Boltaboeva Hulkaroy Hamidullo qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Mehmet Akif Erso‘y va Fitrat asarlarida ma’rifatchilik g‘oyalarining badiiy talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2536.
Ilmiy rahbar: Kenjaeva Poshshajon Umidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Xallieva Gulnoz Iskandarovna, filologiya fanlari doktori, professor; Temur Xo‘ja o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning I choragida turk va o‘zbek adabiy aloqalar kontekstida Mehmet Akif Erso‘y va Abdurauf Fitrat ijodidagi ma’rifatchilik g‘oyalari hamda ularning badiiy ifodasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mehmet Akif Erso‘yning “Istiqlol marshi” va milliy ma’rifatchilik g‘oyalari aks etgan she’rlari bilan Abdurauf Fitratning “O‘zbek yosh shoirlari” to‘plamidagi asarlari asosida XX asrning I choragidagi turk-o‘zbek she’riyatining janrlar tarkibi, mavzular doirasi, obrazlar tizimi kabi asosiy xususiyatlari aniqlangan;
“Safahot” asari orqali turk ma’rifatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti bilan “Munozara” asaridagi ma’rifiy qarashlar natijasida umumturk jadid ma’rifatchiligidagi publisistik ruh, madrasa tizimiga tanqidiy munosabat, jadid maktablarini ulug‘lash motivlari muallif pozisiyasi orqali isbotlangan;
“Safahot” asaridagi XX asr boshlaridagi Turkiya hayoti bilan “Hind sayyohi bayonoti”dagi Buxoro amirligi muhiti tarixiy davrning turkiy badiiy adabiyotda aks ettirishda hujjatlilik, asar syujetida safarnoma unsurlarining uchrashi, tasvirning qahramon tilidan olib borilishi kabi tamoyillari ishlab chiqilgan;
turk va o‘zbek jadid adabiyotida ma’rifatchilik qarashlarining aks etishida Mehmet Akif Erso‘y va Abdurauf Fitrat asarlarining tarixiy o‘rni belgilanib, diniy islohotchilik masalalari “Safahot” va “Najot yo‘li” asarlari misolida asoslangan;
umumturk jadid adabiyotidagi ma’naviy-ma’rifiy masalalarining badiiy ijodda aks ettirishning ma’rifatchilikni asar g‘oyasining ustuvor xususiyati deb belgilash, uslubning dialogik asosga qurilishi, fikr bayonida Qur’on va hadis namunalariga tayanish singari badiiy-estetik xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turk va o‘zbek ma’rifatchilik adabiyotining darg‘alari Mehmet Akif Erso‘y va Abdurauf Fitrat ijodidagi ma’rifiy g‘oyalar va ularning badiiy in’ikosiga oid tadqiqot natijasida erishilgan nazariy kuzatish, metodik xulosa va amaliy tavsiyalar quyidagi ilmiy-amaliyotda o‘z tasdig‘ini topgan:
Mehmet Akif Erso‘yning “Istiqlol marshi” va milliy ma’rifatchilik g‘oyalari aks etgan she’rlari bilan Abdurauf Fitratning “O‘zbek yosh shoirlari” to‘plamidagi asarlari asosida XX asrning I choragidagi turk-o‘zbek she’riyatining janrlar tarkibi, mavzular doirasi, obrazlar tizimi kabi asosiy xususiyatlari aniqlanganligi yuzasidan takliflar O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklori va tarixi tadqiqi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zRFA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2022-yil 13-dekabrdagi 515/1-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnlar tahlilida tavsiya etilgan qiyosiy-tarixiy metod qoraqalpoq adabiyoti tarixi va folklorini o‘rganishga ta’sir ko‘rsatgan;
umumturk jadid adabiyotidagi ma’naviy-ma’rifiy masalalarining badiiy ijodda aks ettirishning ma’rifatchilikni asar g‘oyasining ustuvor xususiyati deb belgilash, uslubning dialogik asosga qurilishi, fikr bayonida Qur’on va hadis namunalariga tayanish singari badiiy-estetik xususiyatlari asoslanganligiga oid takliflar Ozarboyjon Milliy ilmlar akademiyasi Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining “XX asr Ozarboyjon adabiyoti” va “Ozarboyjon-O‘zbekiston-Turkmaniston” bo‘limlarida foydalanilgan (AMEA Nizomiy nomidagi Adabiyot institutining 2022-yil 30-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada Mehmet Akif Erso‘y va Abdurauf Fitratning istiqlol ruhidagi asarlaridagi g‘oyaviy maqsad mushtarakligi aniqlangan;
turk va o‘zbek jadid adabiyotida ma’rifatchilik qarashlarining aks etishida Mehmet Akif Erso‘y va Abdurauf Fitrat asarlarining tarixiy o‘rni belgilanib, diniy islohotchilik masalalari “Safahot” va “Najot yo‘li” asarlari misolida asoslanganligiga oid xulosalardan Respublika ma’naviyat markazida olib borilayotgan o‘zbek jadid adabiyotiga doir targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 7-dekabrdagi 01/01-1382-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada markaz faoliyatida Abdurauf Fitratning ma’rifiy qarashlari izchil ilmiy tizimga kiritilgan;
“Safahot” asari orqali turk ma’rifatchiligining shakllanishi va taraqqiyoti bilan “Munozara” asaridagi ma’rifiy qarashlar natijasida umumturk jadid ma’rifatchiligidagi publisistik ruh, madrasa tizimiga tanqidiy munosabat, jadid maktablarini ulug‘lash motivlari muallif pozisiyasi hamda “Safahot” asaridagi XX asr boshlaridagi Turkiya hayoti bilan “Hind sayyohi bayonoti”dagi Buxoro amirligi muhiti tarixiy davrning turkiy badiiy adabiyotda aks ettirishda hujjatlilik, asar syujetida safarnoma unsurlarining uchrashi, tasvirning qahramon tilidan olib borilishi kabi taklif va xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Mavzu”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2022-yil 6-dekabrdagi 02-13/2004-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek jadid adibi Fitrat, XX asr boshlari turk adabiyoti tarixini yoritishda esa Mehmet Akif Erso‘y ijodi bilan o‘zbek teletomoshabinlarini tanishtirish ta’minlangan.