Xalimov Javlonbek Shaxriyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mintaqa sanoatida raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirish mexanizmi», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Iqt2041.
Ilmiy rahbar: Muhitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norqobilov Nusratilla Norsaitovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa sanoatida raqamli transformatsiya jarayonlarini takomillashtirishning tashkiliy-iqtisodiy va uning raqamlashtirish holatini indikativ rejalashtirish hamda mintaqa sanoatining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa sanoati transformatsiyalash jarayonlarini takomillashtirishda "transformatsiyalash jarayonlari mexanizmi", "iqtisodiy mexanizm", "moliyaviy mexanizm", "boshqaruv mexanizmi" tushunchalari takomillashtirilgan;
mintaqa sanoatini raqamli transformatsiyalashda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida sinergiya samaradorligini oshirishda hududlarda sanoat  tarmoqlarining hajmi, narxi va sotish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan jarayonning imitatsion modellari takomillashtirilgan;
mintaqa sanoatini raqamli transformatsiyalashda AHP (analytic hierarchy process) yuqori darajada izchillik asosida sanoat mahsulotlari bozorida raqobatbardosh ustunlikka erishish uchun tarmoqlardagi o‘zgarishlarni sinxronizatsiya qilishning sxemasi taklif qilingan;
mintaqa sanoatida ishlab chiqarish sub’ektlari tomonidan yaratilgan mahsulot hajmini indikativ rejalashtirishda  raqamli transformatsiyalash jarayonlarini amalga oshirishni ifodalovchi mezonlarning 2027-yilga qadar  prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida mintaqa  sanoatini  transformatsiya jarayonlarini AKT dan foydalanib takomillashtirish, uning tuzilmasini asosiy yo‘nalishlarini o‘ziga xos ilmiy-uslubiy asoslarini o‘rganish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa sanoati transformatsiyalash jarayonlarini takomillashtirishda "transformatsiyalash jarayonlari mexanizmi", "iqtisodiy mexanizm", "moliyaviy mexanizm", "boshqaruv mexanizmi" tushunchalarini takomillashtirish bo‘yicha taklifi “Ekonometrika asoslari” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Muxiddinov X.S.. Xatamov O.Q, Raximov A.N. Ekonometrika asoslari” o‘quv qo‘llanmasi. Qarshi: “Intellekt” nashiryoti, 2021-287 bet). Natijada ushbu tushunchalarning mohiyatini ilmiy jihatdan asoslashga imkoniyat yaratilgan;
mintaqa sanoatini raqamli transformatsiyalashda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida sinergiya samaradorligini oshirishda hududlarda sanoat  tarmoqlarining  hajmi, narxi va sotish hajmini oshirishga yo‘naltirilgan jarayonning imitatsion modellari natijalaridan Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 27-oktyabrdagi “Mintaqa sanoat sektor tarmoqlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 478-4-0-T/62-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-15-4990-son ma’lumotnomasi).  Natijada, mintaqa sanoati ishlab chiqarishini rivojlantirish bo‘yicha samaradorlikni oshirishga imkoniyat yaratilgan;
mintaqa sanoatini raqamli transformatsiyalashda AHP (analytic hierarchy process) yuqori darajada izchillik asosida sanoat mahsulotlari bozorida raqobatbardosh ustunlikka erishish uchun tarmoqlardagi o‘zgarishlarni sinxronizatsiya qilishning sxemasi bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 27-oktyabrdagi “Mintaqa sanoat sektor tarmoqlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 478-4-0-T/62-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-15-4990-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa sanoat mahsulotlari bozorida raqobatbardosh ustunlikka erishish uchun sanoat korxonalari hamda tegishli tarmoqlardagi samaradorlikni oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
mintaqa sanoatida ishlab chiqarish sub’ektlari tomonidan yaratilgan mahsulot hajmini indikativ rejalashtirishda  raqamli transformatsiyalash jarayonlarini amalga oshirishni ifodalovchi mezonlarning 2027-yilga qadar  prognoz parametrlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2021-yil 27-oktyabrdagi “Mintaqa sanoat sektor tarmoqlarni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 478-4-0-T/62-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 28-apreldagi 11/03-15-4990-son ma'lumotnomasi). Olingan natijada asosida mintaqa sanoat subektlar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot hajmi 2022-yilga nisbatan 1,03 borib o‘sishi, 2027-yilga borib esa 1,38 barobarga oshishning qo‘shimcha imkoniyatlari yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish