Giyosova Nigora Odiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipertoniya kasalligi negizida rivojlangan postkovid sindromda kuzatiladigan nefropatiyani tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va davoni muvofiqlashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib.3291.
Ilmiy raxbar: Axmedova Nilufar Sharipovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04. 2022.Tib.93.02.
Rasmiyopponentlar: Abdullaev Ravshanbek Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shodiqulova Gulandom Zikriyaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 ning turli og‘irlik darajalarini o‘tkazgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta tashxislashda laborator va instrumental markerlarni ahamiyatini o‘rganish va ularning davo samaradorligiga ta’sirini baholash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir darajasi bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanish darajasi solishtirma o‘rganilib, infeksiyani engil o‘tkazib, ambulator davolangan bemorlarda nefropatiya rivojlanish ehtimolligi yuqori ekanligi isbotlangan;
gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 ning engil darajasi bilan kasallangan bemorlarda fon kasallik kechish darajasiga mos holda TGF-β1 va IV tip kollagen miqdori ham parallel ravishda ko‘payishi, uromodulinning siydik bilan kam ajralishi buyrakda sklerotik jarayonlar rivojlanishi hamda unda kanalchalar disfunksiyasining o‘rni aniqlangan;
gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 ning engil darajasida nefropatiya rivojlanish darajasi, COVID-19 ning o‘rta og‘ir darajasini o‘tkazgan bemorlarga nisbatan yuqoriligi va ularda kasallikning buyrak gemodinamikasi hamda funksional zaxirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
COVID-19 o‘tkazganlarda gipotenziv hamda nefroprotektiv muolajalarni, tomirlar endotelial disfunksiyasi, uromodulin darajasi va buyraklar funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ilmiy yangilikning mohiyati: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 ning engil va o‘rta og‘ir darajasi bilan kasallangan bemorlarda buyrak shikastlanish darajasi solishtirma o‘rganilib, infeksiyani engil o‘tkazib, ambulator davolangan bemorlarda nefropatiya rivojlanish ehtimolligi yuqori ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: gipertoniya kasalligi COVID-19 bilan birga kechganda surunkali buyrak kasalligining klinik belgilari mavjud bo‘lmagan bemorlarda siydikdagi uromodulin miqdorining kamayishi, TGF-β1 va IV-tip kollagen yordamida buyraklar disfunksiyasi hamda tubulointerstisial jarayonlarini erta aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y; № 71) hamda Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.05.2022 y; № 83) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi va COVID-19 birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash va surunkali buyrak kasalligi darajasini belgilashda kasallik avj olishi va asoratlanishini prognozlovchi klinik – laborator markerlarining ahamiyatini o‘rganish asosida keyinchalik rivojlanish ehtimolligi bo‘lgan asoratlarning oldini olish imkonini berdi va erta tashxisot natijasida dializga ehtiyoji bo‘lgan bemorlar sonini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi va COVID-19 birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash surunkali buyrak kasalliklarini (SBK) 1-2 bosqichlarida tashxislash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 1 850 000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: gipertoniya kasalligi va COVID-19 birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1 325 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 850 009 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Gipertoniya kasalligi negizida rivojlangan postkovid sindromda kuzatiladigan nefropatiyani tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va davoni muvofiqlashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4-iyuldagi 01-368 sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 ning engil darajasi bilan kasallangan bemorlarda fon kasallik kechish darajasiga mos holda TGF-β1 va IV tip kollagen miqdori ham parallel ravishda ko‘payishi, uromodulinning siydik bilan kam ajralishi buyrakda sklerotik jarayonlar rivojlanishi hamda unda kanalchalar disfunksiyasining o‘rni aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati:gipertoniya kasalligi COVID-19 ning engil darajasi bilan kechganda, postkovid davrda SBKning klinik belgilari mavjud bo‘lmagan bemorlarda buyraklar disfunksiyasini aniqlashni erta markerlari sifatida mikroalbuminuriyadan emas balki uromodulindan foydalanish va bu ko‘rsatgichning fibroz darajasini ko‘rsatuvchi IV-tip kollagen bilan munosabatini aniqlash maqsadga muvofiqligi bilan izohlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y; № 71) hamda Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.05.2022 y; № 83) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: o‘tkazilgan tadqiqotlarda gipertoniya kasalligi va COVID-19 komorbid holda kechganda bemorlar siydigidagi uromodulin darajasi bilan qondagi IV-tip kollagen ko‘rsatkichlari o‘rtasida manfiy korrelyasion bog‘liqliklar mavjudligi, bu tekshirish usullarini nefropatiyani erta aniqlashda qo‘llash, klinik belgilari mavjud bo‘lmagan buyrak shikastlanishini laborator mezonlar asosida tashxislash orqali 80-85% hollarda SBK ni dastlabki darajalarda davolash, nogironlik va gemodializga bo‘lgan muhtojlikni kamaytirish bilan bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: gipertoniya kasalligi va COVID-19 birgalikda kechganda uromodulin darajasi bilan qonda IV-tip kollagen ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklarga asoslanib, SBK erta davrlarda aniqlanganda bemorlarning ambulator murojaati 3 martaga kamayadi, mutaxassis ko‘rigi va standart bo‘yicha bajariladigan boshqa laborator tahlillar soni 2 martaga qisqarishi hisobidan har bir bemorga bir yilda byudjet hisobidan 645 243 so‘m, byudjetdan tashqari 267 256 so‘m miqdordagi xarajat iqtisod qilingan. Xulosa: gipertoniya kasalligi va COVID-19 birgalikda kechganda uromodulin darajasi bilan qonda IV-tip kollagen ko‘rsatkichlari o‘rtasida korrelyasion bog‘liqliklar asosida ishlab chiqilgan laborator mezonlardan foydalanib erta tashxislash hisobidan har bir bemordan 856 260 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Gipertoniya kasalligi negizida rivojlangan postkovid sindromda kuzatiladigan nefropatiyani tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va davoni muvofiqlashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4-iyuldagi 01-368 sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: gipertoniya kasalligi negizida COVID-19 ning engil darajasida nefropatiya rivojlanish darajasi, COVID-19 ning o‘rta og‘ir darajasini o‘tkazgan bemorlarga nisbatan yuqoriligi va ularda kasallikning buyrak gemodinamikasi hamda funksional zaxirasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: COVID-19 va gipertoniya kasalligi birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanish mexanizmida buyrak kanalchalari shikastlanishi oqibatida siydik bilan ajraladigan uromodulin miqdori kamayishiga, tubulointerstisial tizimdagi IV-tip kollagen miqdori oshishiga olib keladi va bu o‘z navbatida buyrak fibrozini kuchaytirishi va buyrak etishmovchiligi rivojlanishini bashoratlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y; № 71) hamda Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.05.2022 y; № 83) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: COVID-19 va gipertoniya kasalligi komorbid holatda kechganda postkovid davrda siydikdagi uromodulin va qondagi IV-tip kollagen miqdori oshishi aniqlanishi bemorlarda buyrak fibrozi rivojlanishini bashoratlaydi va bu ko‘rsatgichlarni o‘z vaqtida korreksiyalash kasallik zo‘rayib borishi oldini oladi va asoratlanishini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya kasalligi va COVID-19 birga kechgan bemorlarda siydikdagi uromodulin miqdori kamayishi va qondagi IV-tip kollagen miqdori oshishini aniqlash orqali buyrak ikkilamchi fibrozi bashoratlanganda bemorlarning 30-32% da samarali konservativ davo oqibatida dializ muolajalari bajarilmaydi. Shu hisobdan bir bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 2 968 405 so‘m iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: Gipertonik va koviddan keyingi nefropatiyada buyrak fibrozini erta aniqlash orqali bir bemor uchun bir yilda byudjet hisobidan 2 968 405 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishish bilan birga 30-32% bemorlarda nogironlik kamayib, hayot sifati darajasi oshgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Gipertoniya kasalligi negizida rivojlangan postkovid sindromda kuzatiladigan nefropatiyani tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va davoni muvofiqlashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4-iyuldagi 01-368 sonli xat yuborilgan.
Ilmiy yangilikning mohiyati: COVID-19 o‘tkazganlarda gipotenziv hamda nefroprotektiv muolajalarni, tomirlar endotelial disfunksiyasi, uromodulin darajasi va buyraklar funksional holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tasdiqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Angiotenzinni aylantiruvchi ferment ingibitori vakili enalapril va angiotenzin reseptorlari antogonisti vakili azilsartanlarning uromodulin hamda kollagen IV ko‘rsatkichlariga ta`siri preparatlarni o‘rganilgan guruh kasalliklarida nafaqat gipotenziv balki erta nefroprotektiv ta`sir etuvchi muolajalarini kiritish bemorlarda nefropatiyani samarali davolash darajasini oshirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro tuman tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (11.05.2022 y; № 71) hamda Buxoro viloyati Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (18.05.2022 y; № 83) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Gipertoniya kasalligi va COVID-19 birga kechganda nefropatiya rivojlanishini klinik belgilar namoyon bo‘lmasdan turib aniqlash buyrak fibrozi rivojlanishi oldini olishda muhim ahamiyatga ega; Bu bemorlarda nefroprotektiv davo choralarini olib borish 30-32% hollarda gemodializ muolajalarini cheklash imkonini yaratadi; Bemorlarning hayot sifati darajasi oshishiga olib kelgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: gipertoniya kasalligi va COVID-19 birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini erta aniqlash SBKni 1-2 bosqichlarida tashxislash natijasida bemorlarning ambulator murojaatlari qisqarishi va statsionar davolanish ko‘rsatmasi yo‘qligi hisobidan har bir bemor uchun sarflanadigan xarajatlar 1 850 000 so‘mga iqtisod qilishga erishilgan. Xulosa: gipertoniya kasalligi va COVID-19 birga kechgan bemorlarda nefropatiya rivojlanishini kasallikning erta bosqichlarida tashxislash natijasida bemor uchun sarflanadigan ambulator va statsionar xarajatlardan har bir bemor uchun byudjet hisobidan 1 325 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 850 009 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Gipertoniya kasalligi negizida rivojlangan postkovid sindromda kuzatiladigan nefropatiyani tashxislashga zamonaviy yondashuvlar va davoni muvofiqlashtirish» mavzusidagi ilmiy yangiliklarni boshqa Sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 4-iyuldagi 01-368 sonli xat yuborilgan.