Mavlonov Obid Nizomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompyuter tarmoqlarida axborotni himoyalashning takomillashtirilgan steganografik usul va algoritmlari», 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3639.
Ilmiy rahbar: Ganiev Abduxalil Abdujalilovich, texnika fanlari nomzodi., dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Karimov Madjid Malikovich, texnika fanlari doktori, professor; Yusupov Bahodir Karamatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «UNICON.UZ» - fan – texnika va marketing tadqiqotlar markazi.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarmoqda axborotni xavfsiz, samarali uzatishga imkon beruvchi steganografik usul, algoritmlarni ishlab chiqish va tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot hajmini kamaytirish, maxfiyligini va xalallarga bardoshligini ta’minlash orqali gipermatnlarni uzatish protokolining so‘rov paketiga axborotni xavsiz yashirish va ajratib olish algoritmlari ishlab chiqilgan;
simmetrik va ochiq kalitli shifrlash usullaridan birgalikda foydalanish orqali yashiringan axborotni konfidensialligini ta’minlovchi, zamonaviy kriptografik algoritmlarga asoslangan kripto-steganografik usul ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarni yashiringanligini aniqlay olmaslik imkoniyatini taqdim etuvchi retranslatsiya steganografiyasi algoritmi yashiruvchi, kompensator va filter yordamida nazorat qiymatlarini taqqoslash orqali takomillashtirilgan;
amalda foydalanish va xavfsizlik darajasini aniqlash maqsadida takomillashtirilgan retranslyasiya steganografiyasi algoritmi stegotahlil usullari yordamida tarmoq kengligi va qayta uzatish farqi kabi omillar bo‘yicha baholangan;
steganografik algoritmlarda ma’lumotni yashirish samaradorligini hisoblashning uzatishda foydalanilgan kontent hajmi va yashirish sig‘imi parametrlariga asoslangan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
HTTP protokoli so‘rov paketlarida retranslatsiya steganografiyasi usuli yordamida xabarlarni yashirib uzatish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Takomillashtirilgan retranslatsiya steganografiyasi usuli va algoritmi asosida ishlab chiqilgan dasturiy vosita “O‘zbektelekom” AK “TTT” filiali tarmog‘ida axborotni uzatish va qabul qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 33-8/5447-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ikkita obekt o‘rtasida xabarlarni 5% li qayta uzatish ehtimoli holatida 9682 b/s o‘rtacha tezlik bilan yashirib uzatishga imkon bergan;
HTTP protokoli soʻrov paketiga axborotni yashirishning HTTP steg dasturiy vositasi “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi Toshkent shahar hududiy bo‘limi faoliyatida axborotni uzatish jarayonida foydalanuvchilar ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 10-avgustdagi 33-8/5447-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijasida sinov davomida 145-1514 bayt oralig‘idagi so‘rov paketlariga 1369 baytgacha maxfiy xabarlar yashirib uzatishga erishilgan hamda HTTP steg dasturiy vositasi 82% samaradorlik ko‘rsatkichini qayd etgan;
Takomillashtirilgan retranslyasiya steganografiyasi dasturiy vositasi “UNICON SOFT” MChJ Samarqand viloyat bo‘limining aloqa tarmog‘ida foydalanuvchilar maxfiy ma’lumotlarini yashirib uzatish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil
10-avgustdagi 33-8/5447-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida 3 065 675 baytli ochiq ma’lumotni uzatish davomida retranslyasiya steganografiyasi dasturiy vositasi yordamida 6,03 sekund vaqtda 61350 bayt maxfiy ma’lumotni uzatishga erishilgan.