Xakimova Maxruya Abdulhayovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda yoshlar faolligini oshirishning ma’naviy asoslari (NNT lar misolida)», 09.00.09 – Ma’naviy jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ss427.
Ilmiy rahbar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti – Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/29.12.2022.F/Ss.135.01.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odiljon Raxmatovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xolmaxmatov Azimjon Xazratkulovich, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yoshlar faolligini oshirishning ma'naviy asoslari borasida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini o‘rganish bilan bogʻliq muammolar va ularning echimini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat tashkilotlarning yoshlar ma’naviy faolligini oshirish uchun mo‘ljallangan amaliy-loyihaviy harakatlarini davlatning shu yonalishdagi faoloiyati bilan integratsiyalashuvini ta’minlash ulardagi loqaydlik, nosog‘lom yot g‘oyalar ta’siridan himoyalashda samarali natija berishlishi asoslangan;
jamiyatda qadriyatlar transformatsiyasida yoshlarga an’anaviy tarbiya usul va vositalarini qo‘llash barobarida “tengdosh-tengdoshga oyna” ijtimoiy loyihasiga ko‘ra salohiyatli yoshlar imkoniyatlaridan foydalanish ularda ma’naviy-tarbiyaviy ko‘nikmalarning shakllanishiga substansional omil bo‘lib xizmat qilishi ochib berilgan;
yoshlarda intellektual salohiyatni oshirish, xulqiy kompetentlik, ijobiy ta’sir va tashabbuskorlik kabi ijtimoiy-axloqiy mezonlar an’anaviy qadriyatlarning yoshlar ma’naviy-axloqiy faolligini oshirishdagi tutgan o‘rnini baholash hamda milliy ma’naviyatimizni yoshlar ongiga singdirishga mo‘ljallangan priventiv loyihalarga ko‘ra takomillashtirilgan;
jamiyat ijtimoiy hayotida yoshlar ishtirokini kengaytirish, dunyoqarashni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv jarayonini jadalashtirish hamda oila, ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘zaro integratsiyalashuviga erishish tizimda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi samarasini belgilovchi muhim ma’naviy omil ekanligi aniglangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda yoshlar faolligini oshirishing ma’naviy asoslarida nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini takomillashtirish doirasida ishlab chiqilgan ijtimoiy-siyosiy takliflar asosida:
yoshlar faolligining ma’naviy asoslarini mazmun-mohiyatini o‘rganishda 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasini to‘rtinchi yo‘nalishida, yoshlarda intellektual salohiyatni oshirish, xulqiy kompetentlik, ijobiy ta’sir va tashabbuskorlik kabi ijtimoiy-axloqiy mezonlar an’anaviy qadriyatlarning yoshlar ma’naviy-axloqiy faolligini oshirishdagi tutgan o‘rnini baholash hamda milliy ma’naviyatimizni yoshlar ongiga singdirishga mo‘ljallangan priventiv loyihalarga ko‘ra takomillashtirish kabi maqsadli dasturlarni amalga oshirishda “Jamiyat taraqqiyotida siyosiy partiyalarning o‘rni”, “Korrupsiyasiz jamiyat sari”, “Biz buyuk allomalar farzandlarimiz”, “Ma’rifatli yoshlar – millat faxri” mavzularidagi tadbirlarni o‘tkazishda foydalanilgan. (O‘zbekiston XDP Kengashining 2021 yil 20 apreldagi 89-03-2725-son ma’lumotnomasi). Bu tadbirlar yoshlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish jamiyat rivojida ijobiy natijalarini berishi sifatida manba bo‘lib hizmat qilgan;
nodavlat tashkilotlarning yoshlar ma’naviy faolligini oshirish uchun mo‘ljallangan amaliy-loyihaviy harakatlarini davlatning shu yonalishdagi faoloiyati bilan integratsiyalashuvini ta’minlash ulardagi loqaydlik, nosog‘lom yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash, jamiyatda qadriyatlar transformatsiyasida yoshlarga an’anaviy tarbiya usul va vositalarini qo‘llash barobarida “tengdosh-tengdoshga oyna” ijtimoiy loyihasiga ko‘ra salohiyatli yoshlar imkoniyatlaridan foydalanish ularda ma’naviy-tarbiyaviy ko‘nikmalarning shakllanishiga substansional omil bo‘lib xizmat qilishi kabi jarayonlar davlat siyosati darajasida ekanligini anglatadi. (O‘zbekiston milliy teleradio-kompaniyasining 2021 yil 19 maydagi 02-40-776-son ma’lumotnomasi). Bu vaziyatlarni yoshlar tomonidan ijobiy qabul qilinishida OAV, ijtimoiy tarmoqlar, “Mavzu”, “Tarixiy savol” ko‘rsatuvlari orqali ta’sir etishida manba sifatida xizmat qilgan;
jamiyat ijtimoiy hayotida yoshlar ishtirokini kengaytirish, dunyoqarashni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv jarayonini jadalashtirish hamda oila, ta’lim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘zaro integratsiyalashuviga erishish tizimda amalga oshirilayotgan loyihalar ijrosi samarasini belgilovchi muhim ma’naviy omil sifatida yoshlar faolligini ma’naviy asoslari rivojlantirish, ular bandligini ta’minlashdagi institutsional o‘zgarishlar tizimini siyosiy jihatdan asoslangan tavsiflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekistonda “Yoshlar kuni”ni nishonlash tadbirlarida shuningdek, Milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi targ‘ibotini amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 04 apreldagi 01/07-437-son dalolatnomasi). Natijada yoshlar faollifini oshirishning ma’naviy omillarini rivoilantirishning samarali chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amaliyotga qo‘llanishiga hizmat qilgan.