi milliy axloqiy normalarni targ‘ib etuvchi milliy adabiyotlar bazasini shakllantirish va targ‘ibot tadbirlarini ilmiy-amaliy ahamiyatini oshishiga xizmat qilgan;
milliy madaniyatlarning jahon madaniyati bilan uyg‘unlashuvida milliy qadriyatlarga rahna soluvchi haqiqatni soxtalashtirish, siyosiy va diniy ekstremizm kabi g‘oyaviy tahdidlarni oldini olishda yoshlar axloqini takomillashtirishning zamonaviy mexanizmlarini tanqidiy fikrlash, o‘zaro ta’sir o‘tkazish va muloqot qilish qobiliyatiga, ijodiy yondoshishga yo‘naltirilgan kreativ metodlari bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar, ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2019-yil 1-noyabrdagi VI Sezdida tasdiqlangan Dasturi IV. Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatdata’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2022-yil 20-oktyabrdagi 02/01-216-son ma’lumotnomasi). Natijada, globallashayotgan dunyoning o‘ziga xos jihatlari borasidagi bilim va ko‘nikmalarni yuksaltirish yuzasidan tashkil qilingan o‘quvlarnin mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashda yoshlar axloqiy madaniyatini shakllantirishning muomala odobi, ijtimoiy munosabatlarga kirishish va kasb etikasi kabi ichki, adolatlilik, bag‘rikenglik va halollik kabi tashqi xususiyatlari asosida jamiyatda uzlyuksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasini amalga oshirish xususiyatlariga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021-2022 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi IX yo‘nalishi 37 bandi “Geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, turli ma’naviy tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu boradagi xalqaro tajribani o‘rganish”ga qaratilgan targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 26-oktyabrdagi 02-22/386-son ma’lumotnomasi). Natijada, dessirtasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar bugungi kunda mamlakatimizda milliy g‘urur, vatanparvarlik, insoniylik kabi xususiyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli ma’naviyatli barkamol yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda yoshlarga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun imkoniyatlarni yaratish, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash sharoitida madaniy jarayonlarning yangilanishiga xos Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas’uliyatlilik, bag‘rikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni hamda zalolatga boshlovchi buzg‘unchi g‘oyalarga karshi sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish orqali ma’naviyatini yuksaltirish omillarifa oid amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar siyosatini amalga oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarida, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi to‘g‘risida NIZOMning “III. Agentlik va uning hududiy bo‘linmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari” bobida belgilangan amaliy loyihalarni tashkillashtirishda va samaradorligini oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022-yil 24-oktyabrdagi 2-13-23-3496-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan himoya qilish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga hamda transformatsiya jarayonlarida yoshlar etikasi, globallashayotgan dunyoning o‘ziga xos jihatlari borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish