Mirzoev Akmal Ahadovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab reologiyaga ega bo‘lgan ko‘p fazali muhitlar mexanikasi nazariyasini rivojlantirish”, 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/FM132
Ilmiy maslahatchilar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:  f-m.f.d, Y.Dj.Xodjaev.
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent arxitektura qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: t.f.d., prof. S.I.Xudaykulov  – Irrigatsiya va suv muammolari instituti, “Suv omborlari va ularning xavfsizligi” laboratoriya mudiri,  f.-m.f.d., prof.  Ch.B.Normurodov – Termiz davlat universiteti, “Amaliy matematika va informatika” kafedrasi mudiri,    f-m.f.d., prof. K.M.Fedorov – Tyumen davlat universiteti qoshidagi Fizika texnika instituti ilmiy rahbari.
Yetakchi tashkilot nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Murakkab reologiyaga ega bo‘lgan ko‘p fazali muhitlar mexanikasi (KFM) nazariyasini rivojlantirish hamda mexanik va reologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘p fazali oquvchan muhitlarning matematik modellarini ishlab chiqish, oqim muhitida molyar ko‘chish impulsini hisobga olgan holda kuchlanma deformasion holatni topish.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oquvchan muhit tezlanish maydonining fazoviy geterogenligini va uning chiziqli zichligining turli qiymatlarida muhitning nisbiy hajm kengayish/qisqarish tezligini hisobga olgan holda harakat miqdorining molyar ko‘chish modeli ishlab chiqilgan;
 Dekart va silindrik koordinatalarda izotrop holat uchun deformatsiya tezlanish tenzorining elementlari, hamda deformatsiya tezlanishi modeli o‘rinli bo‘lish shartlari aniqlangan;
ichki ishqalanishning molekulyar va molyar kuchlarini hisobga olgan holda quvurda yopishqoq-inert oquvchan muhitlarning harakatlanish modeli ishlab chiqilgan hamda Bingam masalasining analitik va sonli echimlari olingan, turli tezlik profillarini shakllantirish mexanizmi va unda molyar ko‘chish roli aniqlangan;
inert deformasiyalanuvchi yopishqoq-elastik hamda kvazi-chiziqli reodinamik muhitlar turli relaksatsion (retardasion) yangi modellari ishlab chiqilgan, ular asosida chastotaga bo‘yicha kuchlanishning kritik, kuchli susayishi va garmonik relaksatsiyasi, hamda kuchlanish va boshqa reologik parametrlar  ta’siriga ko‘ra KDH turg‘un (noturg‘un) zonalari aniqlangan va avtotebranma deformatsion holat, yumshoq (qattiq) deformatsion rejim, reodinamik tizimning qo‘zg‘alishi koeffisienti kabi yangi tushunchalar kiritilgan;
moylanadigan qatlamlarning Reynolds yaqinlashishida yopishqoq-inert deformatsiyalanadigan muhitlarning harakatlanish modeli ishlab chiqilgan va shu bilan moylash va KFM nazariyasi rivojlantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.     
"Tog‘ jinslarida oquvchan muhitlar qatlami bor joylarida quvurlarni mahkamlash usuli" (23.12.2019 y. № IAP 06118);
"Quduqda plastik oquvchan tuzli qatlam joylashgan oraliqda o'rab turuvchi quvurlarning ezilishini oldini oluvchi usul" (31.05.2022 y. IAP 06118);    
"Quvurda konsentratsiyalangan gidroaralashmani gidravli  transportirovka qilishda tiqilishlar va to‘siqlarni oldini olish usuli" (15.10.2022 y. № IAP 07140);
F2-FA-0-83921/F2-FA-F0383 «O‘tkazgichlar va magnit materiallarida kuchli o‘zaro bog‘liqlik va ularning kritik parametrlarini hisoblash» fundamental grant loyihasi bajarishda o‘tkazgichlarning magnit material bilan o'zaro ta'sir modellarini takomillashtirishda inersiya muhitining yopishqoq-inert deformatsiyasining reologik modeli ishlatilgan. (O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 18 apreldagi 89-03-1528-sonli ma'lumotnomasi). Natijada, qo‘shimcha fazoviy geterogen anizotropiyaga ega bo‘lgan kristall panjaraning mahalliy deformatsiyasiga magnit maydon ta'sirida kristalning turli nuqsonlarini aniqlash imkonini bergan.
Tadqiqot natijalari "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" ("OKMK") AJ Misni boyitish fabrikasida konsentratsiyalangan gidroaralashmani gorizontal (qiya) quvurlarda gidrotransportirovkasida tiqilish va to‘siqlarni oldini olishni samarali usulini ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan ("OKMK" AJning 2022 yil 31 maydagi №63-184 ma'lumotnomasi). Natijada reologik va gidrodinamik parametrlarning kritik qiymatlari aniqlangan, qattiq zarrachalarning cho‘kishini, tiqilib qolishini oldini olish uchun qo‘shimcha quvurcha orqali etarlicha, yaʼni gidroaralashma oqimini real tezligini kritik tezlikka yaqinlashtirishiga mos suyuqlik etkazish orqali konsentratsiyalangan gidroaralashma gorizontal (qiya) quvurlarda gidrotransportirovka qilishning samaradorligini 7% ga, energiya tejamkorligini va ishonchliligini 10-15% ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish