Aslonov Zafar Axrorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘tkir chandiqli ichak tutilishi tashxisi va davolashini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya ixtisosligi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib788.
Ilmiy rahbar: Baymakov Sayfiddin Risbaevich, DSc, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Olim Mirzoxidovich, tibbiyot fanlari doktori., professor; Sattarov Oybek Toxirovich, DSc, dotsent.
Yetakchi tashkilot: General Surgery of CHA University (Janubiy Koreya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tashxislash va davolashni takomillashtirish orqali o‘tkir chandiqli ichak tutilishi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘tkir chandiqli ichak tutilishining strangulyasion shakllari aniqlanganda, chandiqlar turiga va chandiqning tarqalish darajasiga qarab oldingi operatsiyalar sonida, klinikaga kelib tushgan vaqti, shifoxonada yotish davomiyligi, ba’zi operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi asoratlarning rivojlanishida farqlar mavjudligi aniqlangan.
davolash taktikasini tanlashni maqbullashtirish uchun o‘tkir chandiqli ichak tutilishining bosqichi, shakli va murakkabligini, shuningdek, chandiqlarning turi va tarqalish hajmini aniqlash uchun qorin bo‘shlig‘ining ultratovushli tekshiruvini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
qorin bo‘shlig‘ining turli sohalaridagi chandiqlar turi va joylashuvini operatsiyadan oldingi ultratovushli tekshiruvining yuqori sezuvchanligi va maxsusligi isbotlangan.
ilk bor konservativ terapiya samaradorligini nazorat qilish, jarrohlik aralashuviga o‘z vaqtida o‘tish zaruriyatini aniqlash va tegishli jarrohlik yondashuvini tanlash imkonini beradigan klinik-laboratoriya va UTT mezonlarini integral baholashga asoslangan o‘tkir chandiqli ichak tutilishini davolash-tashxislash algoritmi va davolash taktikasini tanlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 20.07.2023 yildagi №11 son xulosasiga ko‘ra:
O‘tkir chandiqli ichak tutilishining strangulyasion shakllari qorin bo‘shlig‘idagi chandiqlar turi va chandiqning tarqalish darajasiga qarab barvaqt va to‘g‘ri aniqlashi, operatsiyalar vaqtini va sifatini sezilarli darajada o‘zgartirib, bemorlarni statsionarda yotish muddati va operatsiyadan keyingi asoratlarni sonini sezilarli darajada o‘zgarishiga sabab bo‘lishi aniqlangan. O‘tkir chandiqli ichak tutilishini davolash va diagnostika algoritmi buyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari 1-sonli Toshkent shaxar klinik shifoxonasi va Toshkent viloyati Olmaliq shaxar tibbiyot birlashmasi buycha (05.05.2023y.; № №90, 17.07.2023 y.; №94) bilan ularning klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operativ amaliyotlarning kechikmasdan (barvaqt-erta) boshlanishi bemorlirni kasalxonada yotish muddatini kamayishiga (43,2%), ichaklar ishemiyasi tufayli o‘tqaziladigan rezeksiyalar sonini kamayishiga, operatsiyalarning davomiyligi (16%) va operatsiyadan keyingi engil va og‘ir asoratlarning kamayishi, qayta operatsiya qilish va o‘lim ko‘rsatkichini kamayishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: patologik jarayonni davomiyligini va o‘tkir chandiqli ichak tutilishini og‘irlik darajasini baxolash uchun standart laborator-instrumental tekshiruvlarni va taklif qilingan usulni qo‘llash etarli. O‘tkir chandiqli ichak tutilishini davolash taktikasini tanlash usuli shifoxonada bo‘lish davrini kamayishi imkonini beradi va shu hisobiga bitta bemorga bir kunda 268 ming so‘m mablag‘ni kam talab etadi (preyskurantiga ko‘ra 1 kunga 245 000 so‘m o‘rin kuni va 23 000 sum ovqatlanish). Xulosa: O‘tkir chandiqli ichak tutilishini davolash taktikasini tanlash usulini qo‘llash, o‘z vaqtida davolash va tashxislash taktikasini joriy qilinishi bir nafar bemor hisobiga bir kunga byudjet mablag‘larini 245 000 so‘mga va ovqatlanish 23 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi va shifoxonada bo‘lish davrini kamaytiradi.
Davolash taktikasini tanlashni maqbullashtirish uchun O‘ChIT ning bosqichi, shakli va murakkabligini, shuningdek, chandiqlarning turi va tarqalish hajmini aniqlash uchun qorin bo‘shlig‘ining ultratovushli tekshiruvini o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi aniqlangan. Tadqiqot davomida foydalanilgan ultratovushli tekshiruvini o‘tkazishilishi O‘ChITning bosqichiga qarab ingichka ichaklardagi o‘zgarishlarni aniqlash, shu bilan birgalikda chandiqlarning turlari va ularning joylashuvini aniqlash imkonini yaratadi, bu esa o‘z navbatida to‘g‘ri jarrohlik taktikasini tanlashga zamin yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘tkir chandiqli ichak tutilishini davolash va diagnostika algoritmi buyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari 1-sonli Toshkent shaxar klinik shifoxonasi va Toshkent viloyati Olmaliq shaxar tibbiyot birlashmasi buycha (05.05.2023y.; № №90, 17.07.2023 y.; №94) bilan ularning klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: umumiy jarroh uchun jarroxlik amaliyotini davomiyligini qisqartiradi; qorin bo‘shligida joylashgan chandiqlarni turi va joylashuvi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi, jarrohlik amaliyotiga ijobiy natija berib bemorlarda hayot sifatini qisqa davrda yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir chandiqli ichak tutilishini tashxislashda UTT qo‘llash qo‘shimcha tekshiruv usullarni kamaytirib, umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. Bitta bemor uchun qorin bo‘shlig‘i UTT tekshiruvi 79 000 ni tashkil qilsa, qo‘shimcha qorin bo‘shlig‘i MSKT, MRT tekshiruvlari o‘tqazilganida ushbu ko‘rsatkich 263 000 – 324 000 mingni tashkil qiladi. Xulosa: O‘ChIT ning bosqichi, shakli va murakkabligini, shuningdek, chandiqlarning turi va tarqalish hajmini aniqlash uchun qorin bo‘shlig‘ining ultratovushli tekshiruvini o‘tkazilishini amaliyotiga joriy qilinishi bir nafar bemor uchun 185 000 dan 245 000 so‘mgacha mablag‘ni tejash imkonini beradi
Qorin bo‘shlig‘ining turli sohalaridagi chandiqlar turi va joylashuviga nisbattan operatsiyadan oldingi ultratovushli tekshiruvining yuqori sezuvchanligi va maxsusligi isbotlangan. Operatsiyadan oldingi davrda bemorda ultratovush tekshiruvining o‘tqazilishi orqali qorin bo‘shlig‘ida joylashgan chandiqlarni joylashishi va ularni turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi, shu bilan birga ushbu tekshirish usuli 74,5% va 94,9% hollarda diffuz chandiqlar, 82,6% va 95,4% hollarda shnursimon chandiqlarni aniqlashni imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘tkir chandiqli ichak tutilishini davolash va diagnostika algoritmi buyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari 1-sonli Toshkent shaxar klinik shifoxonasi va Toshkent viloyati Olmaliq shaxar tibbiyot birlashmasi buyicha (05.05.2023y.; № №90, 17.07.2023 y.; №94) bilan ularning klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan oldingi davrda bemorlarni qorin bo‘shlig‘ida chandiqli jarayon borligiga qarab saralash imkonini beradi, keraksiz ochiq jarrohlik aralashuvini kamaytiradi, operatsiyadan keyingi asoratlar sonini kamaytiradi, jarroxlik amaliyotidan keyingi davrda bemorlarni erta reabilitatsiya bo‘lishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: operatsiyadan keyingi dastlabki va kechki asoratlarni, statsionarda yotoq kunlarni kamaytirish va umumiy sarf xarajatni kamaytirish imkonini beradi. O‘ChIT tavsiya qilingan metodikani qo‘llash o‘rtacha 1 kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 400 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi; va shoshilnich abdominal patologiyada o‘rtacha 1 kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 100 ming so‘mlik ehtiyojni kam talab etiladi. Xulosa: tadqiqot davomida foydalanilgan transabdominal UTT o‘tkazish orqali 1 nafar bemor hisobiga bir kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 400 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi va urgent abdominal patologiyada o‘rtacha bir kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 100 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam ishlatishga olib keladi.
Ilk marotaba konservativ terapiya samaradorligini nazorat qilish, jarrohlik aralashuviga o‘z vaqtida o‘tish zaruriyatini aniqlash va tegishli jarrohlik yondashuvini tanlash imkonini beradigan klinik-laboratoriya va UTT mezonlarini integral baholashga asoslangan O‘ChIT ni davolash-tashxislash algoritmi va davolash taktikasini tanlash usuli ishlab chiqilgan. Tadqiqod davomida foydalanilgan ushbu davolash-tashxislash algoritmi va davolash taktikasini tanlash usuli yordamida bemorlarning qorin bo‘shlig‘idagi chandiqli zonalarining kam yoki kupligi va strangulyasiya, obturatsiya turlari va peritonit bo‘lgan holatlarda to‘g‘ri jarrohlik taktikasini tanlashga yordam beradi. Bu esa jarroxlik amaliyotida uchrashishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldini olib qayta operatsiyaga muxtojlikni bartaraf etadi (Ixtiro patenti bildirish xati №IAP 18533, 24.01.2023). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: O‘tkir chandiqli ichak tutilishini davolash va diagnostika algoritmi buyicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari 1-sonli Toshkent shaxar klinik shifoxonasi va Toshkent viloyati Olmaliq shaxar tibbiyot birlashmasi buyicha (05.05.2023y.; № №90, 17.07.2023 y.; №94) bilan ularning klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarroxlik yondoshuvi, operatsiya turini to‘g‘ri tanlanishi va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali o‘tkir chandiqli ichak tutilishida davolash bosqichlarini takomillashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: UChIT da davolash-tashxislash algoritmi va davolash taktikasini tanlash usulini joriy qilish hisobiga 1 nafar bemorni shifoxonada bo‘lish davrining 1,1 kunga qisqartirilishi hisobiga 268 ming so‘m kam talab etiladi (preyskurantiga ko‘ra 1 kunga 245 000 so‘m o‘rin kuni va 23 000 sum ovqatlanish), ushbu patologiyada o‘rtacha bir nafar bemor uchun 1 kunga o‘rin kuni qisqartirilishi 400 ming so‘mlik dori-darmon kam talab etiladi, uta shoshilinch holatlarda o‘rtacha 1 nafar bemorga 1 kunda o‘rin kuni qisqartirilishi 100 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi. Xulosa: O‘tkir chandiqli ichak tutilishida davolash-tashxislash algoritmi va davolash taktikasini tanlash usulini qo‘llash jami yillik iqtisodiy samaradorlik 24 000 000 so‘mni tashkil etadi (o‘rtacha 1 yil davomida 1 nafar bemor uchun O‘ChIT bilan davolansa 800 000x30= 24 000 000 so‘mni tashkil etadi).
Aslonov Zafar Axrorovichning «O‘tkir chandiqli ichak tutilishi tashxisi va davolashini takomillashtirish» mavzusida dissertatsion tadqiqotda olingan yuqoridagi 4 ta ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent davlat stomatologiya instituti 2023 yil 5 iyundagi 04-z/14-son xulosasi taqdim etilgan. Ilmiy yangiliklarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida o‘tkir chandiqli ichak tutilishida davolash-tashxislash algoritmi va davolash taktikasini tanlash usulini qo‘llash orqali jami byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni yillik iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichi 23 040 000 so‘mni tashkil etadi (o‘rtacha 1 yil davomida 1 nafar bemor uchun 768 000x30= 23 040 000 so‘mni tashkil etadi).