Boboqulova Sarvara Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollarda giperandrogeniya tufayli kelib chiqqan reproduktiv buzilishlarning oldini olish va davolashda differensial yondashuv» 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib2043.
Ilmiy rahbar: Ashurova Nigora Gafurovna, tibbiyot fanlari  nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot  instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04.30.04.2022.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Lagiya Mirzatullaevna, tibbiyot  fanlari doktori, dotsent; Isanbaeva Landish Muxmaedzakievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy - tekshirish tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: giperandrogeniya tufayli kelib chiqqan ayollar reproduktiv funksiyasining buzilishlarida mas’ul steroid gormonlar, D vitamini etishmovchiligi va genetik omillarning ahamiyatini o‘rganish orqali diagnostika va davolashga differensial yondashuvni tanlash hamda oldini olish choralarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reproduktiv yoshdagi ayollarda giperandrogeniya sindromi rivojlanishida gormonal fon (FSG, LG, Prolaktin, TTG, T4 erkin fraksiyasi, umumiy testosteron, testosteron erkin fraksiyasi, DGEAS, 17-ON progesteron) va  25 (ON) D vitamini defisitining patogenetik ta’sir axamiyati, D vitamini tanqisligi giperandrogeniya rivojlanish xavfini 2,1 martaga oshirishi hamda giperandrogenizm kelib chiqishida prognostik samaradorligi isbotlangan;  
 TMI ko‘rsatkichlari bilan mas’ul steroid gormonlar va D vitamini miqdorlari o‘zaro korrelyasiya qilindi va semizlik va giperandrogeniya rivojlanishi orasida musbat bog‘liqlik aniqlangan;
o‘zbek populyasiyasida 655 A/C>G va rs9378252 polimorfizmlari mustaqil xolda 21-gidroksilaza defisitini rivojlantirish orqali noklassik tug‘ma adrenal giperplaziyaga olib kelishi va giperadrogenemiya rivojlantirishi isbotlangan;
giperandrogeniya sindromida reproduktiv funksiya buzilishlariga qarab, rivojlanish genezini hisobga olgan holda, patogenetik asoslangan kompleks davolash chora-tadbirlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 24 oktyabrdagi №23-Z/072 son xulosasiga ko‘ra;
Birinchi ilmiy yangilik. Giperandrogeniyasi bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollar orasida  noklassik turdagi buyrak usti bezi tug‘ma disfunksiyasini ajratish uchun CYP21A2 geni sekvenirlash tahlilida aniqlangan polomorfizmlarning genotipik-fenotipik va gormonal bog‘liqligi o‘rganilib, 655 A/C>G va rs9378252 polimorfizmlari mustaqil holda va boshqa polimofizmlar bilan qo‘shilib kelgan holda kasallikni yuzaga keltirishi aniqlangan.
Xulosa: Giperandrogeniya sindromini molekulyar-genetik tahlil yordamida differensial tashhislash bemorlar tekshiruv bosqichdagi kunlarning qisqarishi, glyukokortikoidlarni uzoq qo‘llash natijasida kelib chiqadigan asoratlarning oldi olinishi va o‘z vaqtida patogenetik davo amaliyotini olib borish orqali 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 986 689 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ayollarda giperandrogeniya tufayli kelib chiqqan   reproduktiv buzilishlarning oldini olish va davolashda differensial yondashuv» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 17 avgustdagi 04/3275-sonli xat yuborilgan.
Ikkinchi ilmiy yangilik. Ilk marotaba giperandrogeniya sindromi bilan kasallangan bemorlarda  gormonal fon (FSG, LG, Prolaktin, TTG, T4 erkin fraksiyasi, DGEAS, umumiy testosteron, testosteron erkin fraksiyasi, 17-ON progesteron) va 25(ON)D miqdorlari o‘zaro korrelyasiyasi o‘rganilgan va ushbu markerlarning giperandrogeniya rivojlanishidagi patogenetik ahamiyati tekshirilgan. D vitamini etishmovchiligi giperandrogeniya rivojlanish xavfini 2,1 martaga oshirishi isbotlangan.
Xulosa: giperandrogeniyasi bo‘lgan bemorlarda gormonlar va D vitamini patogenetik ahamiyatini o‘rganish orqali tashhisotni takomillashtirish va davolash samaradorligini oshirish natijasida 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 404 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 150 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ayollarda giperandrogeniya tufayli kelib chiqqan   reproduktiv buzilishlarning oldini olish va davolashda differensial yondashuv» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 17 avgustdagi 04/3275-sonli xat yuborilgan.
Uchinchi ilmiy yangilik. Tana massa indeksi (TMI) va gormonlar hamda D vitami miqdorlari o‘zaro bog‘liqligi o‘rganilgan. Giperandrogeniya va semizlik o‘rtasida musbat bog‘liqlik isbotlangan bunda LG\FSG disbalansiga bog‘liq bo‘lmagan holda TMI ga mos ravishda giperandrogeniyani mustaqil rivojlantirishi tasdiqlangan. TMIning oshishi giperandrogeniya rivojlanishidagi roli isbotlanib, hayot tarzini modifikatsiya qilish orqali ortiqcha tana vazni hamda semizlikning turli darajalarini davolash giperandrogeniya kompleks davolash samaradorligini oshirdi.
Xulosa: giperandrogeniyasi bo‘lgan bemorlarda taklif etilgan  diagnostika va davolash algoritmini qo‘llash natijasida operativ aralashuvlar kamayishi va reproduktiv funksiyalarning qisqa muddatda tiklanishi hisobidan 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 986 689  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ayollarda giperandrogeniya tufayli kelib chiqqan   reproduktiv buzilishlarning oldini olish va davolashda differensial yondashuv» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 17 avgustdagi 04/3275-sonli xat yuborilgan.
To‘rtinchi ilmiy yangilik. Giperandrogeniyasi bo‘lgan ayollarni differensial tashhislash va davolash uchun algoritm taklif etilgan bo‘lib, u asosida adekvat davo taktikasini tanlash va kompleks davolashni aniqlashga  imkon bergan. Ishlab chiqilgan differensial tashhislash va davo taktikasini tanlash algoritmiga ko‘ra, bemorlardagi patologik jarayonning kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan holda, glyukokortikoidlarni asossiz qo‘llash natijasida kelib chiqadigan nojo‘ya ta’sirlarni oldini olgan holda,  bemorlarni har biri uchun tegishli davo taktikasini qo‘llagan holda, reproduktiv funksiya tiklanish jarayonini tezlashtiradi.
Xulosa: giperandrogeniya sindromi bo‘lgan reproduktiv yoshdagi ayollarni olib borishda taklif etilgan diagnostika va davo usullari yordamida bir yilda 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 986 689  so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 550 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Ayollarda giperandrogeniya tufayli kelib chiqqan   reproduktiv buzilishlarning oldini olish va davolashda differensial yondashuv» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori  tomonidan 2022 yil 17 avgustdagi 04/3275-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish