Abdullaeva Marxabo Raxmonqulovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy koloritni ifodalovchi frazeologizmlar tarjimasi muammolari (Agata Kristi asarlarining o‘zbekcha tarjimalari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3118.
Ilmiy rahbar: Hamidov Xayrillo Xudoyorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dosent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, proffessor; Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Agata Kristi asarlarining o‘zbekcha tarjimasini (tarjimon Izzat Axmedov va Rustam Jabborovlar) asliyat bilan qiyoslab, badiiy tarjimada milliy koloritni saqlash prinsiplarini aniqlash va tarjimashunoslik muammolarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Agata Kristi asarlaridagi frazeologizmlar tarjimasining milliy koloritning qayta ifodalanishi bilan bog‘liq nazariy asoslari belgilanib, ingliz va o‘zbek xalqlari hayotidagi mushtarakliklarning bilvosita tarjimada berilishi asoslangan;
frazeologizmlarning asliyat matnidagi funksional xususiyatlari belgilanib, tanlangan hikoyalarning o‘zbek tiliga tarjimalarining asliyatga shakl, mazmun va uslub jihatdan mutanosibligi dalillangan;
tarjimon mahoratini baholagan holda tarjima jarayonida yuzaga keladigan chalkashliklarning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etishning usullari asliyat va tarjima matniga muvofiq asoslangan;
tarjimalar tahlili jarayonida evropacha madaniyat, qadriyat, kundalik turmush tarzini aks ettiruvchi frazeologizmlarning o‘zbekcha talqini bilan bog‘liq muammolar, asliyatga xos milliylik va badiiylikning o‘zbekcha matnlarda qanchalik to‘laqonli saqlanganligi aniqlanib, tarjimalarning adekvatlik darajasi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Badiiy matn tarjimasi amalga oshirilganda so‘zlarning o‘zga madaniyat maydoniga ko‘chishi, tarjima natijasida ma'nolarning ko‘chishi hamda milliy koloritni ifodalovchi frazeologizmlarni o‘zbek tiliga bevosita tarjima qilish jarayonini o‘rganish natijasida olingan ilmiy tahlillar va nazariy xulosalar asosida:
Agata Kristi asarlaridagi frazeologizmlar tarjimasining milliy koloritning qayta ifodalanishi bilan bog‘liq nazariy asoslari belgilanib, ingliz va o‘zbek xalqlari hayotidagi mushtarakliklarning bilvosita tarjimada berilishi asoslanganligi yuzasidan tavsiyalar Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 60220300 – Tarix (Sharq mamlakatlari bo‘yicha), 6020500 – Falsafa (Sharq falsafasi va madaniyati) yo‘nalishdagi talabalar uchun “English for Historian and philosophy” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil “25” dekabrdagi “538” – sonli buyrug‘i bilan nashr ruxsatnomasi berilgan (538-267 raqam bilan ro‘yxatga olingan)). Natijada tarjimon mahoratiga doir fikr – mulohazalar va tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar o‘quv qullanmani ilmiy jihardan boyishiga imkon yaratgan;
frazeologizmlarning asliyat matnidagi funksional xususiyatlari belgilanib, tanlangan hikoyalarning o‘zbek tiliga tarjimalarining asliyatga shakl, mazmun va uslub jihatdan mutanosibligi dalillanganligiga oid xuloslalar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida 2021-2022 yillarda bajarilgan “O‘zbekiston harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 10/136-son ma’lumotnomasi). Natijalar inglizcha asarlar tarjimasi ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda milliylik va badiiylikning saqlanishiga turtki bergan;
tarjimon mahoratini baholagan holda tarjima jarayonida yuzaga keladigan chalkashliklarning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etishning usullari asliyat va tarjima matniga muvofiq asoslanganligi hamda tarjimalar tahlili jarayonida evropacha madaniyat, qadriyat, kundalik turmush tarzini aks ettiruvchi frazeologizmlarning o‘zbekcha talqini bilan bog‘liq muammolar, asliyatga xos milliylik va badiiylikning o‘zbekcha matnlarda qanchalik to‘laqonli saqlanganligi aniqlanib, tarjimalarning adekvatlik darajasi dalillanganligiga oid takliflar “O‘zbekiston teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2022 yil mart va iyul oylaridagi “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokompaniyasining 2022 yil 1 avgustdagi 04-36/12110-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu teleko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan va aytilayotgan fikrni teletomoshabinlarga mantiqan to‘g‘ri etkazish uchun zamin yaratgan.